To’garak chuvalchanglar tipi.
1.To’garak chuvalchanglarnjng tanasining ko’ndalang kesimi qanday shaklda?------ To’garak shaklda.
2.Ichki organlari qayerda joylashgan?----- Tana bo’shlig’ida.
3.To’garak chuvalchanglar qayerlarda hayot kechiradi?------ Chuchuk suv va tuproqda.
4.To’garak chuvalchanglar nimalarda parazitlik qiladi?------Odam, hayvon,o’simlik.
5.Odam askaridasi qayerda parazitlik qiladi?----- Odamning ingichka ichagida.
6.Tanasi qanday shaklda?-------Duksimon.
7.Urg’ochi va erkagining uzunligi qancha?------ 20-40 sm va 15-52sm
8.Tanasi tashqi tomondan nima b-n qoplangan?------ Pishiq va qalin kutikula.
8.Odam askaridasida nima rivojlanmagan?---Yopishuv organlari.
9.Nima uchun odam askaridasi odam ichagidan tashqariga chiqb ketmaydi?---Elastik tanasi simga oxsahb ichak devoriga taqalib turadi.
9.Hazm qilish sistemasi nima o’xshaydi?----- Ikki uchi ochiq nayga.
10.Hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?------Og’iz—halqum—qizilo’ngach—o’rta ichak—keyingi ichak—orqa chiqaruv teshigi.
11.Askaridaning og’iz teshigi nima b-n o’ralgan?----- Uchta lab b-n.
11. Askarida ichagida hazm bo’lmagan ozuqa qanday chiqariladi?----Anal teshigi orqali.
12. Askaridani qaysi sistemasi oq planariyanikiga o’xshaydi?----Ayirish va nerv sistemasi.
12. Ayirish sistemasi nimadan iborat?---Tana bo’ylab ketgan ikkita uzun naydan.
12.Askaridani ayirish naychalari tanasining qaysi qismida o’zaro birlashib yagona teshik orqali tashqariga chiqariladi?----Oldingi.
12.Askaridani gavdasining oldingi qismidagi nerv halqasi qaysi qsimini halqa shaklida o’rab oladi?---Halqumini.
12. Halqumi atrofidagi halqali nervdan tanasining qaysi qismiga nervlar ketadi?---Keyingi va oldingi.
12.Askaridaning jinsiy sistemasini nimaga o’xshatish mumkin?-----Bir uchi berk ingichka naychaga.
13.Jinsiy sitemasi tana bo’shlig’ida qanday joylashgan?------Buralib.
14. Askaridani jinsiy organlariga nimalar kiradi?---Erkagida bitta urug’don, urg’ochisida ikkita tuxumdon.
14.Askarida bir kecha kunduzda nechtagacha tuxum qo’yadi?----- 240000 ta
15. askarida urug’langan va qattiq po’st bilan qoplangan tuxumlarini qayerga qo’yadi?---Xo’jayini ichagiga.
15.Askaridaning nam joyga tushgan tuxumlaridan nima rivojlanadi?------Lichinka.
16. Odam ichagiga tushgan tuxumlaridan nima chiqadi?---Lichinka.
16. Odam ichagidagi lichinkalar qayerga boradi?---Qon orqali o’pkaga, so’ngra balg’am bilan o’gizga, og’izdan yana ichakka tushib , u yerda rivojlanib voyaga yetadi va tuxum qo’yishga kirishadi.
16.Askarida odamga nima orqali yuqadi?----- Iflos qo’l va yaxshi yuvilmagan sabzavotlar orqali.
17.Askarida b-n zararlangan odamda nima kuzatiladi?-----Kishi ozib ketadi, rangi siniq bo’ladi, qorni muntazam og’riydi.
18.Ichakdagi askarida nima yordamida tozalanadi?------Maxsus dorilar.
19.Askaridani yuqturmaslik u-n nima qilinadi?------Sabzavot,meva va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish,gigena qoidalariga amal qilish kerak.
20.To’garak chuvalchanglarni yassi chuvalchanglardan asosiy farqi?-----Tana bo’shlig’i va anal teshigini rivojlanganligi.
21.To’garak chuvalchanglar qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan?----- Yassi chuvalchanglardan.
21. To’garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan qanday farq qiladi?----Yopishuv organlarining rivojlanmaganligi, ayrim jinsli bo’lishi, ichagining keying bo’limi orqa ichaginig rivojlanganligi.
22.To’garak chuvalchanglarning nechta turi bor?-----12000
Do'stlaringiz bilan baham: |