Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet407/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
358 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
1.
Omonimlar ( shakldosh so’zlar) 
2.
Sinonimlar ( ma’nodosh so’zlar) 
3.
Antonimlar ( zid ma’noli so’zlar) 
4.
Paronimlar ( talaffuzdosh so’zlar) 
5.
Uyadosh so’zlar. 
So’z ma’nosining rivojlanish qonuniyatlarini tekshirish, so’zlarning omonimlik, sinonimlik 
va antonimlik xususiyatlarini o’rganish tilining lug’at boyligini aniqlashga, turli lug’atlar tuzish 
ishlariga katta yordam beradi.
1
Tilning ifoda rejasida bir- biriga qarama- qarshi holatlarni, miqdoriy 
o’lchamlardagi ziddiyatlarni ko’rish mumkin. Masalan, frazeologizm va sinonimiyada ifoda 
birliklarining mazmun birliklaridan ko’p bo’lsa, polisemiya va omonimiyada buning aksini 
ko’ramiz. Bunda shaklan bir xillikga ega bo’lgan lug’aviy birliklar ikki va undan ortiq ma’no bilan 
ish ko’radi. Ikki va undan ortiq ma’no bir shaklga to’g’ri kelishi hollarini matn bartaraf etadi. 
2
Omonimlar (grekcha omos bir xil, onomo yoki onumo nom degani – talaffuzi va yozilishi 
bir hil, ammo ma‘nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir: yuz (ot) – yuz (son), tut (daraxt) – tut (harakat), 
soch (ot)-soch-(harakat), oq (sifat)- oq (harakat). Omonimlar badiiy adabiyotda, og‘zaki nutqda, 
ayniqsa, askiyada so‘z o‘yini, qochiriq ma‘nolarni ifodalash uchun keng qo‘llaniladi. Shuningdek, 
o‘zbek adabiyotida omonim so‘zlar qofiyasiga asoslangan tuyuq janri ham mavjud. Shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, lingvistikada ko’p ma’noli so’zlar ya’ni polisemiyalar ham mavjud. Omonim va 
polisemiyani bir-biradan farqlay olish kerak. Ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolari o’rtasida 
aloqadorlik bo’ladi va har doim bir xil so’z turkumiga oid: ko’z (odamning ko’rish a’zosi), 
derazaning ko’zi (tashqarini ko’rish uchun mo’ljallangan tirqish) va boshqalar. Omonimlar bir xil 
so‘z turkumiga ham, har xil so‘z turkumiga ham oid bo‘lishi mumkin: ot – ism, ot – hayvon. Bunda 
ikkalasi ham bir so‘z turkumiga oiddir, lekin bularning ma’nolari o’rtasida hech qanday aloqadorlik 
mavjud emas. Bir turkum doirasidagi omonimlar qo‘shimchalar qabul qilganda ham omonimligini 
saqlab qolaveradi . Omonimlarning quyidagi turlari mavjud: 1) leksik (lug‘aviy ) omonimlar so‘zlar 
o‘rtasidagi omonimlikdir. Soch – a‘zo, soch – harakat, oq – rang, oq – harakat. 2) frazeologik 
omonimlar iboralar, ya‘ni ko‘chma ma‘noli, tasirchanlikka ega bo‘lgan birikmalar o‘rtasidagi 
omonimlikdir: boshga ko‘tarmoq – e‘zozlamoq, boshga ko‘tarmoq – to‘polon qilmoq. 
3) gramatik omonimlar ikki xil bo‘ladi: a) morfologik omonimlar qo‘shimchalar o‘rtasidagi 
omonimlikdir: to‘kin dasturhon (sifat yasovchi ) – ekin (ot yasovchi); b) sintaktik omonimlar so‘z 
birikmalari yoki gaplar o‘rtasida bo‘ladi : so‘z birikmalarinig omonimligi: yolg‘ondan hayron 
bo‘lmoq, (yolg‘on gapdan hayron bo‘lmoq) - yolg‘ondan hayron bo‘lmoq (yolg‘ondakamiga hayron 
bo‘lmoq). SH.Rahmatullaev tomonidan tuzilgan («O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» 
(Toshkent, 1984) dan tildagi mazkur birliklar to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliyotda qo‘l 
keladigan ma‘lumotlar olishimiz mumkin.
Shuni ham aytish joizki, so’zlarda paradigmatik (o’xshashslik) xususiyatlar mavjud. Ba’zi 
bir so’zlar aytilishda bir ammo ma’nosi va yozilishda bir- biridan keskin farq qiladi. Bu kabi 
hodisalar omonim tarkibiga kirmaydi. Ular omofonlar deb yuritiladi. Masalan: yetti (son) — yetdi 
(feʼl); yot (begona) — yod (xotira). Tilimizda bir xil yoziladigan va talafuzda, urg’u tushishida bir- 
biridan ma’no farq qiladigan so’zlar ham mavjud. Ular omograflar deyiladi. Tom (uyning tepasi)-
tom (jild), rom (deraza) rom (ichimlik), jon (pyh) - jon (kishi ismi) va shu kabilar bunga misol bo‘la 
oladi. Bularni bir- biridan kontekst tarkibida turgan o’rnidan farqlash mumkin. 
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklariga nazar tashlaydigan bo‘lsak omonimlar uchun juda 
kam mashqlar ajratilgan. 2-3 sinf darsliklarida bu mavzu deyarli ko‘zga tashlanmaydi, lekin 4-sinf 
ona tili omonim so‘zlarni uchratishimiz mumkin. 
Masalan: 263-mashq. Birikmalarni o‘qing. 
ko‘m-ko‘k 

Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish