Ikki urug’pallali o’simliklar sinfi.
1.Yer yuzida ikki urug’pallalilarning nechta oila va turi osadi?—340 va 175000
2.O’z-da yuzida ikki urug’pallalilarning nechta oila va turi osadi?—138 va 3700
3.Ikki urug’pallalilarning eng sodda vakillari turkumi?—Magnoliyasimonlar.
Ra’nodoshlar oilasi.
1.Ra’nodoshlarning oilasi hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simliklar o’sadi.?---Daraxt, buta, ko’p yillik o’tlar.
2.O’z-da bu oilaning nechta turkumga oid turi o’sadi?—35 va153 Yer yuzida:120 va 3000
3.Ra’nodoshlarning barglari qanday tuzilgan?---Yongbargchali, uchga bo’lingan, panjasimon yoki patsimon qirqilgan.
4.Ra’nodoshlar oilasida qanday to’pgul xillari uchradi?---Shingil, qalqon, soyabon.
5.Ra’nodoshlar barglari poyada qanday joylashgan?---Ketma-ket.
6.Gullari nima yordamida changlanadi?---Hashorotlar.
7.Ra’nodoshlarning meva xillari?---Quruq(yong’oqcha, to’pbarg) ho’l (danakli va soxta ).
9.Ra’nodoshlarni nima uchun yagona formula bilan ifodalab bo’lmaydi?---Turlarning ko’pligi.
10.Na’matak qayerlarda o’sadi?---Tog’ va to’qaylarda.
11.Na’matakning bo’yining uzunligi?—3-4 m
12.Na’matakning barglari qanday tuzilgan?—Toq patsimon murakkab, 5-9 yaproqchali.
13.Na’matak qaysi oyda gullaydi?—Iyun-iyul.
14.Na’matakning gulida ko’p miqdorda nima joylashgan?----Changchi va urug’chi.
15.Na’matak mevasi qanday tuzilgan?---Soxta meva, to’q qizil, etdor, uzunchoq, tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm.
16.Na’matakning mevasi tarkibida qanday moddalar bo’ladi?---Limon kislota va oshlovchi modda.
17.Na’matakdan qaysi kasalliklarni davolashda ishlatiladi?---Avitaminoz.
18.O’z-da na’matakning nechta turi o’sadi?---13
19.Atirgullarning yer yuzida nechta turi, O’z-da nechta navi o’sadi?----10000 va 340
20.Nok qaysi belgilari bilan olmaga o’xshaydi?---Gul va mevasi.
21.Nok olmadan qanday farq qiladi?---Mevasining etida tosh hujayralar borligi.
22.Yovvoyi olma, olcha, nokdan qanday ahamiyatga ega?----Qurg’ochilikkka, zararkunandalarga chidamli yangi navyaratishda va payvandlashda foydalaniladi.
23.Ra’nodoshlarning qaysi vakillari “Qizil kitob”ga kiritilgan?---O’rta Osiyo noki, Olga sorbariyasi.
24.Gullari barg qo’ltig’ida qanday joylashgan qanday joyslashgan?---Yakka-yakka.
25.Gulqo’rg’oni qanday tuzilgan?---Murakkab, ko’pincha 5 a’zoli, gultojbarglari 5 ta qo’shilmagan, changchilari ko’p, tugunchasi 1-5 uyli.
26.Bu oilaga kiruvchi turkumlar?---Tobulg’i, olcha, na’matak, olma, o’lxo’ri, bodom, nok, shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnoy, maymunjon,o’rik.
27.Na’matakning mevasida juda ko’p miqdorda nima bo’ladi?---Urug’lar.
28.Na’matak qaysi o’simliklarning yovvoyi ajdodi hisoblanadi?---Atirgullar.
29.Olmalarni O’zbekistonda nechta turi o’sadi?---2 ta yovvoyi va 3ta madaniy.
30.O’zbekistonda nokning nechta turi o’sadi?---7 ta
Karamdoshlar oilasi.
1.Karamdoshlarning yer yuzida va O’z-da nechta turkum va turi o’sadi?---350 va 30000, 76 va 200
2. Karamdoshlarning hayotiy shakliga qanday o’simliklar uchraydi?----Bir, ikki, ko’p yillik o’tlar.
3. Karamdoshlar poya xili?—Tik o’suvchi.
4.Barglari qanday tuzilgan?---Oddiy,butun yoki qirqilgan, poyada ketma-ket joylashgan.
5.To’pgul xili?---Shingil.
6.Mevasi qanday ataladi?----Qo’zoq va qo’zoqcha.
7.Jag’-jag’ning ildiz bo’g’idagi va poyasidagi barglari qanday tuzilgan?---Ildiz bo’g’zidagi qisq a bandli patsimon, poyasidagi bandsiz.
8.Jag’-jag’ qaysi oydan boshlab gullaydi?---Martdan maygacha.
9.Jag’-jag’ning bir tupida nechta urug’ yetiladi?---70000
10.O’z-da jag’-jag’ning nechta turi o’sadi?---1
11.Jag’-jag’ tarkibida qanday darmondorilar va kislota bo’ladi?---C va K darmondorilar, olma va limon kislota.
12.Jag’-jag’qaysi qismi ovqatga ishlatiladi?---To’pbargi.
13.Jag’-jag’ning qaysi qismidan dori tayyorlanadi?----Yer ustki qismidan.
14.Jag’-jag’ qaysi kasllikni davolashda ishlatiladi?---Qon ketishi to’xtatishda.
15.Karamdoshlar oilasiga mansub sabzovot ekinlari?---Karam, sabzi, rediska, turp.
16.Karamdoshlar oilasiga mansub bo’yoq beradigan o’simlik?---O’sma.
17.Nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?---8.
18.Gullari qanday tuzilgan?---Tog’ri va ikki jinsli.
19.Oilaning gul formulasi?---Gk4 Gt4 Ch4+2 U1
20.Qo’zoq meva qanday tuzilgan?---Bo’yi enidan 3 marta va undan ham uzun.
21.Qo’zoqcha meva qanday tuzilgan?---Bo’yi eni bilan bir xil yoki 2 marta uzun.
22.Karamdoshlarning ko’pchilik yovvoyi vakillari qayerlarda o’sadi?---Cho’llarda, tog’ etaklarida qirlarda.
23.Jag’-jag’ning gullari qanday to’pgulda joylashgan?---Shingil.
24.Jag’-jag’ning gulkosachabarglari gultojbarglaridan necha marta uzun?---1,5.
25.Jag’-jag’ning mevasi nima deb ataladi?---Qo’zoqcha.
26.Jag’-jag’dan qanday mahsulotlar tayyorlanadi?---Ko’k chuchvara, ko’k somsa.
27.Karamdoshlar oilasiga mansub karam turlari?---Gulkaram, pekin karami.
Sho’radoshlar oilasi.
1.Sho’radoshlarning yer yuzida va O’z-da nechta turkum va turi o’sadi?—100 va 1500, 44 va 200
2.Hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simliklar o’sadi?---Daraxt, buta, ko’p, ikki, bir yillik o’tlar.
3.Barglari poyada qanday joylashgan?---Ketma-ket yoki qarama-qarshi.
4.Barglari qanday tuzilgan?---Kichrayib ketgan yoki qisqarib ketgan.
5.Meva xili?—Yong’oqcha.
6.Lavlagi necha yillik o’simlik hisoblanadi?---Ikki yillik.
7.Lavlagi birinchi yili nima hosil qiladi?---Yirik barglar va oziq moddaga boy ildizmeva.
8.Lavlagi ikkinchi yili nima hosil qiladi?---To’pgul hosil qiluvchi poya.
9.Lavlagi qaysi oydan boshlab gullaydi?---May.
10.Lavlagining urug’chisi nechta mevabargdan hosil bo’lgan?----3 ta
11.Lavlagining mevasi qachon pishadi?---Sentabrda.
12.O’z-da ismaloqning nechta turi o’sadi?---Turkiston va rezavor.
13.Rezavor ismaloqning qaysi qismi ovqat ishlatiladi?----Poya va bargi.
14.Bir yillik, ikki uyli o’simlik?----Turkiston ismalog’i.
15.Sho’radoshlar oilasiga mans0ub daraxt?---Saksovul.
16.Saksovul qaysi oydan boshlab gullaydi?----Martning oxiri va aprelning boshi.
17.Saksovulning qanotchali mevasi qanday hosil bo’ladi?----5 ta gulqo’rg’on bargchalardan.
18.Saksovulning poyasi va bir yillik novdasi qanday ahamiyatga ega?----Qimmatbaho yoqilg’i va chorva mollari uchun ozuqa.
19.Sho’radoshlarning qaysi vakillari chorva mollari uchun ozuqa hisoblanadi?----Teresken, ebalak, sag’an, baliqko’z, sho’rak.
20.Qaysi o’simliklar madaniylashtirilmoqda?---Izen, teresken, keyreuk.
21.Cherkezning qaysi qismidan dori tayyorlanadi?---Bargi va mevasidan.
22.Cherkezdan qaysi kasallikni davolashda ishlatiladi?---Qon bosimini pasaytirishda.
23.Anabazin moddasi qaysi o’simlikdan olinadi?---Itsigak.
24.Zararli hashorotlarga qarshi…moddasi ishlatiladi?----Anabazin.
25.Oilaning nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?---8 ta.
26.Olabo’ta qaysi oilaga mansub?----Sho’radosh.
27.Sho’radoshlarning ko’pchiligi qayerlarda o’sadi?----Cho’llarda.
28.Gul formulasi?---Og 0,5 Ch2-5 U(2-5)
29.Qumli cho’llarda saksovul turkumiga oida qanday turlar o’sadi?---Oq va qora saksovul.
Gulxayridoshlar oilasi.
1.Gulxayridoshlarning yer yuzida va O’z-da nechta turkum va turi o’sadi?---70 va 900 7 va 27
2.Gulxayridoshlarning hayotiy shakllari?---O’tlar, qisman buta va daraxtlar.
3.Poya xili?---Tik o’suvchi.
4.Barglari qanday tuzilgan?---Oddiy, uzun bandli, panjasimon tomirli butun yoki o’yilgan.
5.Meva xili?---3-5 uyli ko’sak yoki yig’ma meva.
6.Bo’yi 10-40 sm keladigan bir yillik begona o’t?---Yerbag’ir tugmachagul.
7.Yerbag’ir tugmachagul qayerlarda o’sadi?---Sug’oriladigan yerlarda, ariqlar bo’yida va ekinzorlar orasida.
8.Yerbag’ir tugmachagulning poyasi qanday tuzilgan?---Sershoh, yer bag’irlab o’sadi yoki yonboshlab o’sadi.
9. Yerbag’ir tugmachagul qaysi oydan boshlab gullaydi?---Apreldan-sentabrgacha.
10.Yerbag’ir tugmachagul mevasi nechta mevabargchadan tashkil topgan?----12-16 ta
11.Yerbag’ir tugmachagulning qaysi qismidan dori tayyorlanadi?---Quritilgan bargi, guli va urug’i.
12.Yerbag’ir tugmachagulning qaysi kasallikni davolashda ishlatiladi?---Ichni yumshatuvchi.
13.Yerbag’ir tugmachagulning O’z-da nechta turi o’sadi?—6 ta.
14.Oilaning tabiiy holda o’sadigan turkumlari?---- Gulxayri, dag’al kanop, bo’ritaroq.
15.Dorivor gulxayri qayerlarda o’sadi?----Daryo va ko’llar sohilida va to’qaylarda, sernam yerlarda.
16.Dorivor gulxayrining qaysi qismidan damlama tayyorlanadi?—Ildizidan
17.Dorivor gulxayridan qaysi kasallikni davolashda ishlatiladi?---Yo’tal.
18.O’z-da g’o’za turkumida oid nechta tur o’simlik o’sadi?--- 3 ta.
19.Qaysi g’o’za turi faqat tajriba maydonlarida uchratishimiz mumkin?---Jaydari.
20.Meksika g’o’zasi uchun belgi xususiyatlar?----Ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gullari yitik, gultojbarglari och-sarqi, tubi qizil, dog’siz. Ko’saklari yirik, 4-5 chanoqli, yaxshi ochiladi, tolasi mayin, uzun, oq ba’zan qo’ng’ir rangda.
21.Misr g’o’zaning vatani?---Janubiy Amerika ( Peru, Kolumbiya va Braziliya).
22.Misr g’o’zasi yurtimizning qaysi viloyatlarida ekiladi?---Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo.
23.O’z-da bo’ritaroq turkumiga oid o’simlik?---Kanop.
24.Seleksionerlar tomonida g’o’zaning qanday navlari yaratilgan?---Serhosil, tezpishar, tolasi uzun va pishiq, qurg’oqchilikka chidamli.
25.Bo’ritaroq turkumiga nechta tur o’simlik kiradi?---6 ta.
26.Gulxayridoshlar oilasi boshqa oilalardan qanday farq qiladi?---Ostki gulkosachabrglarining borligi, changchilarining qo’shilib o’saganligi.
27.Yerbag’ir tugmachagulni barglari qanday tuzilgan?---Barglari uzun bandli, yaprog’i deyarli yumaloq, cheti 5-7 ga bo’lingan.
28.Yerbag’ir tugmachagulni gultojbarlari gulkosachabarglariga nisbatan necha marta uzun bo’ladi?---2 marta.
29.Dorivor gulxayrini bo’yini uzunligi necha sm tashkil etadi?---70-150 sm.
30.Qaysi g’o’za turi 1925 yilgacha ekilgan?—Jaydari g’o’za.
31.Jaydari g’o’za uchun belgi xususiyatlar?---Ko’saklari mayda, tolasi mallarang, qisqa va dag’al.
32.Meksika g’o’zaning vatani qayer hisoblanadi?---Markaziy Amerika.
33.Meksika g’o’zasi O’zbekistonda nechanchi yildan buyon ekib kelinmoqda?----1925 yildan.
34.Qaysi g’o’za turi asosida O’zabekistonda juda ko’p navlar yaratilgan?---Meksika.
35.Misr g’o’zasi uchun belgi xususiyatlar?----Ostki gulkosachabarglari 3 ta. Gulllari yirik, gulkosachabarglari sap-sariq limon rangida, tubida qizil dog’i bor. Ko’saklari yirik 3-4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o’xshash mayin, och sariq.
Burchoqdoshlar oilasi.
1.Burchoqdoshlarning yer yuzida va O’z-da nechta turkum va turi o’sadi?---400 va 12000, 57 va 470.
2.Oilaning hayotiy shakllari?—Bir, ikki, ko’p yillik o’tlar, buta va daraxtlar.
3.Oilaning poya xillari?---Tik o’suvchi, ilashuvchi, o’raluvchi yoki yotib o’suvchi..
4.Barglari qanday tuzilgan?---Murakkab, oddiy yonbargchali, ketma-ket joylashgan.
5.To’pgul xili?—Kallakcha.
6.Oilaning keng tarqalgan vakili?---O’tloq sebargiyasi.
7.O’tloq sebargasining barglari qanday tuzilgan?---Uzun bandli, uch yaproqchali.
8.O’tloq sebargiyasining bo’yining uzunligi qancha ?---25-50sm
9.Oilaning guli asalshiraga boy o’simliklari?---Sebarga, yantoq.
10.Yozning issiq kunlarida yantoqdan nima ajraladi?—Shakar.
11.Oilaning madaniy o’simliklari?---Mosh, no’xot, loviya, soya, yasmiq.
12.Qaysi o’simlikning gullari changlanib va urug’lanib bo’lgandan keyin gulli novdalari qayrilib tuproqqa kiradi?—Yeryong’oq.
13.Vatani Braziliya bo’lgan o’simlik?---Yeryong’oq.
14.Oilaning manzarali daraxt sifatida o’sadigan vakillari?----Tuxumak, tikan daraxt, gledechiya, oq akatsiya.
15.Tuxumakning ikkinchi nomi?---Yapon saforasi.
16.Oilaning nechta turi “Qizil kitob”ga kiritilgan?---60.
17.Oilaning “Qizil kitob” kiritilgan o’simliklari va soni?------Astragal(37), oksitrops(13), tangao’t (8).
18.Qaysi oila vakillarining ildizida havodagi erkin azotni o’zlashtiradigan tugunak bakteriyalari yashaydi?---Burchoqdoshlar
19.Oilaning gul formulasi?----Gk(5) Gt1+2, (2) Ch(9)+1U1
20.Burchoqdoshlar oilasining gultojibargi qanday shaklda bo’ladi?—Kapalak.
21.Oilaning gultojbargi qanday tuzilgan?—Ustidagi yirikroq “yelka” yoki “bayroqcha”, ikki yonida joylashgani “qanotcha” yoki “eshkak”, ostki gultojbargi “qayiqcha”.
22.Oilani mevasi nima deb ataladi?---Dukkak.
23.O’tloq sebargasi qayerlarda uchraydi?---Tog’ etaklari, daryolar va ariqlarning bo’ylarida, qisman sug’oriladigan yerlarda.
24.O’tloq sebargasining gullarining uzunligi necha sm tashkil etadi?-----2-3,5 sm
25.Gullari qanday to’pgulda joylashgan?—Kallakcha.
26.Dukkagi qanday tuzilishga ega?---Bir urug’li tuxumsimon, uzunligi 1,5-2 mm.
27.O’zbekistonda sebarga turkuminig nechta turi o’sadi?---7 ta.
28.Yantoq qayerlarda o’sadi?—Tog’ etaklarida, qir va cho’llarda.
29.O’zbekistonda yantoqning nechat turi o’sadi?---4 ta
30.Qaysi o’simlikning boshi olovda, oyog’i suvda bo’ladi?---Yantoq.
31.Qaysi o’simlik qorako’lchilikning asosiy o’simligi hisoblanadi?—Yantoq.
32.Qaysi o’simlikdan urush yillari shakar olingan?---Yantoq.
33.Oilaning qanday turlari tabiatda uchraydi?---Isirg’ao’t, shirinmiya, oqquray, qashqarbeda, afsonak, astragal, burchoq, beda.
34.Yeryong’oqning bargari qanday tuzilgan?—Bir yillik, juft patsimon.
35.Yeryong’oqning gullari qanday rangda bo’ladi?---To’q sariq, dukkagi cho’ziq.
Ituzumdoshlar oilasi.
1.Ituzumdoshlar qayerlarda keng tarqalgan?---Mo’tadil va tropik mintaqalarda.
2.Oilaning yer yuzida va O’z-da nechta turkum va turi o’sadi?—80 va 3000, 11 va 36
3.Oilaning hayotiy shaklari?—Bir, ikki, ko’p yillik o’tlar, buta va daraxt.
4.Poya xillari?---Tik o’suvchi, yonboshlab yoki yotib o’suvchi.
5.Meva xillari?---Rezavor yoki ko’sak.
6.Qora ituzumni qayerlarda uchratishimiz mumkin?---Paxtazor, polizlarda, tashlandiq yerlar va yo’l yoqalarida.
7.Qaysi o’simlikni to tupini sovuq urmaguncha gullayveradi?—Qora ituzum.
8.Qora ituzumni mevasi qanday darmondoriga boy?----C.
9.Oilaning sabzavot ekinlari?---Kartoshka,baqlajon.
10.Oilaning keng tarqalgan begona o’tlari?---Mingidevona va bengidevona.
11.O’z-da mingidevona va bengidevona nechta turi o’sadi?---5 va 4 ta
12.Tamaki bargidan qanday maqsadlarda ishlatiladi?---Maxorka, papiros, sigara, dorilar olinadi.
13.Tamaki bargi takibida qanday zaharli modda bo’ladi?---Nikotin.
14.Oilning “Qizil kitob”ga kiritilgan vakillari?----Oloy xiyoli.
15.Oloy xiyoli qayerlarda oi’sadi?----Shoximardon va So’x daryolarida.
16.Oilaning qaysi vakili shakli o’zgargan yer ostki novdani hosil qiladi?---Kartoshka.
17.Barglari qanday tuzilgan?---Oddiy, butun yoki bo’lingan.
18.Gullari qanday tuzilgan?---Tog’ri, qiyshiq, ikki jinsli yakka-yakka holda burglar qo’ltig’ida yoki shoxlar uchida gajak to’pgulda joylashgan.
19.Qora ituzum hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik?—Bir yillik.
20.Qora ituzumni bo’yini uzunligi necha sm yetadi?—25-50 sm.
21.Qaysi o’simlikni barglari oddiy, uzunchoq tuxumsimon bo’ladi?—Qora ituzum.
22.Qora ituzumni gajak to’pgulida nechta gul joylashgan?—3 tadan 10 ta
23.Qora ituzumni mevasi qanday shalda bo’ladi?---Sharsimon.
24.Qora ituzumni mevasi qaysi oyda pishadi?---Avgustning oxirida.
25.O’zbekistonda ituzum turkumiga oid nechta tur o’simlik o’sadi?—10 ta
26.Ituzumdoshlar oilasiga qaysi o’simliklar ham kiradi?—Garmdori (qalampir), chilim tamakisi va maxorka tamakisi.
27.Tamaki barglari insonning qaysi sitemasiga ta’sir ko’rsatadi?----Asab va qon-tomir.
28.Oilaning gul formulasi?----Gk(5) Gt(5)Ch5U1
Tokdoshlar oilasi.
1.Tokdoshlar qayerlarda keng tarqalgan?---Tropik va suptropik mintaqalarda.
2.Oilaning poya xillari?----Ilashuvchi.
3.Tokning jingalaklari nimaning o’zgarishidan hosil bo’lgan?---Novdaning.
4.Oilaning to’pgul xili?---Ro’vaksimon.
5.Madaniy tokning bo’yining uzunligi qancha?----2-4 (6-10)
6.Tok qanday yo’l bilan ko’paytiriladi?---Vegetativ.
7.Tok qaysi oyda gullaydi?----May-iyun.
8.Ertapishar va kechpishar tok navlarining mevasi qachon pishadi?---Iyul va oktabr.,
9.Tok mevasi necha urug’li bo’ladi?---2-3
10.Tok mevasi xalq orasida nima deb ataladi?----Uzum.
11.O’z-da tokning qanchaga yaqin navi o’stiriladi?---500 ta
12.Tok navlariga misol?—Kishmish,daroyi, sohibi, charos, soyaki, chillaki, kattaqo’rg’on, qarago’zal, qirmizi, husayni, rizimat, toyipi, buvaki, hiloliy.
13.Qorago’zal nimaning navi?---Tok.
14.Uzumchilikning rivojlamnishiga katta xissa qo’shgan olim?---Rizamat ota Musamuhamedov.
15.Tokdoshlar oilasiga mansub manzarali o’simlik?---Beshyaproqli partennotsissus.
16.Yovvoyi uzum nomini olgan o’simlik?--- Beshyaproqli partennotsissus.
17.Beshyaproqli partennotsissus necha metrgacha o’sadi?---10-15 (20) m
18.Beshyaproqli partennotsissus qaysi belgilari bilan tokka o’xshaydi?---Guli va mevasi tuzilishi.
19.Beshyaproqli partennotsissus vatani qayer?---Shimoliy Amerika.
20.Respublikamizning janubiy viloyatlarida o’sadsigan buta?---Terakbargli liftok.
21.Terakbargli liftok qaysi turkumga kiradi?----Liftok.
22.Terakbargli liftok qaysi belgisi bilan tokka o’xshaydi?---Guli tuzilishi.
23.Terakbargli liftok mevasi qanday tuzilgan?----Qora, mayda, rezavor, iste’mol qilishga yaramaydi.
24.Tok oshi tokning qaysi qismidan tayyorlanadi?---Yangi bargidan
25.Tokdoshlar nima yordamida boshqa narsalarda ilashib o’sadi?—Jingalaklar.
26.Tokdoshlar oilasining O’z-da va yer yuzida nechta turi va turkumi o’sadi?---4 va 3 yer yuzida 660 va 11
27.Tokdoshlar oilasining barglari qanday tuzilgan?----Barglari 3- 5 bo’lakli, panjasimon bo’lingan, uzun bandli yonbargchali.
28.Gullari qanday tuzilgan?---Mayda, tog’ri, ikki jisnli yoki bir jinsli rangsiz.
29.Oilaning gul formulasi?---Gk4-5 Gt5,(5)Ch5 U(2-6)
30.Tok bargi qanday tuzilgan?---Uzun bandli, panjasimon bo’lingan.
31.Qaysi o’simlikning gultojbargi urug’chi va changchini qalpoqqa o’xshab qoplab turadi, gul ochilish paytida tushub ketadi?—Madanik tok.
32.Beshyaproqli partennotsissus qayerlarda o’sadi?---Oshxona va choyxonalar va ayvonlar oldida.
33.Tokdoshlar oilasining qaysi vakili “Qizil kitob” kiritilgan?---Madaniy tok.
Qovoqdoshlar oilasi.
1.Qovoqdoshlarning yer yuzida va O’z-da nechta turi o’sadi?-----80 va 18 ta
2.Oilaning hayotiy shaklari?---Bir va ko’p yillik o’tlar.
3.Oilaning poya xillari?---O’rmalab va jingalak.
4.Oilaning o’simliklari nima yordamida changlanadi?---Hashorotlar.
5.Qovoqdoshlar mevasi qanday tuzilgan?---Etdor,sersuv,soxta meva.
6.Qovoqdoshlar qaysi vakili O’z-da ko’p ekiladi?---Qovoq.
7.Oyim qovoq qaysi turkumga mansub?---Qovoq.
8.Oshqovoq poyasi nimalar bilan qoplangan?---Silindirsimon tuklar.
9.Oshqovoq mevasi qanday tuzilgan?---Tashqi-qattiq, ichki-shirador va etdor.
10.Oshqovoqning urug’i tarkibida necha % gacha moy bo’ladi?---50 %
11.O’z-da qovoq turkumiga oid nechta turi o’simlik o’sadi?---3 ta
12.Qovoqdoshlar oilasiga mansub begona o’t?---Itqovun.
13.Oshqovoqning bargi qanday tuzilgan?---Yirik buyraksimon, yaprog’i 5-7 ga bo’lingan.
14.Qovoqdoshlar oilasining barglari qanday tuzilgan?---Oddiy, ketma-ket o’rnashgan, yaproqlari panjasimon bo’lingan.
15.Oilaning urug’chi gulining formulasi?---Gk(5) Gt(5)Ch(0) U(3)
16.Oilaning changchi gulining formulasi?---- Gk(5) Gt(5)Ch (2)+(2)+1 U(o)
17.Qovoqdoshlar oilasining gullari qanday jinsli hisoblanadi?—Ayrim jinsli.
18.Oyiq qovoqning barglari nechta bo’lakkka bo’lingan?---5-7 ta
19.Qaysi o’simlikning urug’chi va changchisi bitta tupda yetiladi?—Oyim qovoq.
20.Qaysi o’simlikning urug’chili gullarida 3 ta tumshuqchali 1 ta urug’chisi bor?---Oyim qovoq.
21.Oilaning qaysi o’simliklari ken tarqalgan?---Handalak, qovun, tarvuz, bodring, idish-qovoq, qozonyuvg’ich.
Ziradoshlar oilasi.
1.Ziradoshlar yer yuzida va O’z-da nechta turkum va turi o’sadi?---300 va 3500, 69 va 198
2.Oilaning asosiy qismi qayerlarda o’sadi?---Shimoliy yarim sharlarda.
3.Bo’yining balandligi 200sm (250) yetadigan o’simliklari?---Shashir, kovrak, alqor.
4.Hayotida bir marta gullab qurib qoladigan kovrak qaysi oilaga mansub?----Ziradoshlar.
5.To’pgul xillari?---Kallakcha, oddiy yoki murakkab soyabon.
6.Meva xili?—Danakcha.
7.Yovvoyi sabzining bo’yining uzunligi qancha?—80-100 (120) sm
8.Yovvoyi sabzining bargi qanday tuzilgan?----Barg yaprog’i ikki karra patsimon qirqilgan.
9. Yovvoyi sabzi…..oylarida gullab, mevasi…..pishadi?---May-iyun, iyulda
10.Efir moyga boy bo’lgan o’simliklar?---Zira va alqor.
11.O’z-da zira turkumiga oid nechta tur o’simlik o’sadi?---9 ta
12.Zira asosan qayerlarda keng tarqalgan?---Adir va tog’larda.
13.Oddiy ziraning ikkinchi nomi?----Osh zira.
14.Oddiy ziraning mevasi qaysi o’simlik mevasini eslatadi?---Sabzi.
15.Nima sababdan zirazorlarning maydoni yildan-yilga qisqarib bormoqda?---Tupi, mevasi yetilmasdan o’rib olinmoqda.
16.Ziradoshlar oilasiga mansub madaniy o’simliklar?----Sabzi, kashnich, petrushka, shivit.
17. Ziradoshlar oilasida hayotiy shakliga ko’ra qaysi o’simliklar ustunlik qiladi?----Bir va ko’p yillik.
18.Qaysi oila vakillarida poyani ma’lum qismini o’rab turadigan barg navi bor?--- Ziradoshlar.
19.Yovvoyi sabzini soyabonchalari mecha gulli?--15-20
20.Yovvvoyi sabzini gullari necha jinsli?---Bir va ikki.
21.Yovvoyi sabzini gultoji qanday rangda?---Sarg’ish.
22.Oilaning qaysi vakillari oziq-ovqat sifatida ekiladi?----Sabzi, kashnich, petrushka, shivit.
23.Shivitning ikkinchi nomi?----Ukrop.
24.Osh zira hayotiy shakliga ko’ra qanday o’simlik hisoblanadi?---Ko’p yillik.
24.Osh zirasining bo’yining uzunligi qancha?---40-60 (80) sm.
25.Osh zirani soyaboni necha gulli?---15-20 gulli.
26.Osh zirani soyabonchasi necha gulli?---20-30gulli
27.Osh zirasi qaysi oyda gullaydi va mevasi qaysi oyda pishadi?---Iyun va iyulda.
28.Osh zira qayerlarda keng tarqalgan?—Tog’ yon bag’irlarida.
29.Oilaning gul formulasi?---Ck5 Gt5 Ch5 U1
Do'stlaringiz bilan baham: |