Video Karta-Hozirgi kunda bizda tasvir va videolarimizning aniqlik yoki tiniqlik sifati yuqori bo'lib bormoqda. Oldingidek xira va aniq bo'lmagan tasvir va videolar hozirda deyarli mavjud emas. Sababi video karta mavjud ekanligi. Video karta bu bizga tasvir va videolarni tiniqlashtirib beruvchi yoki bizning ko'zimiz ilg'ay oladigan sekundiga 25 kadr o'tishini tezkorlik bilan ta'minlab beruvchi va albatta piksellarni video karta qo'llay olishiga qarab kichraytirib beruvchi qurilma hisoblanadi. Sodda qilib aytganda video karta tezkor qayta ishlovchi qurilma hisoblanadi. Quyida keltirilgan rasmlarda video karta qurilmalarini ko'rish mumkin:
Kuller – bu ish samaradorligini oshirish maqsadida kompyuterni ichki issiqlikdan saqlaydi yani uni sovutib turadi.
Mikroprotsessor -(MP) shaxsiy kompyuter (SHK)ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Tezkor xotira yoki RAM (inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir[1]. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
Shina – bu aloqa kabeli bo’lib vazifasiga qarab har xil turda bo’ladi.Masalan Kompyuterning ichki qismlari ichun tok yetkazib berish uchun hizmat qiladi.
Diskavot- diskdan malumot olish hamda unga ma’lumot yozish uchun xizmat qiladi.
Blokpitaniya- Komyuterning barcha qurilmalariga kerakli bo’lgan tokni yetkazib beradi.
HDD (Hard Disk Drive yoki ПЗУ) ---boshqacharoq qilib aytganda doimiy xotira ya'ni bizning ma'lumotlarimiz tizim ma'lumotlari va tizimning o'zi ham saqlanadigan joy hisoblanadi. Bu xotira kompyuterimiz o'chiq bo'lganda ham ma'lumotlarimizni salaydi va qachonki undan foydalanadigan bo'lsak elektr toki manbaiga ulanishi kerak.
Data cable – HDD diskdan ma’lumot olish hamda yozish uchun ximat qiladi Yumshoq disk uchun disk haydovchi – u ham malumot olish hamda unga ma’lumot yozish uchun xizmat qiladi.