Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining umumiy o’qitish metodikasi.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonlari tezkor rivojlanish dinamikasi
ta`lim tizimi oldida ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qaror
qabul qila oladigan va texnik texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli, malakali
mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo’yadi.
Shuningdek, oliy ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri
o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanish,
ta`lim jarayonining shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari asosida tashkil
etilishini ta`minlash hamda rivojlangan davlatlarning kasbiy ta`lim tajribalarini
mamlakatimiz ta`lim tizimiga tadbiq etish hisoblanadi.
7
Bugungi kunda o’qituvchi faqat bilim berish va amaliy ko’nikmani
shakllantirish bilan chegaralanmasdan o’quvchilarni mustaqil bilim olish, izlanish
va qarorlar qabul qilishga o’rgatishi kerak.
Shuning uchun pedagog turli zamonaviy o’qitish metodlaridan foydalanib
o’quvchilarni bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir.
O’qitish metodini tanlashda quyidagilar asos bo’ladi:
Dars mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari.
Bayon etiladigan o’quv materialining tavsifi.
Talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi.
O’quv jarayonining mazkur bosqichida o’rganilayotgan fan metodlari.
O’quv muassasasida o’qitish sharoitlari va moddiy-texnik ta`minlanganligi.
O’qituvchining pedagogik mahorati, uning darsga tayyorgarligi va o’quv
jarayonini tashkil etishi darajasi, dars berishning zamonaviy metod va
texnologiyalarini bilishi.
Beton uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchilarning turlari ko’pligi, ularning
xossalari va ishlatish xususiyatlarini o’rganishda bir qator muammolarni keltirib
chiqaradi. Biroq ularning umumiyligi materiallarning xossalarini material tarkib
topgan moddalarning tuzilish xususiyatlariga bog’liqligidadir. Shuning uchun fanni
o’rganishda, birinchi navbatda, materialning xossalari, tarkibi va tuzilishidagi
bog’liqligiga jiddiy e`tibor qaratish lozim. G‘ovakli to‘ldiruvchilar xomashyoga
turli usullarda ishlov berish natijasida turli tuzilishdagi va turli xossalarga ega
materiallar olinadi. Bu vaziyatda, fanni o’rganish jarayonida, ushbu ishlab
chiqarish va ishlov berish usullarini shunday o’rganish kerakki, ularning material
tuzilishi va xossasiga ta`sir etishini baholash imkoni bo’lsin. Materiallarning
xossalarini, uning tarkibi va tuzilishiga bog’liqligini va asosiy texnologik
jarayonlarini chuqur o’rganish natijasida talaba materiallar sifatini to’g’ri baholay
olishi va ulardan qurilishda samarali foydalanish sohalarini aniqlay olishi kerak.
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’qitishda birinchi navbatda
to‘ldiruvchilarning betonlar uchun ahamiyati, ajdodlarimizning boy me`morchilik
8
merosi va undan faxrlanish to’yg’usi, O’zbekistonda to‘ldiruvchilar ishlab
chiqarish tarixi va istiqboli, fanning vazifasi, uning o’rganishda interfaol
strategiyalardan va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mustaqil ish bajarish
va uni baholash mezonlari haqida tushuncha berish lozim. Shuningdek, fanni
o’rganish jarayonida uning tarbiyaviy ahamiyatiga ham e`tibor qaratish lozim.
Buning uchun qurilish sanoatidagi ulkan yutuqlar, ishlab chiqarish rivoji, bu
sohada olimlarimiz olib borayotgan izlanishlari, qurilish materiallari sohasidagi
chet el tajribasi, fan va texnika rivoji haqida misollar keltirish kerak.
Ma`ruzalarda fanning murakkab masalalari bo’yicha tushunchalar berish va
tavsiya etiladigan adabiyotlar bilan ishlash bo’yicha maslahatlar berish lozim.
Ma`ruzalar tashkil etishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish
tavsiya etiladi. Ma`ruzalar o’tishda interfaol metodlar (kichik guruhlarga
uyushtirish, klaster tuzish, “aqliy hujum”, insert jadvali, sinkveyn, davra suhbati,
bahs-munozara, muammoli vaziyat, loyiha, yo’naltiruvchi matn va b.) dan
foydalanish ta`lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi
imkoniyatlarni yaratadi.
Nazariy o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib har 20 daqiqa
davomida turli ta`lim metodlaridan foydalanib uzatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ta`lim metodlaridan bunday uyg’unlikda va ketma-ketlikda foydalanish natijasida
nafaqat ta`lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish, balki ta`lim
samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin. Ma`ruza so’nggida, albatta, 3-4
daqiqali vaqtni talabalar bilimini tekshirishga ajratish lozim. Talabalar bilimini
o’tilgan mavzu bo’yicha testlar, nazorat savollari, tarqatma materiallar, mavzu
bo’yicha ESSE yozish va sh.k. orqali baholash mumkin.
Oliy o‘quv yurti talablaridan kelib chiqib, fanni amaliy (tajribalarda,
ustaxonalarda, ekskursiyalarda, seminarlarda) mashg’ulotlarda o’rganishga
alohida e`tibor qaratmoq lozim. Bu mashg’ulotlarda nazariy darslarda va tavsiya
etilgan
adabiyotlar
asosida
mustaqil
ish
bajarishda
olingan
bilimlar
mustahkamlanadi.
9
Amaliy mashg’ulotlarda beton to‘ldiruvchilarni samarali ishlatish
masalalarini yechish metodlari bo’yicha ko’nikma va mahorat shakllanadi va
rivojlanadi. Shuningdek, mashg’ulotlarda turli masalalarni yechish bo’yicha
mustaqil yechim qabul qilish, mavzu bo’yicha mustaqil fikr yuritish, o’z fikrini
erkin bayon etish, kompetentlik kabi fazilatlar shakllanadi. Masala va misollarni
shunday tanlash kerakki, ularda minimal hisob-grafik ishlari bajarilib, metod
g’oyasini aks ettirsin. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar me`yoriy (davlat
standartlari, qurilish me`yorlari va qoidalari va b) hujjatlardan, ko’rgazmali
vositalar (tarqatma material, maketlar, plakatlar, namunalar va sh.k.) dan keng
foydalansinlar. Amaliy dars boshlanishidan oldin pedagog o’quvchilarning
tayyorgarlik darajasini tekshiradi (nazorat savollarini beradi, uy vazifalarining
bajarilishini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini
ko’rsatadi).
Fan bo’yicha o’tkaziladigan tajriba ishlariga alohida e`tibor qaratmoq lozim.
Tajriba mashg’ulotlarida talabalar nazariyani amaliyot bilan bog’lash imkoniyatiga
ega bo’ladilar, ilmiy-tekshirish ishlarini o’tkazish malakasini oladilar,
eksperimental apparatura bilan ishlash malakasini egallaydilar, kuzatuvchanlik,
aniqlik kabi xislatlari rivojlanadi. Tajriba ishlarini tashkil etishda talabalarning
mustaqil ishlashlariga e`tibor berish lozim. Ular tajriba ishlarini bajarish rejalari
bilan tanish bo’lishlari va albatta shu rejada ko’rsatilgan adabiyotlarga asosan
unga tayyorgarlik ko’rishlari lozim. Tajriba ishlari samaradorligini oshirish uchun
har bir ishga metodik ko’rsatmalar tayyorlash va unda ish bajarish uchun zarur
bo’lgan materiallar va asbob-uskunalar, qisqacha ish bajarish tartibi, asbob-
uskunalar sxemalari va rasmlari va sh.k. bayon etilishi va bajarilgan ishlar
natijalarini kiritish uchun ishchi daftar (metodika ta`rifi, hisob usullari, xulosalar
va b.) yuritilishi tavsiya etiladi.
Har bir tajriba ishni bajarishdan oldin pedagog o’quvchilarni nazariy
tayyorgarlik darajasini tekshiradi, ishni bajarish metodikasini aniqlashtiradi,
so’ngra ishning bajarilishini nazorat qiladi, maslahatlar beradi va har bir
o’quvchining ishini baholaydi.
10
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’zlashtirishda ilg’or qurilish
ob`ektlari va to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil
etish katta ahamiyatga ega. Ekskursiya jarayonida talabalar to‘ldiruvchilar ishlab
chiqarish texnologiyalari va ularni real ob`ektlarda betonlar uchun qo’llash, sifat
nazorati, mehnat muhofazasi bilan tanishadilar. Har bir ekskursiyadan oldin
o’qituvchi talabalarni ekskursiya ob`ekti bilan tanishtiradi va undan ko’zlangan
maqsadni tushuntiradi. Ekskursiya o’tkazilgandan so’ng o’quvchilar o’rtasida
so’rovnoma o’tkazadi, hisobotlarini tahlil etadi va savollarga javob beradi.
Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar
turli to‘ldiruvchilar bilan tanishadilar, ularning xomashyosi, ishlab chiqarish
texnologiyasi, xossalari, qo’llash sohalarini o’rganadilar. Bu ish talabalardan
ko’plab ma`lumotlarni eslab qolishlarini talab etadi. Amaliyotdagi oddiy qoida shu
xaqda guvohlik beradiki, yangi bilimlar berishni nazariy darsning 20 daqiqasida
amalga oshirish, keyin esa bahs-munozara,, kichik guruhlarda ishlash va boshqa
shu kabi interfaol metodlarni amalga oshirib, ta`lim oluvchilarning bilimlarini
mustahkamlash mumkin. Shuningdek, mashg’ulotlarda o’qitishning texnik
vositalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Talabalarning mustaqil ishlarni bajarishlarini (kurs ishi va b.) muntazam
nazorat qilish ularning fanni o’zlashtirishlarini muhim metodik elementidir.
Nazoratning so’ngi bosqichi yakuniy nazoratdir. Pedagoglar yakuniy nazorat
qanday tartibda o’tkazilishi (og’zaki yoki yozma), savolnomalarni oldindan
ma`lum qilish tavsiya etiladi.
11
To’ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sun’iy
materiallar bo’lib, bog‘lovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton xosil
qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % ni
tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash,
ularni me’ërida ishlab chiqarish va qo‘llash xalk xo’jaligida katta ahamiyatga ega.
Betonning asosiy bog‘lovchi faol qismi bu - sement. Bog‘lovchi suv bilan
aralashib xamir xosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga o’tishi va betonga
aylanish xususiyati ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |