Tezroq zaryadlash


Tesla barcha elektromobillar uchun universal quvvatlagich stansiyasini ishga tushiradi



Download 1,27 Mb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi1,27 Mb.
#468546
1   2   3
Bog'liq
zaryadlash

Tesla barcha elektromobillar uchun universal quvvatlagich stansiyasini ishga tushiradi


Dunyo boʻylab 25000 dan ortiq zaryad stansiyalarini oʻrnatiladi. Ushbu shoxobchalar orqali elektromobilni 15 daqiqa ichida quvvatlantirish mumkin boʻladi.

Foto: Tesla
Tesla 2021-yil oxiriga qadar oʻzining quvvatlash stansiyalar tarmogʻini boshqa elektromobillar uchun ham taqdim etadi.
Kompaniya dastlab elektromobil vositalarini zaryadlash uchun oʻzining vositasini patentladi. Bu esa Twitter-da savollarga sabab boʻldi. Ilon Mask bunga 2021-yilda kompaniya Tesla Supercharger tarmogʻini boshqa brendlar uchun ham taqdim etishni rejalashtirayotgani bilan izohladi.
“Biz oʻz ulagichimizni yaratdik, avvalgi paytlarda standart yoʻq va Tesla uzoq masofali elektromobil vositalarining yagona ishlab chiqaruvchisi edi. Bu past va yuqori quvvatni zaryadlash uchun juda nozik ulagichdir. Biroq bu yil biz Supercharger tarmogʻimizni boshqa elektromobillar uchun ham taqdim etamiz”, — deya yozgan Mask.
Shuningdek Mask, stansiyalar butun dunyo boʻylab mavjud boʻlishini qoʻshimcha qildi. Buning uchun kompaniya adapterlarni ishlab chiqarilishi va mobil ilovani oʻzgartirishi kerak ekan.
Tesla butun dunyo boʻylab 25000 dan ortiq zaryad stansiyalarini oʻrnatadi. Ushbu shoxobchalar orqali elektromobilni 15 daqiqa ichida quvvatlantirish mumkin boʻladi. Bu zaryad esa 200 millik (321 km) sayohatga yetadi.

Elektromobillar: 1 soat quvvatlab, 320 km yuring


Yaqin yillarda elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomobil va transport vositalarining keng ommalashuviga guvoh bo‘lamiz. Bugun ham qisman elektrda ishlaydigan avtomobillar bozori jadal rivojlanmoqda. Misol uchun, 2015 yilda birgina AQShda sotilgan har 150 dona transport vositasining bittasi elektr o‘t oldirish svechasi hamda batareyaga, ya’ni elektr ta’minoti tizimiga ega. Elektromobillarning ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi va undan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda.
Buning sabablari ko‘p. Jumladan, elektr avtomobillar ilg‘or gadjetlarga aylanib, tobora keng texnologik imkoniyatlarga ega bo‘lib bormoqda.

Bu yo‘nalishdagi yirik ilg‘orliklardan biri – bu turdagi avtomobilda batareya ta’minotining mavjudligi. Odatdagi elektromobilning o‘rtacha narxi xalqaro bozorda $30,000 dollarni tashkil etadi. Uni bir marotaba elektr bilan quvvatlab 160 km masofa yurish mumkin. Ammo keyingi bir necha yil ichida bu masofa yanada kengayib, juda arzon narx evaziga shaxsiy avtomobilda uzoq safarlar qilish imkoni tug‘iladi.
Xususan, elektromobil yaratish ustida izlanishlar olib borayotgan Tesla Motors Inc. va’da qilayotgan Model 3 avtomobilini to‘liq quvvatlab 320 km masofani bosib o‘tish mumkin bo‘ladi. Uning narxi $35,000 dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun aytamiz, bugun AQShda o‘rtacha mashina narxi $33,000 dollarni tashkil qiladi.
Ammo Tesla kompaniyasidan tashqari bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun Chevrolet ham katta pul tikkan. Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi joriy yil yakunida narx-navosi $37,500 dollar bo‘lgan Bolt EV elektromobilini taqdim etishni rejalashtirgan. Bu ham to‘liq quvvatlab 320 km masofa yo‘l bosishga va’da berayotgan elektr mashina. Shu bilan birga, mazkur avtomobil uni nam ta’siridan himoyalaydigan yuqori darajali tizimni va’da qilib, bo‘lajak xaridorlarni xotirjam qilmoqda.
Bu hali boshlanishi. Elektromobillarni elektr quvvati bilan ta’minlovchi stansiyalar ishlab chiqaruvchi jahonning eng yirik ChargePoint Inc. kompaniyasi rahbari Paskal Romanoning qayd etishicha, bugun avtomobil sanoatining yirik vakillari ham mazkur masala yuzasidan katta qiziqish bildirishmoqda. “Biz bu borada ularning barcha narsani elektrlashtirishga qaratilgan ichki rejalaridan xabardormiz”, deydi janob Paskal.

Qisqa fursat ichida yonilg‘ida harakatlanuvchi avtomobillar o‘rnini gibridlashib, ular ham elektr motor, ham benzin dvigatellari bilan ta’minlanadi.
Aksariyat bu turdagi elektromobilning yangi modellari amerikaliklarga elektr quvvati bilan, ya’ni benzin sarflamasdan ishga borib kelish imkoniyatini bermoqda. Bu degani ularni bora-bora to‘liq elektr ta’minotiga ham moslashtirish mumkin.
Stiv Mayjeros, General Motors Co.’ning Chevrolet bo‘linmasi marketing direktorining aytishicha, Chevrolet Volt gibrid avtomobilida bosilgan uzoq safarlarning 90 foizi hamda yaqin masofadan kundalik sayohatlarning 65 foizi “elektr rejimi”da amalga oshirilgan. Volt gibrid avtomobilini to‘liq quvvatlab 85 km masofani bosib o‘tish mumkin.

Boshqa elektromobillardan ko‘ra kuchliroq elektr motor hamda katta sig‘imli akkumulyatorga ega plagin-gibrid avtomobillari haydovchilarga elektrda ishlaydigan avtomobillarga oson ko‘nikish, uning ishlamay qolishidan xavfsirashning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Elektromobil va plagin-gibrid avtomobillari o‘rtasidagi raqobatning jadal o‘sishi ularning narx-navosining pasayishiga xizmat qiladi. Volkswagen AG hamda BMW kompaniyalari ham 2025 yilda ilk plagin-gibrid avtomobilini ishlab chiqarish rejasida ekanini ma’lum qilgan. Hyundai Motor Co. kompaniyasi esa 2020 yilda shu turdagi gibrid mashinalarining 8 modelini, shuningdek to‘liq elektrlashgan 2 ta transport vositasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Esingizda bo‘lsa 1997 yilda Yaponiyaning Toyota kompaniyasi ilk ekologik toza, ya’ni yarim benzin va yarim elektrda ishlaydigan gibrid dvigatelli avtomobilni namoyish qilgan edi. Kompaniya shu yilning oxiriga qadar taqdim etishni reja qilgan yangi talqindagi ushbu Toyota Prius elektr mashinasi salonining tom qismida quyosh nuridan elektr oluvchi batareya bo‘ladi. Elektr dvigateli mashinani 25 foizgacha quvvat bilan ta’minlaydi. 2020 yilgacha Toyota 15 mln dona shu turdagi gibrid dvigatelli avtomobillar ishlab chiqaradi.

Bu sohadagi yana bir o‘sish sur’ati quvvatlash stansiyalarining ko‘payib borishidir. ChargePoint kompaniyasining ma’lum qilishicha, ayni paytda uning tarmog‘ida 30,000 ta shu turdagi stansiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Taqqoslash uchun aytish kerakki, Amerikada 90,000 ta jamoat benzin quyish shahobchalari mavjud.
Xususiy quvvatlash stansiyalari soni ham tobora oshib bormoqda. Sababi ularni qurish ham arzon – $3,000 dan $7,500 dollargacha. Ularning ko‘payishi ham haydovchilarni avtomobilning elektr quvvatidan ko‘proq foydalanishlarini rag‘batlantiradi.
250 ga yaqin yirik oziq-ovqat mahsulotlari sotadigan tarmog‘iga ega Hy-Vee Inc. do‘koni ham o‘z hududlarida 30 ga yaqin quvvatlash shahobchalarini bunyod etgan. Elektr akkumulyatorni quvvatlash vaqti stansiya salohiyati mashina modelidan kelib chiqib, 30 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi. Siz bozor qilib bo‘lguningizga qadar mashinangiz ham quvvatga to‘ladi.
AQSh Energetika departamenti o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, agar bunday stansiyalar ish joylarida ham o‘rnatilsa, uni sotib olish istagida bo‘lganlar soni 20 barobargacha ko‘payar ekan.
Har qanday yangilikning ommalashishi doimo muayyan vaqtni talab qilgan. Elektromobillar yaratish nazariyasi o‘tgan asrda aytilgan bo‘lsa, bugunga kelib biz ularni ko‘cha-ko‘yda uchratyapmiz. Va, bu texnologiya ayni paytda har doimgidan ham jadal rivojlanmoqda


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish