Termiz davlat universiteti magistratura bo’limi 5A120102 – Lingvistika: Ingliz tili yo’nalishi magistranti Qodirova Mahzuna Mahmudovnaning magistr akademik darajasini olish uchun “The concept “Mind” in English language world picture” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZI Qodirova Mahzuna Mahmudovnaning mazkur “The concept “Mind” in English language world picture” “mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi “Mind” konseptining ingliz tilida izohlanishini ilmiy asoslash, hamda ushbu konseptning ingliz tilida mavjud bo’lgan leksik birliklarini, frazeologik birliklarini va maqollarni tahlil qilgan holda ochib berilgan.
Qodirova Mahzuna Mahmudovnaning mazkur dissertatsiya ishi ingliz tilida yozilgan bo’lib, asosiy mazmuni kirish, uch bob (asosiy qism), xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga olgan bo’lib, har bir bob o’z navbatida ichki bo’limlarga ajratilgan.
Tadqiqotning kirish qismida ishning dolzarbligi va ahamiyati, obyekti va predmeti atroflicha tushuntirilgan. Birinchi bobda kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchasi bo’lgan konseptining nazariy tahlili va asosiy tushunchalariga e’tibor berilgan. Bundan tashqari kosept tushunchasining tavsiflanishida dunyo va rus olimlarining fikrlari inobatga olingan.
Ikkinchi bobda ingliz tilida “Mind” konseptining leksik, frazeologik va paremiologik jihatlari tahlil etilgan.
Uchinchi bob tadqiqotning amaliy qismi bo’lib, boshqa boblarga nisbatan hajmi kattaroq va mazmuni kengroq hisoblanadi. Ushbu bobda “Mind” konsepti leksik, frazeologik va paremiologik birliklarining tahlili ko’rib chiqilgan. Ishning oxirida mos ravishda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Ish mazmuni rejaga mos keladi
Karimova Sabrina Karimovnaning mazkur “The concept “Mind” in English language world picture ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi quyidagi juz’iy kamchilikka yo’l qo’yilgan:
Mazkur ishning ba’zi sahifalarida imloviy va tinish belgilariga oid xatolaruchraydi.
Dissertatsiya ishida ba'zi o'rinlarda texnik xatolar mavjud.
Shunga qaramasdan, ishda yo’l qo’yilgan mazkur xatolar uning umumiy sifatini kamaytirmaydi.
Qodirova Mahzuna Mahmudovnaning mazkur magistrlik dissertatsiyasini ommaviy himoyaga tavsiya etish va ijobiy bahoga baholash mumkin.
Termiz Davlat Pedagogika Instituti f.f.nomzodi: Kadirova O.X