Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi



Download 80,78 Kb.
bet4/4
Sana05.10.2019
Hajmi80,78 Kb.
#23030
1   2   3   4
Bog'liq
2 5244741812488242128

Qoqio’tdoshlar oilasi.
1.Gulli o’simlikllar ichidagi eng katta oila?----Qoqio’tdoshlar.

2.Qoqio’tdoshlarlarning yer yuzida va O’z-da nechta turkum va turi uchraydi?----920 va 19000 , 137 va 597

3.Qoqio’tdoshlarning oilasining hayotiy shakllari?----Bir yillik va ko’p yillik, buta, liana, daraxt.

4.Barglari poyada qanday joylashgan?----Ketma-ket,qarama-qarshi,halqa, butun, ba’zan patsimon bo’lingan.

5.Qoqio’tdoshlar eng muhim belgisi?---To’pgulining savatcha bo’lishi.

6.Savatcha to’pguli atrofini nima o’rab turadi?-----O’rama bargchalar.

7.Oilalaning savatcha to’pguli qaysi to’pgullarga o’rnashib murakkab to’pgullarni hosil qiladi?---Shingil, ro’vak, qalqon.

8.Qoqio’tdoshlar oilasi qaysi belgisiga qarab ikkita oilachaga bo’linadi?----Gul tuzilishiga.

9.Suttikandoshlar oilachasining to’pguli qanday gultojbargchalardan tashkil topgan?----Tilsimon.

10.Suttikandoshlarning O’z-da keng tarqalgan vakillari?----Qoqio’t, karrak, sachratqi, qarg’atirnoq, takasaqol, maxsar, kakra.

11.Qaysi o’simlikni vohalardagi har qanday o’smlik o’sa oladigan joyda uchratishimiz mumkin?---Qoqio’t.

12.Qoqio’t o’simligi savatcha to’pguli qanday tuzilgan?----Ikki jinsli tilsimon.

13.Qoqio’t meva xili?---Doncha.

14.Qoqio’t mevasini uchida nima o’rnashgan?----Popukcha.

15.O’z-da qoqio’t turkumiga oid nechta tur o’sadi?---26

16.Qaysi o’simlikni vohalardagi ekinlar orasida, yo’l yoqalarida va ariqlar bo’yida uchratishimiz mumkin?----Zangori sachratqi.

17.Sachratqining savatcha to’pguli qanday tuzilgan?---Zangori rangli ikki jinsli.

18.Sachratqining qaysi qismidan dori tayyorlanadi?-----Ildizi, barglari, gullayotgan poyasi.

19.Sachratqidan qaysi kasallikni davolashda foydalaniladi?----Oshqozon –ichak.

20.Moychechakdosh oilachasi to’pguli qanday gullardan tuzilgan?---Naychasimon, soxta tilsimon yoki voronkasimon.

21.O’z-da keng tarqalgan moychechakdoshlar oilasining vakillari?---Shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, bo’yimadaron, andiz.

22.Shuvoqning O’z-da keng tarqagan turlari?---Oq shuvoq, turon, yovshan.

23.Turon shuvog’ining ikkinchi nomi?----Qorajusan.

24.Shuvoqning savatcha to’pgulida qanday gullar joylashgan?----Ikki jinsli,tilsimon.

25.Shuvoqning mevasi qaysi oyda pishadi?---Oktabrning oxiri yoki noyabrning boshi.

26.Shuvoq qaysi hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi?---Qorako’l qo’ylari va tuyalar.

27.Shuvoqning shifobaxsh turi?---Ermon.

28.Ermon shuvog’ining qaysi qismidan dori tayyorlanadi?---Bargi, poyasi, to’pguli.

29.Oilaning tabiiy holda uchraydigan dorivor turlari?-----Bo’yimadaron, bo’znoch.

30.Oilaning madaniy-manzarali vakillari?----Qashqargul, xrizantema, kartoshkagul, dastargul.

31.Oilaning nechta turkumga oid nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?---13 va 50

32.Karrakning nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?---30 ta

31.Oilaning gul formulasi?----Gk0,(5) Gt(5) Ch5 U1

32.Shuvoqning savatchalari qanday to’pgul xilida o’rnashgan?---Ro’vak.

33.Shuvoqning savatchalari har birida nechtadan ikki jinsli tilsimon gullar bo’ladi?---5-7 tadan

34.Shuvoqlar qaysi hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi?---Qorako’l va tuyalar uchun.

35.Oilaning moyli o’simligi?---Kungaboqar.
Bir urug’palllalilar sinfi.

Loladoshlar oilasi.
1.Yer yuzida bir urug’pallalilarning nechta turkumga oid turi uchraydi?---67 va 58000

2.O’z-da bir urug’pallalilarning nechta turi o’sadi?-----800

3.Loladoshlar oilasining o’simliklari qayerlarda o’sadi?----Cho’l, adir, tog’

4.O’z-da loladoshlar oilasining nechta turkumi va turi uchraydi?----250 va 400

5.Oilaning hayotiy shakllari?---Ildizpoyali, piyozboshli, ko’p yillik o’tlar, qisman butalar.

6.Oilaning barglari qanday tuzilgan?---Oddiy, butun, parallel yoysimon tomirlangan shakli nashtarsimon, tasmasimon yoki ellipsimon.

7.Barglari poyada qanday joylashgan?----Ketma-ket.

8.Gullari qanday tuzilgan?----To’g’ri, ikki jinsli, yakka-yakka to’pgulda o’rnashgan.

9.Meva xili?----Ko’sakcha yoki rezavor.

10.Qizil lola qayerlarda o’sadi?----Adir va tog’larda.

11.Qizil lola qanday yo’l bilan ko’payadi?---Urug’idan yopki piyozidan.

12.Nima uchun qizil lola soni kamayib bormoqda?---Yulish va piyozboshlarini kovlash natijasida.

13.Loladoshlarning qaysi vakillari madaniylashtirilmoqda?---Qizil lola.

14.O’z-da lolaning nechta turi o’sadi?---23 ta

15.Lolalar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?-----Gullarining rangi, katta-kichikli, bargi, piyozboshi va meva shakli.

16.Boychechak qaysi belgilari bilan lolaga o’xshaydi?---Gul va meva tuzilishi.

17.Loladoshlar oilasining yovvoyi holda o’sadigan vakillari?---Olg’i va xolmon.

18.Loladoshlar oilasining nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?---23.

19.Oilaning gul formulasi?---Og3+3 Ch3+3 U(3)

20.Qizil lola qaysi oydan boshlab gullaydi?----Aprelning oxiri-mayning boshlarida.

21.Qizil lolaning bo’yining uzunligi necha sm tashkil etadi?---20-45 sm.

22.Qizil lolani piyozboshi qanday shaklda bo’ladi?----Tuxumsimon yoki yumaloq.

23.Qizil lolani gullari qanday rangda bo’ladi?----Sarg’ish-qizil, pastki qismi qora dog’li.

24.Qizil lolanini bargalri qanday rangda bo’ladi?----3-4 dona, ustida to’q binafsha rangli dog’i bor.

24.Qizil lolani mevasi nechta chanoqqa bo’lib ochiladi?---3 ta

25.Boychechakning bo’yining uzunligi necha sm ga yetadi?---10-15 sm.

26.O’zbekistonda boychechakning nechta turi o’sadi?---30 ta.

Piyozdoshlar oilasi.
1.Piyozdoshlar qayerlarda uchramaydi?---Avstraliyada.

2.Oilaga nechta turkum va turi o’sadi?----32 va 750

3.Iste’mol qilinadigan piyozlar?---Pskom, oshanin, mador(matur), qum, anzur.

4.Xushmanzara piyoz turlari?---Gul piyoz, chochqaquloq, Suvorov, nor va qo’shbarg.

5.Piyozlarning nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?----10 ta

6.Bosh piyoz…gullab,…..pishadi?----May-iyun,iyul.

7.Oilaning barglari qanday shaklda bo’ladi?---Shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipsimon, yaprog’i butun yoki o’yilgan.

8.Qaysi oila vakilarining to’pguli yoshligida qobiq bilan o’ralgan bo’ladi?---Piyozdoshlar.

9.Oilaning to’pguli qanday shakllarda bo’ladi?---Soyabonsimon, sharsimon va yarim sharsimon.

10.Bosh piyoz hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik hisoblanadi?---Ko’p yillik.

11.Bosh piyozni piyozboshi qanday shaklda bo’ladi?---Tuxumsimon yoki yumaloq.

12.Bosh piyozni gulpoyasini uzunligi necha sm yetadi?---100 sm

13.Bosh piyozni to’pguli qanday gullardan tashkil topgan?-----Sharsimon, zich joylashgan.

14.Qaysi o’simlikning gulbandi gulqo’rg’onidan bir necha marta uzun bo’ladi?—Bosh piyozni.

15.Dorivorlik xususiyatiga ko’ra sarimsoq piyoz qaysi piyoz bilan yonma-yon turadi?—Bosh piyoz.

16.Oilaning gul formulasi?---Og3+3 Ch3+3 U1


Bug’doydoshlar oilasi.
1.Bug’doydoshlar qayerda keng tarqalgan?-----Yer sharining quruqliklarida.

2.Bug’doydoshlarning yer yuzida qancha turkumi va turi o’sadi?----600 va 10000

3.Bug’doydoshlarning hayotiy shakllari?-----Bir, ikki, ko’p yillik o’tlar.

4.Bug’doydoshlarning O’z-da nechta turkumi va turi o’sadi?------91 va 271

5.Bug’doydoshlarning poyasi qanday tuzilgan?----Silindirsimon, tik o’sadi bo’g’imlarga bo’lingan.

6.Bug’doydoshlar poyasi nima deb ataladi?----Somon poya yoki poxol.

7.Oilaning barglari necha qismdan tuzilgan?----Poyani o’rab turgan pastki barg qini, barg yaprog’i.

8.Oilaning barg yaprog’i qanday shakllarda bo’ladi?-----Qayishsimon, nashtarsimon, tuxumsimon, bigizsimon.

9.Barg yaprog’ining tilchasi qanday tuzilgan?---Kichkina, yupqa, pardasimon o’simta.

10.Barg tilchasi qanday vazifani bajaradi?----Barg qining ichiga suv kirishidan saqlaydi.

11.Oilaning to’pgul xillari?----Murakkab boshoq, so’ta, ro’vak, sulton.

12.Gul qipiqlari qanday tuzilgan?----Ustki gul qipig’i- kichikroq, nozik va mayin, ostki gul qipig’i- etli va kattaroq.

13.Piyozli arpa qayerlarda o’sadi?---Adirning yuqori va tog’ning o’rta qismlarida.

14.Piyozli arpani qanday nomlar bilan atashadi?---Tak-tak, tog’ arpa, xarduma, javdar.

15.Oilaning qaysi vakili tabiiy pichanzorlarni hosil qiladi?----Tak-tak.

16.Oilaning tabiiy holda o’sadigan vakillari?----Tak-tak, g’umay, qo’ng’irbosh, ajriq, qamish.

17.G’umay qaysi turkumga mansub?---Jo’xori.

18.Bo’yining uzunligi 50-150 sm keladigan o’simliklar?---Javdar, g’umay.

19.G’umay asosan qayerlarda o’sadi?----Sug’oriladigan yerlarda, ayniqsa paxtazorlarda.

20.Oilaning yem-xashak o’simligi?---Qo’ng’irbosh.

21.O’z-da qo’ng’irboshning nechta turi o’sadi?---26 ta.

22.Oilaning madaniy o’simliklari?----Sholi, tariq, bug’doy.

23.Oilani nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?---2 ta

24.Ob-havoni oldindan aytib beradigan o’simliklar soni qancha?----400 ta

25.Bug’doydoshlar oilasining poyasini uzunligi necha sm yetadi?---100 (150-200) sm

26.Gullari necha jinsli hisoblanadi?—Bir va ikki jinsli.

27.Bug’doydoshlarning har bir boshoqchasi ostida nima bilan o’ralgan?---Ikkita (ostki va ustki) gul qipig’i.

28.Bug’doydoshlarning urug’chisi qanday tuzilgan?---Bitta, tumshuqchasi 2-3 ta bo’lib, patsimon shoxlangan.

29.Qo’ng’irbosh qayerlarda keng tarqalgan?---Cho’l va adirlarda, yaylovlarda.
O’zbekistonning o’simlik boyligi.

Cho’l va to’qay o’simliklari.
1.O’zbekistonning katta hududini qaysi mintaqa tashkil etadi?-----Cho’llar.

2.Cho’llarda o’sadigan o’simliklarning hayotiy shakllari?-----Bir, ko’p, buta va saksovul daraxt.

3.Qumliklarda o’sadigan o’simliklar?---Saksovul, sho’ralar, juzg’un, silen, iloq.

4.Sho’ralarga qaysi o’simliklar kiradi?------Sag’an, qumtariq.

5.Qumliklarda o’sadigan o’simliklar suvni qayerdan oladi?----Qum orasidagi namlikldan va tundagi shudringdan.

6.Qumning ustki qatlamida mayda ildizlari bilan yopishib oladigan o’simlik?---Iloq.

7.Iloqning poyasining uzunligi va barglar soni?---15-20 sm,7-10 ta

8.Tanasi turli shiraga boy o’simliklar?----Seret baliqko’z, qizil shira, sarsazan,buyrug’un, qorabaroq.

9.Tuprog’i gipsga boy joylarda o’sadigan o’simliklar?-----Qora boyalish, buyrug’un, shuvoq.

10.Eng katta to’qayzorlar qayerda joylashgan?-----Sirdaryo va Amudaryo bo’ylarida.

11.To’qaylarda o’tlardan qaysi vakillari uchraydi?-----Qamish, ro’vak, shirinmiya, qog’a, yantoq.

12.To’qaylarda o’sadigan daraxt va butalardan qaysilari uchraydi?----Turang’il, yulg’un, tol va jiyda.

13.Daryo suvidan noto’g’ri foydalanish natijasida qaysi o’simliklarning maydoni qisqarib bormoqda?---Qamish, turang’il, shirinmiya.

14.To’qaylar qanday ahamiyatga ega?---Qirg’oqlarni yemirishdab saqlaydi, chorva mollari uchun ozuqa, kislorod bilan boyitadi, hayvonlarni ko’paytirish va saqlash uchun makon.

15.Juzg’unning yon ildizi necha metrgacha boradi?---30 m.

16.Iloq hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?----Ko’p yillik.

17.Qumliklarda o’sadigan o’simliklarning ko’p yoki kamligi nimaga bog’liq?---Kuz va bahorning seryog’in yoki quruq kelishiga.

18.Cho’l o’simliklari qaysi hayvonlar uchun ozuqa hisoblanadi?---Qorako’l qo’ylari, tuyalar.

19.To’qay deganda nima tushuniladi?-----Daryo bo’ylaridagi senam yerlarda joylashgan turli daraxt, buta va o’tlardan tashkil topgan chakalakzorlar.
Adir, tog’ va yaylov o’simliklari.
1.Dengiz sathidan 1200-1600 metr balandliklar bo’lgan joylar nima deb ataladi?---Adir.

2.Adirlarda o’sadigan ko’p yillik o’simliklar?---Bo’yimadaron,shirach,ermon, andiz, itqo’noq, qo’ziquloq, oqquray, marmarak, partak, beh, kakra.

3.Adir o’simliklari qanday ahamiyatga ega?----Chim hosil qiladi va nurashdan saqlaydi, shamol eroziyasidan saqlaydi.

4.Adirlarda lalmi ekinlardan qaysilari ekiladi?----Arpa,bug’doy,no’xot.

5.Adirlarda mevali daraxtlardan qaysilari o’sadi?----Olma, nok, yong’oq, bodom, pista, tok.

6.O’zbekistonning tog’lari qaysi tog’ tizmalaridan iborat?----Tyan-shan va Pomir-Oloy.

7.O’zbekiston tog’lari qaysi viloyatlar atrofini o’rab turadi?----Farg’ona, Toshkent, Jizzax, Surxondaryo.

8.Dengiz sathidan….metrdan,….metrgacha baland joylar tog’ga kiradi?-----1200-1600, 2700-2800

9.Tog’larda mevali daraxtlardan qaysilari o’sadi?---Yong’oq,olma, tog’olcha, do’lana, bodom, qatrong’i, nok, nok.

10.Tog’larda ….tashkil topgan o’rmonlar mavjud ?----Yong’oq va archa.

11.Tog’larda o’sadigan butalar?---Na’matak, uchqat, zirk, tobulg’a.

12.Tog’ o’simliklarining muhofazaga moylik turlari?---Lola, shiracha, kovrak, piyoz.

13.Yaylovlarni aksariyatini qaysi o’simliklar tashkil etadi?----Ko’p yillik.

14.Yaylovlarda tog’larga o’xshab yirik …bo’lmaydi?---Daraxtlar.

15.Yaylovlarda yer bag’irlab o’sadigan butalar?----Archa, irg’ay, na’matak, uchqat.

16.Yaylovlarda o’sadigan ko’p yillik o’tlar?----Toron, shuvoq, sutlama, sug’uro’t, betaga, sanchiqo’t, yunona.

17.Yaylovlarda yostiq hosil qilib o’sadigan o’simliklar?----Kirpio’t, qiziltikan.

18.Yaylovlardan nima maqsadlarda foydalaniladi?---O’tloq va pichanzor.

19. Kirpio’tning ikkinchi nomi?---Qiziltikan.
O’simliklar va atrof muhit.

1.Suv o’simlik organizmi umumiy vazning necha % ni tashkil etadi?----60-90 %

2.O’simliklar yorug’lik munosabatiga qarab nechta guruhga bo’linadi?---Soyasevar va yorug’sevar.

3.Parazit o’simliklar?----Zarpechak, devpechak, shumg’iya.

4.Qaysi o’simlik o’zidan fitonsidlar ishlab chiqaradi?---Archa, qarag’ay, terak.

5.Iloqning 60 % qaysi hayvon yeb qo’yadi?---Yumronqoziq.

6.Qo’shoyoqning uyasidan qaysi o’simlikning necha gr topilgan?----Qo’ng’irbosh,1240 gr.

7.Dunyo o’rmonlarining necha % qisqarib ketgan?----50 %

8.O’zbekistonning o’rmon xo’jalik fondi necha ga tashkil etadi?---9119 ga

9.O’zbekistonning o’rmon bilan qoplangan maydoni qancha?-----2776 ga.

10.Hozirda nechta dorivor o’simlikllardan foydalanib kelinmoqda?---1500

11.O’simliklarni muhofaza qilish dasturi qachon qabul qilingan?-----1997 yil, 26-dekabr.

12.O’zbekistonning yaylovlar bilan qoplangan maydoni qancha?----22,8 mln

13.O’zbekistonda yovvoyi o’simliklarning nechta turi o’rganilgan?-----700 ta

14.Maxsus muhofazaga olingan hududlarga nimalar kiradi?-----Buyurtmaxonalar, milliy bog’lar, qo’riqxonalar, tabiat yodgorliklari.

15.Milliy bog’lar qo’riqxonalardan qanday farq qiladi?-----Aholini dam olishi, sog’lomlashtirish va estetik zavq olish.

16.Buyurtmaxonalarga nimalar kiradi?-----Ovchilik, baliqchilik, o’rmonchilik.

17.Tabiat yodgorliklariga nimalar kiradi?------Asrdosh, kamyob daraxtlar, g’orlar, sharshara,tarixiy obidalar.

18. Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdir?---50-modda.

18.”Yer, yerosti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zaruru va ular davlat muhofazasidadir” bu konsititutsiyaning nechanchi moddasida belgilab qo’yilgan?----55 modda

19. Ekologik omil nima?---Tashqi muhitning o’simlik hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tarkibiy qismga.

20.Ekologik omillar qanday guruhlarga ajratiladi?---Abiotik va biotik.

21.Abiotik omillarga nimalar kiradi?—Tuproq, harorat, suv, yorug’lik va havo.

22.Biotik omillarga nimalar kiradi?---Bakteriya, zamburug’, hayvon va o’simliklar.

23.Yorug’sevar o’simliklar qaysi o’simliklar uchun sharoit yaratadi?---Soyasevar.

24.O’simlik turlarini kamayishi va ko’payishiga kim bevosita ta’sir ko’rsatadi?---Inson.

25.Qo’riqxona nima?---Tabiiy holda tabiatning barcha tarkibiy qismlari muhofaza qilinadigan maydon.

26.Qo’riqxonalarning asosiy vazifasi nima?---O’simliklar va hayvonlarning ayrim turlari, hamjamoalari, ayniqsa kam va yo’qolib borayotgan turlarni o’rganishga, ularni muhofaza qilishga alohida e’tibor berishdan iborat.

27.Buyurtmaxona nima?---Tabiatning ayrim bir burchagidagi hayvonalra va o’simliklar qoplami, ayrim o’simlik turlari va boshqalar saqlanadigan joydir.

28.Milliy bog’lar nima?---Tabiiy landshaftlarning (noyob o’simliklar va hayvonot turlari, o’ziga xos o’simliklar hamjamoalari) muhofaza qilinadigan maydon.

29.Tabiat yodgorliklari nima chun tashkil etiladi?---Milliy, madaniy va tarixiy jihatdan tabiatning ayrim qismlarini muhofaza qilish uchun.
Qizil kitob.
1.O’zbekiston “Qizil kitobi” qachon ta’sis etilgan?---1979 yil.

2.”Qizil kitob” nechta guruhga ajratiladi?----



1)yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi 2)yo’qolib borayotgan 3)kamyob 4)kamayib borayotgan.

3.1984 yil va 1998 yilgi O’zbekiston “Qizil kitobi”ga nechta o’simlik kiritilgan?----163 va 301 ta

4. ”Qizil kitob” ga yana nechta o’simlik kiritish ehtimolligi ko’rsatilmoqda?---138 ta

5.Kamyob o’simlik turlarga boyligi jihatidan qaysi viloyatlarda oldingi o’rinlarda turadi?---Surxondaryo (112) Toshkent(80) Qashqadaryo(59) ta

6.Turlarga boyligi ko’ra qaysi o’simlik oilasi alohida o’rinda turadi?---Qoqio’tdoshlar(50), yalpizdoshlar(23), burchoqdoshlar(60).

7.”Qizil kitob” ning asosiy vazifasi nima?---Jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofodini saqlab qolishga ko’maklashishdan iborat.

7.”Qizil kitob”ni tuzishda qayerda saqlanayotgan ilmiy manbalardan foydalanildi?

a)O’zRFA ”Botanika” ilmiy ishlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariy

b)Rossiya FA “Botanika” insititutidagi gerbariy

8.”Qizil kitob” ning o’zbek va rus tilida yozilgan ikkinchi nashrida qanday ma’lumotlar yozilgan?



1)Har bir turning o’zbekcha, ruscha va lotincha ilmiy nomlari

2)Kamyoblik darajasi, qisqacha botanik soni, tarqalishi, o’sish sharoiti, tabiatdagi soni

3)Ko’payishi, o’simliklarning kamayib ketish sabablari, madaniylashtirish.

4)Muhofaza choralari, ilmiy manbalari, tarqalishini ko’rsatuvchi xarita va o’simlikning rasmi berilgan.

9.Rasmda qaysi o’simliklarni “Qizil kitob”ga kiritilgan vakillari berilgan?—Buxoro otostegiyasi, targ’il lola.

10.Quyidagi viloyatlarda nechta o’simlik “Qizil kitob”ga kiritilgan?

1)Qoraqalpag’iston Respublikasi-11 6)Namangan-12

2)Andijon-4 7)Samarqand-45

3)Buxoro-24 8)Surxondaryo-112

4)Jizzax-21 9)Toshkent-80

5)Navoiy-13 10)Farg’ona-28 11)Qashqadaryo-59

Yerda o’simliklar dunyosini rivojlanishi.

1.Qancha yil ilgari suvo’tlar yer yuzida hukmronlik qilgan?---570-510 mln .

2.Dastlabki quruqlikka chiqqan o’simliklar?----1859 yil Kanadan-psilofit, 1912 yil Shotlandiyadan-riniya, 1937 yil Angliyadan-kuksoniya.

3.Dastlabki quruqlikka chiqqan o’simliklar qanday tuzlgan?---Ildiz va barglari bo’lmagan,shohlangan poya va shohlari uchida sporangiysi bo’lgan, bo’yi 50-70 sm, poyasining yog’onligi 5-10 sm bo’lgan.

4.Dastlabki quruqlikka chiqqan o’simliklardan qaysi o’simliklar paydo bo’lgan?----Yo’sinlar va qirqquloqlar.

5.Daraxtsimon qirqquloq va qirqbo’g’mlarning bo’yining uzunligi va yog’onligi qancha?------25-30 m va 1-1,5m

6.Qancha yil ilgari ochiq urug’li o’simliklar paydo bo’lgan?---200 mln ilgari urug’li qirqquloqlardan

7.Qancha yil ilgari yopiq urug’li o’simliklar paydo bo’lgan?-----140 mln ilgari urug’li qirqquloq.

8.Ochiq urug’li o’simliklarning bizgacha qaysi vakillari yetib kelgan?---Archa, saur, qarag’ay.

9.Qaysi davrda yopiq urug’li o’simliklar gullab yashnagan?----Bo’r.

10.Bir qator ilmiy adabiyotlarga ko’ra gulli o’simliklar …..kelib chiqqan?----Sporali yuksak o’simlilardan.

11.Hozirgi gulli o’simliklar ochiq urug’lilarning qaysi turkumiga mansub?----Bennettit.

12.Gulli o’simliklar qachon paydo bo’lgan?---Bo’r davrida Janubiy-sharqiy Osiyoda.

13.O’zbekistoning gulli o’simliklari qayerdan kelib chiqqan?----Tetis nomli dengizning janubiy va shimolida joylashgan mahalliy floradan.

14.A.L.Taxtajyan o’simliklarning qaysi belgilariga ko’ra magnoliya turkumiga kiruvchi gullar eng sodda tuzilgan deb qaraydi?----Gul tuzilishiga.

15.Yer yuzida yuksak o’simliklarni qancha turi bor?----500000

16.Yuksak o’simliklarga qaysi o’simliklar kiradi?----Yuksak sporali, ochiq urug’li va yopiq urug’lilar.

17.Ochiq va yopiq urug’li o’simliklarni qancha turi bor?----700 va 250000

18.Madaniy o’simliklarning aksariyat qismini…tashkil etadi?---Yopiq urug’lilar.

19.Bundan necha mlrd yil ilgari yer yuzini ko’p qismi suv bilan qoplangan bo’lgan?---3,5 mlrd

20.Yo’sinlar va qirqquloqsimonlar bundan qancha mln ilgari paydo bo’lgan?----400-230 mln

21.Qirqquloqsimonlar uchun noqulay sharoit tufayli ularning o’rnida qaysi o’simliklar egallay boshlagan?---Ochiq urug’lilar.

22.Ochiq urug’lilarning asta-sekin yer yuzidan yo’qolishiga nima sabab bo’lgan?---Iqlimning quruqlasha borishi.

23.Qazilma holdagi ochiq urg’lilar turkumiga bo’limiga oid bennetit turkumi qayerdan kelib chiqqan?---Yevropa va O’zbekistonning (Xisor tizmalarida)

24.Ikki urug’pallarilardan qaysi o’simliklar kelib chiqqan?—Bir urg’pallarilar.

25.Hozirgi paytda ekiladigan madaniy o’simliklarning ko’pchiligini qaysi o’simliklar tashkil etadi?---Yopiq urug’lilar.



O’zbekistonda botanika faning rivojlanishi.

1.Abu Rayhon Beruniy tabobatga bag’ishlangan asari?---“Kitob as-Saydana fit-tibb”

2.Abu Ali Ibn Sinoning tabobatga bag’ishlangan asari?---“Kitob –al qonun fit-tibb” va “Kitob-ush shifo”.

3.Fedchenkolar tomonidan qanday kitob chop etildi?---1906-1916 yillar,”Turkiston florasi”, 6-qismli.

4.Fedchenkolar Turkiston hududida uchraydigan nechta o’simlik turi ko’rsatilgan?----4111 ta.

5.”O’zbekiston markaziy gerbariysida” nechta nusxadagi va qancha o’simlik turi saqlanadi?-----1 mln va 10000

6.Asosan gerbariylar asosida yaratilgan asar?----“O’zbekiston florasi”.

7.A.I.Vvedenskiy qanchadan ortiq o’simlik turi haqida ma’lumot berdi?---138 oila va 4230 tur.

8.O’zbekiston sistematiklar tomonidan…yaratildi?---10 jildlik “O’rta Osiyo o’simliklar aniqlagichi”

9.“O’rta Osiyo o’simliklar aniqlagichi”da qancha o’simlik haqida ma’lumot berilgan?----125 oila,1151 turkum, 8094 tur.

10.O’zbekistonning o’simliklar qoplamiga bag’ishlangan asar?----5 jildlik “O’zbekiston o’simliklar qoplami”.

11.”O’zbekiston paleobatanikasi” nima asosida yaratilgan?-----Toshga aylangan o’simliklarning yog’ochi (tana, poya) meva, urug’, va changchilari.

12. ”O’zbekiston paleobotanikasi” necha jilddan iborat?---3 ta.

13.Mikologlar tomonidan qanday monografiya chop etildi?----“ O’zbekiston zamburug’lar florasi”

14.“ O’zbekiston zamburug’lar florasi” monografiyasi nechta tomdan iborat?---8 ta

15.Cho’l o’simliklariga bag’ishlangan qanday asar chop etildi?------“Cho’l o’simliklar ekologiyasi”, 2-jildli.

16.O’rta Osiyoda jumladan O’zbekistonda gulli o’simliklarni har taraflama o’rganish nechachi asrdan boshlandi?-------XX asrning 20-yillarida.

17.O’rta Osiyo davlat universiteti nechanchi yillarda tashkil topdi?—XX asrning 20-yillarida.

18. O’z Fanlar Akademiyasi va uning tarkibida Botanika insituti nechanchi yilda tashkil topdi?—XX asrning 40 yillarida.

19.”O’zbekiston florasi” nechanchi yillarda yozilgan va necha jildli asar hisoblanadi?---1941-1962 yillarda, 6 jildli.

20. “O’rta Osiyo o’simliklar aniqlagichi” nechanchi yillarda yozilgan?---1963-1993 yillarda.

21.Toshkentdagi Botanika bog’i kimning nomiga qo’yilgan?----F.N.Rusanov.

22.Chet-eldan keltirilgan nechta o’simlik bizning sharoitda o’sishi va moslashishiga oid ilmiy ishlar qilindi?---Bir necha ming.

23.Chet-eldan keltirilgan o’simliklar haqidagi asar qanday nomlanadi?—“O’zbekiston dendrologiyasi”.

24.2009 – yil “Qizil kitob” ga nechta o’simlik turi kiritilgan?---324 ta

25.O’zbekiston “Qizil kitobi” qaysi tillarda chop etilgan?----O’zbek, rus va ingliz.


Manzarali o’simliklar.

1.Guli va barglari jozibadorligi bilan ajralib turuvchi daraxtlar?---Magnoliya, lola daraxti, kashtan, shoyi akatsiya.

2.Shoyi akatsiyaning ikkinchi nomi?----Albitsiya.

3.Guli ko’rimsiz, lekin quyuq soya beruvchi daraxtlar?---Chinor, eman, ko’k terak, qayrag’och, zarang, oq qayin, lipa.

4.Igna bargli daraxtlar?----Archa, sosna, qarag’ay, sarv.

5.Manzarali butalar?----Atirgul, nastarin, shamshod, yapon noki, tobulg’i, budleya, buldenej, gortenziya, sallagul (butasi), suriya gibiskusi, farzitsiya.

6.Ko’p yillik o’tlar?----Floks, xrizantema, nizomgul, chinnigul, duragay gibiskus, kartoshkagul, sallagul.

7.Sallagul, floks va xrizamtema qachon gullaydi?---Bahor, yoz, kuz.

8.Piyozli va ildizpoyali gullar?---Lola, gladiolus, giatsint, nargiz.

9.Boshqa narsalarga ilashib o’suvchi bir va ko’p yillik o’tlar?-----Karnaygul va sarsabil.

10.Boshqa narsalarga ilashib o’suvchi lianalar?----Tekoma, glitsiniya, kaprifolga.

11.Qaysi daraxtlar urug’idan ko’payadi?-----Eman, kashtan, archa.

12.Atirgulning qaysi navi qalamchasidan ko’payadi?---Qirqog’ayni.

13.Qaysi manzarali o’simliklar piyozboshli hisoblanadi?----Lola, nargis, gladiolus.

14.Qaysi manzarali o’simlik ildizpoyasidan ko’payadi?----Xrizantema.

15.Qaysi manzarali o’simliklar ildizpoyasi yoki tugunaklarini bo’lib ko’paytiriladi?----Kartoshka va shoyigul.

16. Manzarali o’simliklar deganda qanday o’simliklar tushuniladi?---Guli ochiladigan emas, balki shox-shabbasi, bargi, mevalari ziynatli, ko’rk va estetik zavq beruvchi, gullari ko’rinmas o’simliklar tushuniladi.
Xona o’simliklari.

1.Mevasi uchun ekiladigan xona o’simliklari?---Limon va apelsin.

2.Dorivor xona o’simligi?---Aloe va kolonxelar.

3.Xona o’simliklarning ko’pchiligi qayerdan olib keltirilgan?---Osiyo, Afrika, Amerika.

4.O’zbekistonda xona o’simliklarining nechta oila, turkum va turi bor?----80,160 va 300 ta

5.Respublikamizning qaysi viloyatlarida xona o’simliklarini keng tarqalgan?---Toshkent, Farg’ona, Namangan, Surxondaryo.

6.Qaysi xona o’simligi qalamchasidan ko’paytiriladi?---Begoniya, yorongul, fikus, kameliya, oleandr.

7.Qaysi xona o’simligi tupini bo’lib ko’paytiriladi?---Aloe, sansevara, tradeskansiya.

8.Qaysi xona o’simligi piyozboshidan ko’paytiriladi?---Lola va liliya.

9.Xona o’simliklalarining ko’pchiligi qanday ko’paytiriladi?---Urug’idan.

10.Xona o’simliklarining muhim xususiyatlaridan biri?---Boshqa davlat va qit’larda qanday o’simlik tarqalganligini bilish mumkin.

11.Ziynatiga qarab xona o’simliklari qanday guruhlarga bo’linadi?----Bargi ziynatli, osilib turuvchi (ampel), ilashuvchi, chirmashuvchi, shoh-shabbasi meva ziynatli.

12.Qaysi xona o’simligi zaharli hisoblanadi?-----Oleandr.

13.Qaysi xona o’simliklari o’z vatanida ochiq havoda o’sadi?---Kaktuslar, palmalar va fikuslar.

14. Xonadonlarda tarqalishi bo’yicha qaysi xona o’simligi birinchi o’rinda turadi?—Kaktuslar.

15.Qays xona o’simliklari boshqa xona o’simliklariga qaraganda nihoyatda keng tarqalgan?---Begoniya, sarsabil, qirqquloq (paparotnik), fikus, binafsha, aloe.

16. Xonadonlarda o’sadigan ko’pchilik o’simliklarni qanday o’simliklar tashkil etadi?---Ko’p yillik ildizpoyali, tugunakli va piyozboshli.

17.Vatanida daraxt yoki yirik buta bo’lib o’sadigan o’simliklar bizning sharoitda qanday ko’rinishda o’sadi?---Past bo’yli buta shaklida.

18.Xonadonlarda o’sadigan ko’pchilik dorivor o’simliklar haqida kimning asarida ma’lumotlar berilgan?---Beruniyning “Saydana”

19. Xona o’simliklarining ko’pchiligi nima orqali ommalashtirilgan?---Botanika bog’lari.



24,1,22,3,20,5,18,7,16,9,14,11

12,13,10,15,8,17,6,19,4,21,2,23
Download 80,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish