Texnologiyasi



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

Gidrogcnlangan  yog‘lar.  Surtma  asosi  boMih  faqat  yumshoq 
surtmaga  o'xshash  ashyolar  xizmat  qilishi  mumkin.  Bunga  quyidagilar 
kiradi:  1.  Salomas  yoki  gidroyog*  -   Adeps  hydrogenisatum  2.  0 ‘simlik 
yog‘i  -   Axungiha  vegctabilis  (88-90)  gidroyog4  va  10-12%  o'simlik 
moyidan  iborat  qotishma  3.  Kombiy  yog‘i  -   Adeps  compositus  (55% 
salomas,  30%  o‘simlik  moyi  va  15%  mol  yog‘i,  cho‘chqa  yog‘i,  kitning 
gidratlangan  yog'idan  iborat  qotishma).
0 ‘simlik  moylari.  Kungaboqar  moyi  (Oleum  Hclianthi),  shaftoli 
moyi  (Oleum  persicorum)  va  boshqa  moylar  mol  yog‘i  va  mumga 
qo‘shimcha  sifatida  ishlatiladi.  Buning  natijasida  xossasi  bo'yicha 
cho'chqa  yog'iga  yaqin  bo'lgan  qotishma  hosil  bo'ladi.  Ishlatiladigan 
moylar  kislota  soni  2,25-2,5  dan  oshmasligi  kerak.  YogMarning  umumiy 
kamchilik  tomoni  ularning  havoda  tez  taxirlanib  qolishidir,  ayniqsa  suvli 
sharoitda.  YogMarning  farmakologik  indifferentligi  ularning  yangiligiga 
bogMiq.  Eskirgan  yogMar  teri  va  shilliq  qavatni  qitiqlaydi.  Shuning uchun 
surtma  asoslari  boMgan  yogMarni  saqlashda  chtiyotkorlik  talab  qilinadi. 
Ulardan  tayyorlangan  surtmalarning  muddati  belgilangan  boMadi.  Surt- 
ma  tarkibiga  kiruvchi  moddalar  yog‘  kislotalari  va  yogMarning  aynigan 
mahsuloti  (perckislar,  ozonidlar)  bilan ta'sirlashsa (ishqoriy komponentlar, 
og‘ir  metall  tuzlari  va  oksidlari),  u  holda yogMar asos  sifatida yaroqsizdir. 
YogMarni  oksidlanishdan  saqlash  uchun  qator  tabiiy  va  sintetik 
antioksidantlar  qoMlaniladi.  0 ‘zida  antioksidant  saqlaydigan  o'simlik 
moylari  ham  bor.  (Masalan:  tokoferollar).  Sintetik  antioksidantlardan 
butiloksianizol  (BOA)  va  butiloksitoluol  (BOT)  yuqori  faol  va  fiziologik 
zararsizdir.  lkkala  modda  ham  hayvon  yogMarini  turg'unlashtirishda 
0,02%  konsentratsiyasigacha  ishlatilishi  mumkin.  Hayvon  va  o‘simlik 
yogMarida  qancha  ko‘p  tokoferol  saqlansa,  ular  shuncha  oksidlanishga 
chidainli  boMadi.  YogMarda  ketadigan  oksidlanish proscsslari  perckis  soni 
bilan  aniqlanadi.  Pcrekis  soni  bu  pereoksidlarni  parchalash  uchun  ketgan 
yodning  protsent  miqdoridir  Yangi  cho'chqa  va  mol  yog'ining  perekis 
soni  0,03%  dan  oshmaydi.  Perekis  soni  0,1  boMishi  chegara  hisoblanadi. 
Undan  oshsa cho'chqa  va mol yog‘i buzilgan hisoblanadi.
233
www.ziyouz.com kutubxonasi


M um lar  (Cera)  -   bu  yog‘  kislotalarining  va  yuqori  spirtlarning 
murakkab  efirlaridir  Lanolin,  spermaset  va  asalari  mumi  surtma  asoslari 
tarkibida  ishlatilishi mumkin.
Lanolin  (Lanolinum).  Spirtlar,  erkin  yog‘  kislotalari  va  efirlar- 
ning  murakkab  tabiiy  aralashmalaridir.  Lanolin  sovunlanishi  natija- 
sida  taxminan  teng  miqdorda  kislota  va  spirtlar  hosil  bo'ladi.  Sovun- 
lanmaydigan  qismi  50%  ga  yaqin  miqdorni  tashkil  qiladi.  Lanolin 
tarkibida  saqlanadigan  moddalarning  umumiy  soni  70  dan  oshadi. 
Tozalangan  lanolin  -   o‘ziga  xos  hidli,  surtmaga  o'xshash  konsisten- 
siyasini  yo‘qotmay  150%  gacha  suvni  yutib  u  bilan  aralashadi.  Ayni  shu 
xossasiga  asoslanib  surtmalar  tayyorlashda  suvsiz  lanolin  (Lanolinum 
anhydricum)  ishlatib  surtma  tarkibiga  suvli  suyuqliklar  kiritilishi 
mumkin.  Haqiqiy  suvsiz  lanolin  tarkibida  suvning  miqdori  1%  dan 
oshmasiigi  kerak,  kislota  soni  1  dan  yuqori  bo‘Imasligi  kerak.  Lanolin 
spirtda  qiyin  eriydi.  Lekin  40  qismgacha  70%  spirtni  qabul  qilishi 
mumkin.  Xloroform  va  efirda  oson  eriydi.  Lanolin  tarkibi  bo'yicha  odam 
terisini  qoplab  turuvchi  yog'ga  o'xshash  moddalarga  yaqin  boMganligi 
ucbun  tcriga  yaqin  surtiladi  Teri  va  shilliq  pardani  qitiqlamaydi. 
Kimyoviy  ta'sirlarga juda chidamli.  0 ‘ta yopishqoqligi  uchun  u  har doim 
boshqa  asoslar  bilan  birga  ishlatiladi.  Agar  shifokor  tomonidan  lanolin 
yozilgan  bo'lsa  suvli  lanolin  ishlatiladi.  U  7 qism  suvsiz  lanolinga  3  qism 
suv  qo‘shib  tayyorlanadi.  Suvni  oz-ozdan  qo‘shiladi.  Suvli  lanolinda 
suvning  miqdori  30%  ni  tashkil  etadi.  Suv  hammomida  suvli  lanolinni 
eritilsa emulsiya parchalanadi.
Spcrmaset  ushlab  ko‘rganda  yog‘Ii,  qattiq,  oq,  plastinkasimon 
tuzilgan,  hidsiz  massa.  Suyuqlanish  harorati  45-54°C.  Tarkibi  bo‘yicha 
setil  spirti  (S|6N33ON)  va  palmitin  kislotaning  murakkab  efiridir.  Surt- 
ma  asosiga  qo‘shi1gan  spermaset  unga  yuqori  zichlik,  sirpanuvchanlik  va 
suvli  suyuqliklarni  o‘ziga  singdirib  dag'al  emulsiya  hosil  qiladi.  Shuning 
uchun  kold  kremlar  tarkibiga  ko‘p  yoziladi.  Qog'ozga  surtilganda 
yog‘li  dog‘  qoldirmaydi,  kislota  soni  2  dan  oshmaydi.  Spermaset  suvda 
ham,  sovuq  spirtda  ham  erimaydi.  95%  li  qaynoq  spirtda,  efirda  va 
xloroformda eriydi.
Mum  (Cera).  Asalari  mumi  -   to‘q  sariq  (Cera  flava).  65°C  haroratda 
suyuqlanadi.  Oq  mum  sariq  mumni  quyosh  yorugMigida  oqartirib 
olinadi.  Sariq  mumning  kislota  soni  17-20,5  dan  oshmaydi.  Oq  mumniki 
18,7-22,4  dan  oshmaydi.  Suv  va  spirtda  erimaydi.  Qaynoq  spirtda,  efir,
234
www.ziyouz.com kutubxonasi


xloroform,  efir  moylarida  qisman  eriydi.  Surtmaga  qattiqlik  berish,  suvli 
suyuqliklarning  shimilishini  yaxshilash  va  yopishqoqlik  berish  uchun 
ishlatiladi.  Kimyoviy  ta'sirga chidamli.
Uglevod  asoslari.  Bu  guruh  moddalariga  quyidagiiar  kiradi:  vazelin, 
petrolatum,  parafin,  serezin,  vazelin  moyi,  sun'iy  vazelin  va  naftalan 
nefti.  Vazelin  (Vaselinum).  Uglcrod  atomlar  soni  7-35  bo'lgan  suyuq, 
yarim  suyuq  va  qaltiq  uglevodorodlar  aralashmasidan  iborat.  20-50% 
mikrokristalli  izoparafinlar,  siklik  parafinlar  va  alifatik  birikmalardan, 
10%  parafinlardan  tashkil  topgan.  Vazelinning  qattiq  tarkibiy  elementlari 
chigallashib  uch 
0
‘lchamli  tur  hosil  qiladi.  Bu  tur  uglevodorodlarning 
suyuq  fraksiyasini  ushlab  turadi.  Vazelin  tashqi  ko'rinishi  gelga  o'xshash 
hidsiz,  oq  (Vaselinum  album)  yoki  sariq  (Vaselinum  flavum)  rangli 
massa.  37-50°C  da  suyuqlanadi.  Oyna  plastinkasiga  surtilganda  tekis, 
oqmaydigan  va  chatnamaydigan  plyonka  hosil  qiladi.  Oq  va  sariq  vazelin 
davolash  va  farmatscvtik  nuqtayi  nazaridan  bir  xil  qimmatga  ega.  Oq 
vazelin  bo'yovchi  moddalardan  ko'proq  tozalangan.  Vazelin  suvda 
crimaydi.  Spirtda  kam  eriydi,  efir  va  xloroformda  eriydi  va  har  qanday 
nisbatlarda  yog‘  (kanakunjut  moyidan  tashqari),  moy  va  mumlar  bilan 
aralashadi.  Vazelin  qanday  neftdan  olinganiga  qarab  har  xil  suyuqlanish 
haroratiga  cga  va  struktura-reologik  xossasi  bo'yicha  farq  qiladi.  Surtma 
asosi  sifatida  iloji  boricha  suyuqlanish  harorati  past  boigan  vazelinni 
ishlatgan  ma'qul.  Vazclin  ko‘zga  ishlatiladigan  surtmalar  tayyorlashda 
keng  qoilaniladi.  Agar  retseptda  asos  nomi  ko'rsatilmagan  boisa,  vaze- 
lin  ishlatiladi  Oddiy  vazelindan  tashqari  o‘ta  suyuq  surtmalarga  qattiqlik 
berish  uchun  vazelinning  boshqa  turi  boigan  petrolatum  ishlaliladi.  U 
qattiq  konsistensiyaga ega.  Suyuqlanish harorati  60°C dan yuqori.
Q attiq  parafin  (Parafflnum  solidum).  Ushlab  ko'rganda  moysimon, 
oq  kristalli  massa,  yuqori  molekular  to'yingan  uglevodorodlardan 
tashkil  topgan,  50-57°C  da  suyuqlanadi.  Suv  va  spirtda  erimaydi.  Efir, 
xloroform,  yog‘  va  efir  moylarida  oson  eriydi.  Asoslarning  konsis- 
tensiyasi  va  erish  haroratinj  oshirish uchun  qo'shimcha sifatida  ishlatiladi. 
Issiq  mamlakatlarda  suzadigan  kema  va  flot  dorixonalarida,  subtropik 
dorixonalarda  yilning  issiq  paytida  oddiy  asosga  10%  parafin  yoki  mum 
qo‘shiladi.
Serezin  (Ceresinum)  rafinirlangan  ozokerit  bo‘lib,  amorf,  rangsiz, 
sinuvcban  massa.  68-72°C  da  suyuqlanadi.  Yuqori  molekular  uglevodo- 
rodlar  yoki  bi-va  trisiklik  naftenlardan  tashkil  topgan.  Surtma  asoslariga
235
www.ziyouz.com kutubxonasi


parafindan  ko‘ra  yaxshiroq qattiqlik  beradi.  Kristallanmaydigan  qotishma 
hosil  qiladi.  Ba'zan  surtma  asoslari  tarkibiga  smolasizlantirilgan  ozokerit 
kiradi.  U  mumga  o'xshash  sarg‘ish  rangga  ega.  Buni  muzlatish  yo‘1i 
bilan  ajratib  olish  mumkin.  Bu  aralashma  tozalangandan  so'ng  serezinga 
o‘xshash xossaga ega bo'ladi.
Vazelin  moyi  yoki  suyuq  parafin  (Oleum  Vaselinum).  Nefitni  qayta 
ishlanganda  kcrosin  haydab  olingandan  so‘ng  qoladigan  fraksiya.  Bu 
moysimon,  rangsiz  suyuqlik  bo‘lib,  hidsiz  va  surtmasiz,  suvda  erimaydi. 
Efir,  xloroform,  o‘simlik  moylari  bilan  har  qanday  nisbatlarda  aralashadi. 
Surtma  tayyorlashda  erimaydigan  dori  moddalarini  suspendirlashda 
ishlatiladi.
Sun’iy vazelin  (Vasclini  artificiale) -  qattiq  va  suyuq  parafin,  serezin 
yoki  smolasizlantirilgan  ozokerit  va  petrolatumdan  tayyorlanadigan 
murakkab  qotishma.  Oddiy  qotishma  esa  1  qism  parafin  va  4  qism 
vazelin  moyidan  iborat.  Bu  qotishma  saqlanganda  tez  buziladi.  Serezin 
yoki  petrolatum  saqlagan qotishmalar chidamli  bo‘ladi.
Naftalan  nefti  (Naphtha  Naphthalani).  Naftalan  Ozarbayjonda 
qazib  olinadi.  Avvallari  naftalanda  neft  bilan  toMdirilgan  chuqurlarda 
bemorlar  davolanganlar  Hozir  alohida  neftli  vannaga  ega  bo'lgan 
sanatoriya  bor.  Naftalan  nefti  quyuq  sharbatga  o‘xshash  o‘ziga  xos 
hidli,  zangori  fluoressensiyaga  ega  bo'lgan  qora  rangli  suyuqlik.  Suv 
bilan  aralashmaydi.  Spirtda  kam  eriydi.  Moy,  yog‘  va  glitserin  bilan  har 
qanday  nisbatda  aralashadi.  Naftalan  nefti  dezinfcksiyalovchi  va  og‘riq 
qoldiruvchi  ta'sirga  cga.  I  va  II  darajali  kuyishni  davolashda  foyda qiladi. 
Surtma asosi  boMishi  uchun  unga  parafin yoki  vazelin qo'shilishi  kerak.
Silikonli  polim crlar.  Silikonli  yoki  poliorganosiloksanli  birikmalar -  
yuqori  molckulati  kremniy  saqlovchi  organik birikmalardir.  Ular shunday 
molekulalar  zanjirini  hosil  qilib,  o'zgaruvchi  tarmoqlardan  tashkil  topib, 
kremniy  va  kislorod  atomlaridan  tashkil  topadiki,  bularda  kremniyning 
bo'sh  valentlari  mctil,  etil,  fenil  radikallari  bilan  o‘rin  almashadi. 
Silikonli  polimerlar  chiziqsimon  yoki  to‘rsimon- tuzilishga  ega  boMishi 
mumkin.  Silikonli  polimerlar  rangsiz,  yog'simon  suyuqliklar  boMib, 
xalq  xo'jaligining  turli  tarmoqlarida  keng  koMamda  qoMlanilmoqda. 
Farmatsiya  uchun  ushbu  xomashyoning  fiziologik  bezararligi,  kimyoviy 
jihatdan  indifferentligi,  gidrofobligi,  qovushqoqligining  haroratga  bogMiq 
emasligi  muhim  ahamiyatga ega.
236
www.ziyouz.com kutubxonasi


Silikonli  surtmalar  teriga  surtilganda  qitiqlovchi,  para-allergik 
xossalarga  ega  emas.  Ular  xuddi  yogMar  kabi  kishi  terisi  orqali  issiqlik 
va  gaz  almashuvini  biroz  sekinlashtiradi.  Bu xususiyatlari  bilan  vazelinli 
va  uglcvodorodli  asoslardan  farq  qiladi.  Silikonli  suyuqliklarni  ko‘z 
uchun  ishlatiladigan  surtmalarga  qo‘shish  mumkin  emas,  chunki  ular 
ko'zga  qitiqlovchi  ta'sir  ko'rsatadi  Sanab  o‘tilgan  silikonli  suyuqliklardan 
polidictilsiloksanlar  dorivor  moddalarga  nojo‘ya  ta'sir  ko'rsatmaydi. 
Kondcnsatsiya  darajasi  «5»ga  teng  bo‘lgan  polimcr  -   «EsiIon-4»,  15  ga 
teng  bo'lgan  polimer  csa  qisqacha  «Esilon-5»  deb  ataladi.  «EsiIon-5» 
va  «Esilon-4»  surtma  asoslari  tarkibiga  kiradi.  Ular  vazelin  moyi  va 
o‘simlik  moylari  hilan  aralashadi,  vazelin,  parafin,  serezin,  hayvon  va 
o'simlik  yog'lari bilan  esa qotishma hosil  qiladi.  Ammo,  baliq  moyi,  olein 
kislotasi,  skipidar  va  metilsalitsilat  bilan  aralashishi  uchun  bu  moddalar 
kerakli  miqdorda  olinishi  kerak.  Mentol,  kamfora,  fcnol,  fenilsalitsilat, 
qoramoy  kabi  moddalar polidictilsiloksan suyuqliklarida criydi.
GIDROFIL,  EMULSION  VA ADSORBSION ASOSLAR 
NOMENKLATURASI TA’RIFI, TASNIFI  VA  QO‘LLANILISHI.
ULARGA  QO'YILADIGAN TALABLAR.
GOMOGEN  SURTMALAR  TEXNOLOGIYASI 
VA  SIFATINI  BAHOLASH  USULLARI
Bu  guruhga  kiruvchi  surtma  asoslari  surtilganda  yog‘  izini  qoldir- 
maydi.  Ular  tcrida  har  xil  tczlikda  quriydi.  Bu  kerakli  vaqt  ora!ig‘ida 
tcrida  ta'sir  etuvchi  moddani  saqlab  turadi.  Suvning  ajralib  chiqishiga 
bog'liq  boMganligi  uchun  bu  moddalar  sovituvchi  ta'sir  etadi.  Gidrofil 
asoslar  bir  qancha  dori  moddalar  bilan  osongina  aralashadi  va  ularni 
organizmning  suvli  to‘qimalariga  oson  so'rilishiga  imkon  beradi.  Fizik- 
kimyoviy  tabiatiga  ko'ra  bu  guruh  moddalari  YuMBIar eritmalari,  kolloid 
(yarim  kolloid)  gellari  va suvda erimaydigan, ammo  bo‘kadigan  moddalar 
dispcrsiyalaridir.
Sovunli  asoslar.  Sovun  ixtiol,  qoramoy kabi  dorivor  moddalar  uchun 
asos  sifatida  ishlatilishi  mumkin.  Asos  -   sovunni  suv  yoki  suv-glitserin 
aralashmasida  critib  (suv  hammomida),  yoki  stcarin  kislotasiga  potash 
yoki  kalsiyli  soda  eritmasini  ta’sir  ettirib  olinishi  mumkin.  Sovitilgandan 
so‘ng  oson  cruvchi,  har  xil  qovushqoqlikka  cga  boMgan  gidrogel  yoki 
gliserogcl  hosil  boMadi  Kaliyli  sovun  yumshoq  gcl  bcradi.  Sovunli  asos
237
www.ziyouz.com kutubxonasi


teriga  oson  so'riladi.  Ularning  yuqori  gidrotrop  xususiyati  tufayli  ular 
yog'ti  asos  bilan  yaxshi  aralashadi  va  emulsion  asos  hosil  qiladi.  Sovunli 
asoslar  ishqoriy  sharoitga  ega.  Shuning  uchun  ularni  indifferent  deb 
bo'lmaydi.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish