Bo’shliqchililar tipi.
1.Bo’shliqchililar tipiga qaysi sinflar kiradi?----- Gidroid poliplar, ssifoid meduzalar, korall poliplar.
2.Gidra qanday suvda hayot kechiradi?------ Tinch oqadigan va oqmaydigan chuchuk suvlarda.
3.Qaysi hayvoni ham akvariumlarda uchratish ham mumkin?------Gidra.
4.Gidra tanasining uzunligi va shakli?----- 5-7 mm,silindirsimon.
5.Gidra tanasining ostki qismi nima deb ataladi?------ Tovon.
6.Gidraning og’iz teshigi nimalar b-n o’ralgan?-----Paypaslagichlar.
7.Gidra suvdagi narsalarga nima orqali yopishib oladi?----- Tovon.
8.Suv tupidagi narsalarga yopishib hayot kechiradigan organizmlar nima deb ataladi?----- Polip.
9.Gidra tanasi qanday simmiteriyali.?----- Radial (nurli simmiteriyali).
10.Gidra tanasi necha qavat hujayradan tashkil topgan?-----Ikki qavat.
11.Gidra tanasining tashqi va ichki qavati nima deb ataladi?----Ektoderma va endoderma.
12.Gidra tanasining ichki qismi nima deb ataladi?----- Ichki tana bo’shlig’i.
13.Gidrada ichak vazifasini nima bajaradi?----- Tana bo’shlig’i.
14.Gidra tashqi qavati qanday hujayralardan tuzilgan?-----Teri-muskul, nerv oraliq, otuvchi.
15.Gidraning muskul tolalari qayerda joylashgan?------Teri-muskul hujayralarining tana devoriga botib turgan qismida.
16.Gidra qanday harakatlanadi?-----Umaloq yoki odimlab.
17.Gidraning otuvchi hujayralari qayerda ko’p joylashgan?----- Paypaslagichlarida.
18.Gidraning otuvchi hujayralari qanday tuzilgan?----- Sezuvchi tukcha, otuvchi kapsula.
19.Otuvchi kapsula ichida nima joylashgan?------ Otuvchi tola.
20.Gidraning otuvchi kapsulasi qaysi hayvonlarga ta’sir qiladi?----- Dafniya,siklop,baliq chavoqlari.
21.Gidraning nerv hujayralari qanday tuzilgan?----- Yulduzsimon.
22.Gidra nerv hujayralari tanasida qanday joylashgan?------Tarqoq.
22.Gidraning ta’sirlanishiga javob berish xususiyati nima deb ataladi?----Refleks.
23.Endoderma qavati qanday hujayralardan tuzilgan?------ Soxta oyoq chiqarish xususityatiga eg bo’lgan yirik xivchinli va bezli hujayralardan.
24.Yirik xivchinli va bezli hujayra qanday vazifani bajaradi?----Hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish.
24.Gidra o’jasini nima yordamida tutadi?----- Paypaslagich.
25.Gidra tanasidagi yirik yadroli mayda hujayra?----- Oraliq.
26.Gidraning regeneratsiyasida qaysi hujayra ishtirok etadi?------Oraliq.
27.Gidra tanasi nechta bo’lakka bo’liganligi kuzatilgan?-----200
28.Gidraning jinssiz ko’payishi qaysi faslda amalga oshadi?-----Bahor va yoz mavsumida.
29.Gidraning jinssiz ko’payishidagi kurtaklardan qachon yosh gidra chiqadi?-----Paypaslagichlari va o’giz teshigi paydo bo’lishi b-n.
30.Jinsiy ko’payishi qachon amalga oshadi?-----Kuzda.
31.Gidraning jinsiy ko’payishida tanasida nima paydo bo’ladi?----- Bo’rtmacha.
32.Gidraning tuxum va urug’ hujayradi qayerda yetiladi?-----Tanasidagi bo’rtmachalarda.
33.Gidraning tuxum hujayrasida nimalari bo’ladi?----- Soxta oyoqlar.
34.Gidraning urug’lanishi qayerda amalga oshadi?------Suvda.
35.Urug’langan tuxum hujayra nima eb ataladi?-----Zigota.
Do'stlaringiz bilan baham: |