O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish.
Shaharsozliq, loyihalash va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsiziligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tashkil etish.
Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilish.
Yirik va alohida muhim obyektlarda bajariladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining sifatini nazorat qilish va ularni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish.
Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilishda ishtirok etish.
FVDT funksional quyi tizimining Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati Favqulodda vaziyatlarda izdan chiqqan ichimlik suv va oqova suvlari tizimlarini tiklash, ularning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida barqaror ishlashini ta’minlashni muvofiqlashtirish.
Uy-joy va kommunal xo‘jaligi faoliyatining barqarorligini oshirish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar ko‘rgan uy-joy va kommunal xo‘jaligi obyektlarini tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jabrlangan aholini belgilangan me’yorlar miqdorida ichimlik suv bilan ta’minlash.
FVDT funksional quyi tizimining Ichimlik suv ta’minoti xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla fuqarolar yig‘inlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga ko‘maklashish.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
“Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlardan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish, ro‘yxatga olish va ularning vaqtinchalik joylashtirilishida ishtirok etish.