Texnologiyasi



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

/A
N A T R I I  
^
ARSENAS
D/iH  0  0 0 3 cyT 0 01
DMIDOPYRINUM

04
H.  0,5  cyr.1,5
GLUCOSUM
fl) 
b) 
d)
8-rasm  Shtanglas  etiketkalarining  nusxalari: 
a -  zaharli  moddalar  uchun;  b -  kuchli  ta'sir etuvchilar  va 
d -  umumiy ro'yxatdagi  moddalar uchun.
66
www.ziyouz.com kutubxonasi


preparatlari,  beladonna,  chilibuxa  va  opiy  benzoat  nastoykalari,  erkak 
paporotnik,  Belladonna  ekstraktlari,  yurak  kasalliklarida  beriladigan, 
tarkibidagi  glikozid  (adonizid,  digolen  -   neo,  lantozid  ergotal)  bo‘lgan 
yangi  galcn  preparatlari,  ayrim  gormonal  preparatlar  (adrenalin,  insulin, 
tireoidin)  hamda  ampuladagi  critmalar,  qator  tabletkalar,  astmaga  qarshi 
poroshok  va  boshqalar kiradi.
Zaharli  va  kuchli  ta'sir  ko'rsatuvchi  moddalarni  boshqa  moddalardan 
alohida  sharoitda  saqlash,  tayyorlash  va  bcrish  zarur.  Sog'liqni  saqlash 
vazirligi  tomonidan  zaharli  va  kuchli  ta'sir  ko'rsatuvchi  moddalarni juda 
ehtiyotlik  bilan  asrash  va  baxtsiz  hodisalarning  oldini  olish  maqsadida, 
ularni  dorixonadan  va  dorixona  muassasalaridan  chiqarilgan.  Bu  qarorda 
zaharli  va  kuchli  ta'sir  ko'rsatuvchi  moddalarni  boshqa  dorilardan  ajratib, 
alohida  shkaflarda  saqlash  ko‘zda  tutiladi  («A»  va  «B»  shkaflarida). 
Metalldan  yoki  yog'ochdan  ishlanadigan  «A»  shkaflning  ichki  tomonidan 
qulflanadigan  bo'limi  bo‘lishi  kcrak.  Bu  boMimda  quyidagi  zaharli 
moddalar:  Arscnit  angidrid,  natriy  arsenat,  kuchala,  sulema  va  sianid 
kislota  tuzlari  saqlanadi.  «A»  shkafl  yog'ochdan  ishlangan  bo‘lsa,  bu 
bo‘lim  tunuka  bilan  qoplanadi.  Shkafning  sirtki  tomonida  «A»  «Venena» 
degan  yozuv  bo'lishi,  eshikning  ichki  tomoniga  dori  moddalarning  bir 
martalik  va  sutkaiik  dozalari  ko'rsatilgan  ro‘yxat  yopishtirilgan  boMishi 
zarur.
Zaharli  dori  solingan  idishlar  ustidagi  yorliq  qora  fonga  oq  bo‘yoq 
bilan  yoziladi.  Bunda  bir  martalik va  sutkalik  dozalar ko'rsatilgan boMishi 
shart  «A»  shkafida  dori  tayyorlashda  ishlatiladigan  hamma  buyumlar 
masalan,  qo‘1  tarozi,  toshlar,  havoncha,  silindr,  voronka  va  boshqalar 
boMishi  kerak.  Bu  buyumlarning  har  birini  alohida-alohida  yuvish 
lozim.  «A»  shkafi  doim  qulflogMiq  turishi,  zarur  boMganda  ochib  darhol 
qulflanishi  va  ish  kuni  tugashi  bilan  shkaf,  albatta  plombalanishi  yoki 
muhrlanishi  kerak.  «A»  shkafning  kaliti,  plombasi  yoki  muhr  dorixona 
boshqaruvchisi,  uning  o'rinbosari,  boMim  mudiri  yoki  shu  ishga  dorixona 
boshqaruvchisining  buyrug‘i  bilan  maxsus  tayinlangan  xodim  qoMida 
bo'ladi.  Zaharli  dori  moddalar  saqlovchi  dori  turi  tayyorlangandan  keyin 
retseptar-kontrolyor  tomonidan  tekshirib  ko‘rib,  muhrlanadi  va  bemorga 
berilgunga qadar qulflanadigan  maxsus  shkafda  saqlanadi.
«B»  shkafda  «Heroica»  degan  yozuv  boMishi,  kuchli  ta'sir  ko‘rsa- 
tuvchi  bu  dorilar  solingan  idishlar  ustidagi  yorliqlar  oq  fon  ustiga  qizil 
harflar  bilan  yozilishi,  ularda  bir  martalik  va  sutkalik  dozalar  ko'rsatilgan
67
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘lishi  shart.  «B»  shkafi  ish  kuni  tugashi  bilan  qulflanishi  kcrak.  «A» 
va  «B»  ro‘yxatiga  kirmaydigan  prcparatlarning  nomlari  oq  fon  ustiga 
qora  harflar  bilan  yoziladi.  «A»  yoki  «B»  ro'yxatiga  kirishi  kerak  bo'lgan 
yangi  dori  moddalar  dorixona  yoki  dorixona  muassasalariga  kclishi  bilan 
«A»  va  «B»  ro‘yxatidagi  dorilar  singari  saqlanishi  lozim.  Tarkibida  «A» 
yoki  «B»  ro'yxatidagi  dori  moddalar  bo‘lgan  tayyor  dorilar  ham  «A» 
yoki  «B»  ro‘yxatidagi  dorilar  kabi  saqlanadi.  Dorixona  xodimi  shunday 
ro'yxatdagi  dori  moddalar  yozilgan  rctseptlarning  dozasini  tekshirib 
ko'rishi,  bcmorning  yoshini  aniqlashi  va  zaharli  yoki  kuchli  ta'sir 
ko‘rsatuvchi  moddaning  nomi  tagiga  qizil  qalam  bilan  chizib  qo'yish 
kerak.  «A»  yoki  «B»  ro'yxatidagi  dori  modda  DFda  ko‘rsatilgan  yuqori 
dozada  yozilgan  bo‘lsa-yu,  lckin  miqdori  so‘z  bilan  yozilmagan  yoki 
undov  bclgisi  qo'yilmagan  bo'lsa,  dorixona  xodimi  shu  dorining  dozasini 
aniqlash  uchun  shifokor  bilan  uchrashishi,  tclcfon  orqali  gaplashishi  yoki 
xat  yozib  dozani  aniqlashi  va  dorini  aniqlangan  doza  bo‘yicha tayyorlashi 
lozim.  Agar  shu  yo‘llar  bilan  dozani  aniqlash  imkoni  bo'lmasa,  u  holda 
dori  DFda  kattalar  uchun  bir  martalik  yuqori  doza  dcb  ko'rsatilgan 
(bcmorning  yoshini  hisobga  olib)  dozaning  yarmi  hisobida  tayyorlanadi. 
Zahaili  modda  saqlovchi dorilarning hammasini dorixonadan  muhrlangan 
holda  «zahar»,  «chtiyot  bo‘ling»  dcgan  ctikctka  yopishtirib,  zaharli 
moddalarning  nomlarini  koTsatgan  holda  bcrish  kcrak.  Bundan  tashqari, 
sulcma  critmasi  solingan  idish  ctikctkasida  uning  protsent  miqdori 
koTsatilishi  va  kcsishgan  bilak  suyaklar  hamda  bosh  suyak  rasmi 
yopishtirilgan  boMishi  kerak.
Dezinfeksiya  uchun  sulcma  critmasi  eozin  yoki  fuksin  bilan 
bo'yalgan  holda  bcriladi  (boshqa  suyuqliklardan  ajratishni  osonlashtirish 
maqsadida).  Zaharli  va  kuchli  ta'sir  koTsatuvchi  moddalarning  zahira- 
larini  dorixona  va  dorixona  muassasalarida  talab  qilinadigan  miqdordan 
ortiq  saqlanmaslik kcrak.
DORI  MODDALARNING  NOMLARI  VA  SINONIMLARI
DFning  X  nashriga  binoan  dori  moddalarning  nomlari  va  ularning 
sinonimlari  (ma'nodosh  nomlari)  ustida  alohida  to‘xtalib  o‘tishni  maq- 
sadga  muvofiq deb topdik.
DFning  X  nashrida  prcparatlarning  nomlari  quyidagicha berilgan.
A)  lotincha nomi;
68
www.ziyouz.com kutubxonasi


B)  lotincha  nomining aniq ruscha tarjimasi;
D)  prcparat  sinonimlan:  avval  lotincha  va  qabul  qilingan  ruscha 
sinonimlari,  so‘ngra  kimyoviy  prcparatlar  uchun  ularning Jahon  sog'liqni 
saqlash  tashkiloti  tomonidan  tavsiya  etilgan  patcntlanmagan  xalqaro 
lotincha  nomlari  kclliriladi.
Prcparatlarning  xalqaro  nomlari  lotin  tilida  bcrilib,  shartli  «*»  bilan 
bclgilangan va  ruschaga  tarjima qilinmagan.
Kimyoviy  prcparatlar uchun  qabul  qilingan  xalqaro  lotincha kimyoviy 
nomcnklatura  bilan  chiqariladigan  prcparatlar  noniini  imkoni  bo'lgan 
o'rinlarda  birlashtirish  yoki  yaqinlashtirish,  ruscha  va  lotincha  kimyoviy 
» 
nomcnklaturalarini  bir  tartibga  solish  maqsadida  DFning  X  nashridagi 
dori  moddalar  qatoriga  (nomcnklaturasiga)  birmuncha  o‘7gartirishlar 
kiritilgan.
IX  DFga  kiritilgan  nomcnklatura  prinsiplarini  rivojlantirish  maqsa- 
dida  X  DFda  sarlavhadagi  ofitsinal  nom,  Jahon  sogliqni  saqlash  tash- 
kiloti  tomonidan  tavsiya  ctilgan  prinsip  ho‘yicha  lotin  tilida  kimyoviy 
nom  asosida  berildi.  IX  DFdagi  lotincha  asosiy  nomlar  X  DFda  sinonim 
holida kcltirilib,  prcparatning asosiy  ruscha  nom  ostiga  va  chap  toiponiga 
to‘q  qora harflar  bilan  bosilgan.  Bu  sinonimlar Farmakopeya komitetining 
ko'rsatmasiga  ko'ra  DFning  kcyingi  nashri  bosilib  chiqqunga  qadar 
shifokorlar  tomonidan  rctsept  yozilganda  preparatlaming  asosiy  lotincha 
nomlari  bilan  bir  qatorda  yozila  bcrishi  mumkin.  Bu  yangi  nomenklatura 
bo'yicha  birinchi  o‘rinda  kationning  qaratqich  kclishigidagi  nomi,  so'ngra 
anionning bosh  kelishigidagi  notni  bcriladi
Odatda  kislorodli  kislota  tuzlarining  lotincha  anion  nomlari  -   «as» 
va  «is»  suffikslari,  kislorodsiz  birikmalarniki  csa  «idum»  sufikslari 
yordamida  hosil  bo‘ladi.  Masalan:  Barii  sulfas  -   bariy  sulfat;  Natrii 
nitris  -  natriy  nitrit;  Natrii  bromidum -  Natriy bromid,
Oksidlar  uchun  xalqaro  nomlar  ishlatilib:  Oxydum  -   oksid,  pcro- 
x y dum -  peroksid,  hydroxydum  -   gidroksid,  (I)-oksidIar  uchun  ilgarigi 
nomi  saqlanib  qolgan.
Farmakopcyada  alfavit  ko'rsatkichlaridan  osonlikcha  foydalanish 
hamda  sarlavhada  prcparatlar  lotincha  va  ruscha  kimyoviy  nomlarining 
bir-biriga  yaqinligini  saqlash  maqsadida,  DFning  X  nashrida  kationning 
ruscha  nom,  xuddi  xalqaro  lotincha  nomi  kabi  birinchi  o'ringa  qo'yilgan 
(kaliy  bromid,  natriy sulfat  va  boshqalar).
69
www.ziyouz.com kutubxonasi


Alfavit  ko'rsatkichda  ruscha  kimyoviy  nomlar  kation  va  anionlardan 
ham boshlangan.
DFning IX va X  nashrlarida prcparatlarning yozilishidagi  farq yanada 
tushunarli  bo'lishi  uchun quyidagi  misollarni  keltiramiz.
IX DF bo'yicha
X  DF bo'yicha
1.  Acidum ascorbinicum
Acidum ascorbinicum
Kislota askorbinovaya
Kislola askorbinovaya
Vitamin C
Vitaminum C
Vitamin  S
Vitamin S
Acidum  ascorbicim Ph.I
Acidum  ascorbicum  * 
y- lakton, 2,3-degidro-L-gluonovoy
Aethylium chloratum
kislota
Etil xlorid
Aethylii chloridum
Aethylis chloridum Ph.I.
Etil  xlorid
Etil xloristiy
Acthylium  chloratum 
Etil  xlorid
2.  Barium sulfuricum pro roentgeno
Aethylis chloridum  *
Barii  sulfas pro  roentgeno
Barii sulfas pro roentgeno
Bariya sulfat  dlya  rentgenoskopii
Bariya  sulfat  dlya  rcntgenoskopii
3.  Hydragryrum oxydatum  flavum
Barium  sulfuricum pro  roentgcno
Hydrargyri  oxydum  flavum
Hydrargyri  oxydum  flavum
Rtuti  okis jcltaya
Rtuti  okisjeltaya
Hydrargyrum praecipitatum flavum
Hydrargyri  oxydatum flavum
Rtut osadochnaya jeltaya
Hydrargyrum  praecipitatum flavum 
Rtut osadochnaya jeltaya
Dorivor  moddalarning  sinonimlarini  dorixona  xodimlari  yaxshi 
bilishlari  zarur.  Chunki,  dorixonaga  preparatlarning  sinonimlari  yozilgan 
rctseptlar  tez-tez  kelib  turadi.  Ayrim  dorixona  xodimlarining  ba'zi  dori 
sinonimlarini  bilmasligi  yoki  e'tiborsizligi  natijasida  tayyorlab  bcrish 
imkoni  bo'lgan  retseptni qaytarib yuborish  hollari  ham  uchrashi  mumkin. 
Bu  aslo  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydigan  xato,  shuning  uchun  har  bir  dorixona 
xodimi bundan  tegishli  xulosa chiqarib  olishi  kerak.
70
www.ziyouz.com kutubxonasi


RETSEPTLARDAGI  ZAHARLI  VA KUCHLI  TA’SIR 
KO‘RSATUVCHI  MODDALARNING DOZALARINI 
TEK SH IR ISH   VA  HISOBLASH
Ayrim  hollarda  retseptlarda  zaharli  va  kuchli  ta'sir  ko‘rsatuvchi 
moddalarning  dozalari  ko'rsatilmay,  umumiy  miqdorigina  yoziladi. 
Tayyor  dorini  bemorning  o‘zi  dozalarga  bo‘lib  qabul  qiladi.  Dorixona 
xodimlarining  asosiy  vazifalaridan  biri  bemor  qabul  qilayotgan  shu  doza 
o‘z  tarkibida  qancha  zaharli  va  kuchli  ta'sir ko‘rsatuvchi  modda  saqlashini 
aniqlash  hamda  hisoblab  chiqilgan  dorining  miqdori  DFda  ko'rsatilgan 
yuqori  dozadan  oshib  kctmaganligini  tekshirib  ko‘rishdir.  Bolalar  va 
qariyalarga  yozilgan  retscptdagi  dozalarni  tekshirib  ko‘rishga  alohida 
ahamiyat bcrish  lozim.
Rp. 
Morphini  composite  ide 0,1 
Aquae  purificate  10.0
M.D.S.  10 tomchidan  bir kunda 3  mahal  ichilsin.
Maxsus  tomchi  oMchagich  bilan  oMchaganimizda,  shu  retsept  bo'yicha 
tayyorlangan  10  ml  eritma  0,5  ga  teng.  Ya'ni  1  tomchining og‘irligi  0,05  g 
bo'lsa (1,0:20=0,5);  0,05x10 = 0,5.
Demak,  bemor  har  safar  10  tomchi  yoki  0,5  dori  qabul  qilar  ekan. 
Agar  0,1  morfin  gidroxlorid  10,0  suvda  erisa,  shu  tayyor  eritmaning  0,5 
grammida  qancha  toza  morfin  gidroxlorid  borligini  aniqlashimiz  kerak. 
Buning uchun:
1)  0,1:10,0=0,01,  ya’ni  1,0  critma  tarkibida  0,01  toza  morfin  gidro- 
xlorid  bor ekan.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish