Ushbu o’zaro bog’langan tenglamalar tizimi “birgalikdagi, birpaytli tenglamalar” tizimi deb ataladi. Shuni takidlash kerakki tizimda (y) o’zgaruvchi bir paytning o’zida bitta tenglamada bog’liq o’zgaruvchi sifatida va boshqasida bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchi sifatida qatnashadi. Ekonometrikada bunday tenglamalar tizimi modelning “tuzilmaviy” shakli deb ataladi.
Birgalikdagi, bir paytli tenglamalar tizimi (yoki modellarning tuzilmaviy shakli) odatda endogen va ekzogen o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi: Birgalikdagi, bir paytli tenglamalar tizimi (yoki modellarning tuzilmaviy shakli) odatda endogen va ekzogen o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi: - Enzogen o’zgaruvchilar avval keltirilgan birgalikdagi birpaytli tenglamalarda (y) sifatida belgilangan. Ular tizimdagi tenglamalar soniga teng bo’lgan bog’liq o’zgaruvchilardan iborat.
- Ekzogen o’zgaruvchilar odatda (x) sifatida belgilanadi. Ular avvaldan aniqlangan, endogen o’zgaruvchilarga ta’sir etuvchi, lekin ularga bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |