Maktabida o‘tkazilgan ____ sonli yig‘ilish
BAYONI
Yig‘ilishda 57 nafar jamoa a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish raisi: H. Hakimova
Kotiba: M. Hamidova
Kun tartibidagi masala:
Tuman XTB tamonidan kelgan xat ijrosi to‘g‘risida.
Eshitildi:
Yig‘ilishda maktab MMIBDO‘ G Yuldasheva so‘zga chiqib tuman XTBdan kelgan xatlarni qisqacha mazmuni bilan o`qituvchilarni tanishtirib o`tdi.
Xatni mazmun –mohiyatiga ko‘ra
O‘zbekiston tumani xalq ta’limi bo‘limi Sizga Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 6-may 02-4/1465-sonli xatiga asosan quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati hokimligining 2022-yil 25-apreldagi 03-07/2627-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2022-yil 4-aprel kungi 25/1-386-sonli “Farg‘ona viloyatida 2022-yilda yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi”rahbarlik va ijro uchun yuborilmoqda. Mazkur “Yo‘l xaritasida” ko‘rsatilgan tadbirlarni o‘z muddatida sifatli bajarilishini ta’minlab, tuman xalq ta’limi bo‘limi ma’naviyat sho‘basi (G.Ochildiyeva)ga bandma-band yoritilgan “Chap-o‘ng” jadval ko‘rinishida uch kun muddatda,kelgusida har oyning 25-sanasiga qadar ma’lumot berib borishingizni so‘rayman. Yig‘ilishda maktab MMIBDO‘ G Yuldasheva so‘zga chiqib tuman XTBdan kelgan 01/01/504- xatni qisqacha mazmuni bilan o`qituvchilarni tanishtirib o`tdi.
Xatni mazmun –mohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston tumani xalq ta’limi bo‘limi Sizga Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 29-aprel 02-4/1443-sonli xatiga asosan quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 27-apreldagi 06-06/3-1336-sonli hamda O‘zbekiston Repuliakasi ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-aprel kungi 26/5-2462-sonli xatida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklar aholi hamda bu boradagi ishlarni tahlil qilishda yo‘1 qo‘yilgan kamchiliklar ma’lum qilinganligini eslatib o‘tgan. Shu munosabat bilan, Sizdan yo‘l qo‘yilgan salbiy holatlarni bartaraf etish va kelgusida ularning oldini olish maqsadida yangi o‘quv yilidan e’tiboran: Xatda ko‘rsatilgan holatlarni kengaytirilgan yig‘ilishda tanqidiy muhokama qilish, umumta’lim muassasalarining huquqbuzarlikka moyil va ichki ishlar organlarining profilaktik nazoratida turgan o‘quvchilar bilan ularning ota-onalari, mahalla tuqarolar yig‘ini raisi va hududdagi inspektor-psixolog ishtirokida “Payshanba - jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” tadbirlari doirasida yakka tartibda suhbat o‘tkazilishini tizimli ravishda ta’minlashingiz so‘raladi. Yig‘ilishda maktab MMIBDO‘ G Yuldasheva so‘zga chiqib tuman XTBdan kelgan 01/01/505- xatni qisqacha mazmuni bilan o`qituvchilarni tanishtirib o`tdi.
Xatni mazmun –mohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston tumani xalq ta’limi bo‘limi Sizga Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 7-may 02-4/1482-sonli xatiga asosan quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6275-son Farmoni, “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5215-son hamda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-son qarorlarida sohaga dahldor idora va boshqarmalar zimmasiga bir qator vazifalar yuklatilgan. Mazkur farmon va qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tumani xalq ta’limi bo‘limining 2021-yil 10-sentabr 01-01/903-sonli xati barcha maktablarga yetkazilgan.
Shu munosabat bilan ushbu farmon va qarorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oyning 5-sanasiga qadartuman xalq ta’limi bo‘limi ma’naviyat sho‘basi (G.Ochildiyeva)ga ma’lumot taqdim etib borishni ta’minlashingizni so‘rayman. Shu munosabat bilan qaror mazmunini barchaga aytib o`tdilar.
Yig‘ilish qaror qiladi:
2.Yuqoridagi xat mazmunidan kelib chiqqan holda maktab MMIBDO’ G Yuldashevaning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
3.TXTBdan kelgan xatlarda ko`rsatilgan vazifalarni bajarish o`qituvchilar zimmasiga yuklatilsin.
4.Mazkur xatni ijrosini nazorat qilish o`z zimmam qoldiraman.
Yig`ilish raisi: H. Hakimova
Tuzuvchi: G Yuldasheva