Modellarning tuzilmaviy va keltirilgan shakllari - Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin.
Ushbu o’zaro bog’langan tenglamalar tizimi “birgalikdagi, birpaytli tenglamalar” tizimi deb ataladi. Shuni takidlash kerakki tizimda (y) o’zgaruvchi bir paytning o’zida bitta tenglamada bog’liq o’zgaruvchi sifatida va boshqasida bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchi sifatida qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |