Mahsulotning yashash davri – mahsulot hayotining beshta bosqichinining
almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish,
bozorning to’yinishi va ma’naviy eskirish.
Mehnat unumdorligi –insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim
moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan
o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning
moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo’lgan har bir xodimga nisbatan
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |