НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2020 йил 1-сон
318
so`zlash madaniyatiga qarab ilm oluvchining ichki e`tiqodi shakllanishi va bu esa o`z
navbatida, o`quvchilar xulq-atvoriga ta`sir etishi mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ma`naviy – axloqiy tarbiyalashga texnologik
yondashuv integratsiyalashgan darslarni paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Masalan:
- fanlarning ko`payishi;
- o`quv fanlari ko`paygan sari o`quvchilarga taqdim etiladigan bilimlar manbaining
maydalashib ketishi;
- o`quv rejasida takror materiallar sonining ortib ketishi;
- o`quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolayotgan bilimlarning ko`payib borishi.
O`qitish jarayonida integratsiyani qo`llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik
tushunchalar rivoji uchun muhim ahamiyatga ega. Integratsiya differentsiya bilan uzviy
bog`liqdir. Bu uzviylik o`quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo`lgan intilishlari
tizimini barpo qilishlarida yaqqol namoyon bo`ladi.
Integratsiya jarayonini boshlang`ich ta`limda joriy etish turli murakkabliklarga ega.
Chunki integratsiyalash yuqori sinflarda ancha qulay kechadi. Lekin boshlang`ich
sinflarda qo`llashning o`ziga xos murakkabliklari mavjud.[1]
O`quv materialining ma`naviy yig`indisini tuzish usullari eslab qolish
qobiliyatining muhim xususiyatlaridan biridir va ma`noli tayanch nuqtalarini ajratib,
asosiy ma`noni nisbatan bilgan narsalariga asosan o`zlashtiradi.[3] Bundan quyidagicha
xulosa chiqarish mumkin. Bir fanga oid bilimlarni o`rganish usullarini egallash ikkinchi
fanni o`zlashtirganda o`quvchining analitik – sintetik faoliyatini katta maqsadga
yo`naltirilgan masalalarni yechim xususiyatlariga qaratiladi va nihoyat umumiy hamda
alohida turgan masalalarni amalga oshirish, o`qitishning hamma murakkab masalalarini
yechishga imkon bermaydi. Shuning uchun har bir o`qituvchining faol ishi falararo
aloqalarni kuchaytirish, kengaytirish va chuqurlashtirishdan, o`quvchilarni o`qitish va
tarbiya qilishni uyg`unlashirishning yechimini topish muhim yo`nalishlardan biri bo`ladi
va ulardan dialektik shakldagi fikrlashni shakllantirishga erishish lozim. Fanlararo
integratsiya masalasi kam e`tiborga olinganligini hisobga olib, shuni aytish mumkinki,
integratsiya bu fanlar uyg`unligini ko`rsatuvchi yuqori bosqichdir. Bu yo`nalishda
pedagoglar, psixologlar va uslubchilar ayrim kuzatishlarni olib borishgan. Fanlararo
bog`liqlikning psixologik asoslariga tayangan holda biz integratsiyani quyi sinflarda
o`zlashtirishni faollashtirish vositasi deya olamiz.
Mamlakatimizda ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo`llanishi,
mashg`ulotlarning rang-barang qiziqarli tarzda tashkil etilishiga olib kelishi bilan birga
o`quv materialining chuqur o`zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratadi. Sir emaski,
ayni vaqtda maktablarimizda an`anaviy o`qitish usuli keng tarqalgan. Biroq ta`lim
sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an`anaviy ta`limning imkoniyatlari
cheklanayotganligini, muhim ta`limiy muammolar o`z echimini topayotganligini, qator
pedagogik tajribalar ommalashayotganligini ko`rishimiz mumkin. Bu bilan rivojlangan
davlatlar miqiyosiga ta`lim jarayonini yetkazish, kelgusida yoshlarni chet davlatlarda
ta`lim olishga hamda tajriba almashuvchi shaxslar qilib voyaga yetkazishga erishishni
ko`zda tutadi. Buning uchun yoshlarni boshlang`ich sinfdanoq tayyorlashimiz,
mukammal bilim egasi etib tarbiyalashimiz lozim. Darhaqiqat yosh avlodni bilimli,
Do'stlaringiz bilan baham: |