Примечание [IK2]:
19
Fanning maqsadi ta’lim olayotganlarga amaliy iqtisodiy bilimlarni,
shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o’rganish
yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari(masalalari) bo’yicha qaror qabul qilish
ko’nikmalarini singdirishdadir. Yanayam aniqroq aytadigan bo’lsak, gap bo’lajak
mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish
vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonaning xarajat va daromadlari qanday
yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud
bo’lgan yo’llarni topish haqida bormoqda.
Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, istalgan bilimlar doimo to’ldirib va
mukammallashtirib borilmas ekan, eskirib qolishi hamda korxonalar hayotida
vujudga keluvchi turli xil vazifalarni hal qilishga yaramay qolishi mumkin. Gap
shundaki, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo’shimcha bilimlar chegarasini
kengaytiradi hamda korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi
bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishlarini talab qiladi. Shu sababli olingan
axborotlar, o’rganilgan formula, atama va kategoriyalar bilan cheklanib qolish
yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to’ldirib, fan va xo’jalik amaliyotining so’nggi
yutuqlari asosida rivojlantirib borish lozim. Olingan bilimlar faqat shu asosdagina
amaliyotda qo’llanib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi
mumkin.
«Korxona iqtisodiyoti» fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan,
«Iqtisodiy nazariya», «Mikro va makroiqtisodiyot», «Sanoat iqtisodiyoti»,
«Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish», «Logistika» bilan chambarchas
bog’liq bo’lib, unda korxonalarning tashkiliy tuzilmasidan tashqari joriy va
istiqboldagi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi
o’rganiladi hamda mehnatni tashkil qilish va haq to’lashning asoslari ishlab chiqiladi.
«Korxona iqtisodiyoti» korxonalar faoliyati va butun xalq xo’jaligi
rivojlanishining miqdor ko’rsatkichlarini sifat ko’rsatkichlaridan ajralmagan holda
o’rganuvchi «Iqtisodiy statistika» bilan, shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab
chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirish uchun zarur
bo’lgan «Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili» bilan ham bog’liq. Gap shundaki,
korxonalar
hayotida
ro’y
berayotgan
iqtisodiy
jarayonlarni
texnika
va
texnologiyalarni bilmasdan o’rganishning iloji yo’q. Fan-texnika taraqqiyoti
sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o’zgarishlar
nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol
qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli
mazkur fanni o’rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas.
Mazkur fanning “Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o’zaro
aloqasini alohida ko’rsatib o’tish kerak. Bunda ishlab chiqarishning moliyaviy va
boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash
yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlanadi. Xorijiy mamlakatlar
amaliyotining guvohlik berishicha, korxona, firma va kompaniyalarning ko’pchiligi
ishlab chiqarish menedjerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o’z
sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va
ishlab chiqarish imidjiga ega bo’lmoqda. Shu sababli korxona iqtisodiyotini yaxshi
bilishning o’zi kamlik qilib, bo’lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini
20
kengaytirish va uning xalq xo’jaligida o’z o’rnini topishini shakllantiruvchi boshqa
iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |