ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
71
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Qo'llaniladigan dasturni kompyuteriga o'rnatish, taqdimot uchun mo'ljallangan texnikadan
foydalanish, o'z elektron didaktik materiallarini yaratish usullariga ega bo'lish.
Axborotni o'quv muammolarini hal qilish uchun samarali shaklda taqdim etish, mavjud
manbalardan o'z o'quv materiallarini yaratish, umumlashtirish, taqqoslash.
O'quv jarayoni uchun zarur bo'lgan turli xil materiallarni (dars materiallari, tematik rejalar,
mavzu bo'yicha monitoring qilish, mavzu bo'yicha turli hisobotlarni, o'quv jarayonini tahlil qilish va
h.k.) taqdim etish uchun dasturiy ta'minot (matn va jadval tahrirlovchilari, bukletlar, saytlar,
taqdimot dasturlari (Power Point, Flash) ni tanlash va ulardan foydalanish.
AKTdan foydalangan holda bir mavzu bo'yicha birlashtirilgan darslarni o'tkazish usullarini
bilish internet va zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida.
O’quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etish vositalarini (test dasturlari, elektron ishchi
daftarlari, o'quvchilarning o'quv faoliyatini tashkil etish tizimlari va boshqalar) samarali qo'llash.
O'quvchilar, ota-onalar, hamkasblar, maktab ma'muriyatlariga (maktab tarmog'i, elektron
pochta, ijtimoiy tarmoq) axborot uzatish shaklini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo'lish (pochta
ro'yxati, maktab internet tarmog’ida ishlash,kundalik.uz, ro'yxatdan manzillarni avtomatik ravishda
qo'shish va o'chirish vositalarini taqdim etish ko’nikmalariga ega bo’lish), forum, Wiki-muhit
(jamoaviy tartibga solish, yozma axborotni to'plash va tuzish uchun gipermatnli muhit), blog
(tarmoq jurnali yoki voqealar jurnali) va boshqalarda ishlay olish.
Tarmoq aloqa loyihalari (olimpiadalar, tanlovlar, viktorinalar) doirasida o'quvchilar ishini
tashkil etish, o'quv jarayonini masofadan turib qo'llab-quvvatlash (zarur hollarda).
O'qituvchi yuqorida aytib o'tilganlarni bajarishi uchun metodik, tashkiliy, texnik va
motivatsion qo'llab-quvvatlanishi zarur.
Bu
vazifalarni
bajarishda
malaka
oshirish
tizimida
boshqarish
jarayonlarini
takomillashtirish, axborot texnologiyalari tizimini joriy etish, о‘qituvchilarni kompyuter
texnologiyalari vositalarida ishlashga о‘rgatish muhim ahamiyatga egadir, chunki ta’lim jarayonida
juda katta miqdordagi axborotlarni tо‘plash, о‘zlashtirish, qayta ishlash, о‘z о‘rnida qо‘llay olish va
uzatish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun unda an’anaviy usullar bilan birga zamonaviy
axborot texnologiyalari, jumladan kompyuterlardan foydalanish zaruriyati paydo bо‘ladi. Shu
jumladan kompyuterdan foydalanib о‘qitish jarayonini qiziqarli olib borish, fanlararo aloqadorlik,
uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash har bir о‘quvchiga individual yondashish hamda juda kо‘p
miqdordagi ma’lumotlarni olish va о‘zlashtirish imkoniyatiga ega bо‘ladilar.
Malaka oshirish tizimida fanlararo aloqadorlik va uzviylikni ta’minlash maqsadida ta’lim
muassasalarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, о‘quv mashg‘ulotlrini
yangi interfaol usul va axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda о‘tkazish, jumladan,
multimedia, masofadan о‘qitish, Internet texnologiyalaridan foydalanish, kompyuterlashtirilgan
anjumanlar о‘tkazish, multimediali elektron qо‘llanma va darsliklarni yaratish va ularni nazariy
hamda amaliy mashg‘ulotlarda qо‘llash shak shubhasiz о‘z samarasini beradi.
Adabiyotlar:
O’qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirishning uzluksizligi muammolari va
yechimlari. Respublika ilmiy-amaliy kоnferensiya materiallari 2014 yil.
National Educational Technology Standards for Teachers. Second Edition. International
Society for Technology in Education (ISTE). Washington, 2008.
Polyakova V. A. “К вопросу о развитии системы повышения квалификации педагогов
в условиях информационного общества” Nauchniy poisk. – 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |