Texnologiyasi


Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish 
            Agar  mavjud  qum  koni  donadorlik  tarkibiga  ko‘ra  yoki  xavfli 
qo‘shimchalar miqdoriga ko‘ra standart talablariga to‘g‘ri kelmasa va sifatli qumni 
olib  kelish  katta  sarf  xarajatlarni  talab  etsa,  u  xolda  qumni  boyitish  iqtisodiy 
samara beradi.  
Qumni  boyitish  bu  5mm  dan  yirik  donalarni  olib  tashlash,  changsimon  va 
gilsimon    zarralarni  yuvib  tozalash  va  donadorlik  tarkibini  yaxshilashdan  iborat. 
Qumdan  changsimon  gilsimon  va  loyqa  qo‘shimchalarni    yo‘qotish  uchun  turli 
konstruksiyali qum yuvgichlar va klassifikatorlar ishlatiladi. 
 
 
 
Rasm 2.5. Spiralsimon klassifikatorning sxemasi: 
1- qumni ortish; 2- ifloslangan suvni to‘kish; 3- aylanuvchi spiral; 4- suvni 
uzatish; 5- yuvib tozalangan qumni bo‘shatish. 
 


63 
 
  
Rasm 2.6.Qum yuvish apparati: 
1-  suvni  uzatish;  2-yuvilgan  qumni  bo‘shatish;  3-  xalqali  elevator;4-
konussimon baraban; 5-qumni ortish; 6-ifloslangan suvni to‘kish. 
  
Bunday 2ta mashinaning sxemasi rasm.2.5 va rasm.2.5 da keltirilgan. Qumni 
suvda yuvish uni suvli muxitda aralashtirishni va  tozalashdan iborat bo‘lib, bunda 
qum  donasi  sirtini  qoplab  turgan  gilli  qo‘shimchalar  va  parda  suv  bilan  birikib 
changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo‘shishda oqiziladi.  
Qum  yuvgichlar  shu  taxlidda  ishlaydi.  Tabiiy  qum-shag‘alli  aralashmadan 
qumni  navlarga  ajratishda  elaklar  qo‘llaniladi  va  bu  elaklarning  o‘zida  qumlar 
yuviladi  va  ifloslangan  suv  chiqarilib  yuboriladi.  Biroq  bunda  yuvishlari  
ishlarining  sifati  maxsus  qumyuvgichlar  ishlatganga  nisbatan    pastroq.  Qumni 
yuvgandan  so‘ng  uni  qayta  qayta  quritish  shart  bo‘lib,  bu  ayniqsa  qishki 
mavsumda texnologik jarayonni murakkablashtiradi.  
SHu  sababli  qumni  quruq usullarga boyitishga xam  e’tibor beriladi,  masalan 
xavoga  uloqtirilgan  qumni  xavo  oqimida  tozalash.  Bunday  usulda  tabiiy  qum 
donasi sirtidagi gil pardasini yo‘qotib bo‘lmaydi, biroq tosh maydalash chiqindilari  
asosidagi  va  maydalangan  qum  tarkibida  mavjud  chang  bo‘laklariniolib  tashlash 
mumkin.  Qumni  boyitishdan  asosiy  maqsad  qumning  talab  etilgan  donadorlik 
tarkibini ta’minlash xisoblanadi. Respublikamizning ko‘pgina tumanlarida mavjud 
konlardagi qum o‘ta maydadir. Ularni betonda qo‘llagan sement sarfini 20-30% va 


64 
 
ba’zan  50%gacha  oshiradi.  Bunday  qumlarni  tashib  keltiruvchi  tabiiy  qum  yoki 
maydalangan qum qo‘shib boyitish maqsadga muvofiq. 
          O‘zRST  728-96  bo‘yicha  mayda  tabiiy  qumni  boyitishda  yirik 
fraksiyalar sifatida maydalangan qum ko‘pincha maydalash chiqindilari ishlatiladi. 
Noruda  materiallar sanoatida istiqbolli  yo‘nalishlardan biri bu qumni  fraksiyalash 
bo‘lib, qumni dona yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish xisoblanadi.  
Keyinchalik beton tayyorlashda fraksiyalarni aloxida – aloxida miqdorlashda 
tayyorlangan qorishma qum tarkibini doimiyligini ta’minlaydi. Bunday ishlarning 
bajarilishi  standartda  ko‘zda  tutilgan.  Qumni  fraksiyalashning  zarurligi  shundan 
iboratki, ko‘pgina qum  pechlaridagi  qum  donadorlik tarkibi bo‘yicha  bir  jinsliligi 
etarli  emas.  Ba’zida  agar  qumning  donadorlik  tarkibi  standart  talablariga  javob 
bersa xamki, ular bir jinsli bo‘lmasligi mumkin. Masalan 0.63mm li elakda qolgan 
to‘la  qoldiq  20dan  70%  gacha  bo‘lishi  mumkin,  bunday  qum  yirikligi  bo‘yicha 
turli  guruxlarga  mansub  bo‘lishi  mumkin,  kam  miqdorda  bo‘shliqligi  va 
solishtirma  yuzasi  bilan  fraksiyalanadi.  Beton  tayyorlashda  esa  sementning 
qo‘shimcha saralanishiga olib keladi.  
            Qumni fraksiyalashda qum ikkita mayda va yirik fraksiyaga ajratiladi, 
bunda  nazorta  elaklar  1.25  yoki  0.63mm  ga  mos  keluvchi  donalarga  bo‘linadi. 
SHunday  qilib  yirikligi  0-5mm  li  oddiy  qum  o‘rniga  istemolchi  talabiga  ko‘ra 
aloxida  yirik  qum  (1.25-5  yoki  0.63-5mm)  va  mayda  qum  (1.25  yoki  0.63mm 
gacha)  ishlab  chiqarish  mumkin.    Konlarda  qumni  fraksiyalashda  mayda  va  yirik 
fraksiyali qumlarning chiqishi tabiiy bo‘lib, u etarli chegarada o‘zgarishi mumkin, 
chunki qum kelib chiqishida bir jinsli bo‘lmaydi.  
Biroq  beton  tayyorlashda  0.63mm  dan  kichik  fraksiyali  qumni  0.63-5mm  li 
fraksiyali  qumga  aralashtirganda  masalan,  1:1  proporsiyada  (massa  bo‘yicha), 
xosil bo‘lgan aralashma bir jinsli bo‘ladi. SHunday qilib qumni fraksiyalash beton 
sifatini  oshiradi  va  sement  sarfini  kamaytiradi.  Biroq  2ta  muammo  mavjud: 
birinchi  fraksiyalash  texnologiyasini  tanlash;  ikkinchi  2ta  fraksiyadagi  bo‘lingan 
qumdan  foydalanishning  samarali  sharoitini  ta’minlash.  Biroq  ko‘pgina  beton  va 
temir beton konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonalarida, beton qorish sexlarida 


65 
 
qumning  ikki  fraksiyasini  miqdorlash,  qabul  qilish  va  omborga  joylash  kabi 
sharoitlar yaratilmagan.  
Amaliy  jixatdan  fraksiyalangan  qumni  talab  etilgan  nisbatdagi  va  donadorli 
tarkibdagi fraksiyali aralashma shaklida etkazish mumkin. Biroq buni bajarish o‘ta 
qiyin . agar qumni 2ta fraksiyaga bo‘lish oson kechmas ekan, demak ular asosida 
bir  jinsli  aralashma  qurilmalari  talab  etiladi  va  qumning  tannarxi  oshadi.  SHu 
sababli korxonalarda beton ishlab chiqarishning eng to‘g‘ri yo‘li bu qumning ikki 
fraksiyasini  ishlatish  va  omborga  aloxida  saqlash,  so‘ngra  beton  qorishmasi 
tayyorlashda ularni bonus komponentlar bilan birga aralashtirish. Bu asosan yangi 
korxonalarni  loyixalashda  va  qurishda,  xamda  mavjudlarini  qayta  tamirlashda 
nazarda tutiladi.  
Ko‘p fraksiyali qum aralashmasi to‘kish jarayonida  bunkerlardan tushirishda 
shtabellar  yoki  konuslardan  bo‘shatganda,  lenta  konveyrlarda  uzatishda 
qavatlanish  yuzaga  keladi,  donalar  yirikligi  bo‘yicha  ajralib  qoladi,  natijada  
donadorlik  tarkibini  optimallashtirishda  qiyinchilik  yuzaga  keladi.  SHu  sababli 
qumlarning  fraksiyalash  va  istemolchi  talabiga  ko‘ra  bo‘lgan  xolda  etkazish 
maqsadga muvofiqdir. 
Qumni  ishlab  chiqarish  sharoitida  boyitish,  fraksiyalash  gidravlik 
klassifikatsiyalashda 
bajariladi. 
Donadorli 
materiallarni 
gidravlik 
klassifikatsiyalash  standartda  keltirilgan  bo‘lib,  turli  zichlikdagi  va  yiriklikdagi 
donalarni suvli muhitda turli tezlikda cho‘ktirish bilan aniqlanadi. 
Qum  donalari  zichligi  deyarli  bir  xil  bo‘lib,  gidravlik  klassifikatsiyalashda 
qumni donador yirikligi bo‘yicha ajratish imkonini beradi. 
Turli  gidravlik  klassifikatsiyalar  mavjud:  gravitatsion  (turli  og‘irlik  kuchi 
hisobiga  donalarning  ajratilishi  sodir  bo‘ladi)  va  markazdan  qochma  (oqimning 
aylanishi  hisobiga  markazdan  qochma  tezlashtirgich  ta’sirida  ajratish  intensivligi 
oshiriladi). 
Gidromexanizatsiyalashgan 
konlarda 
qo‘llanilayotgan 
gidravlik 
klassifikatorlarning sxemasi rasm-2.7 da ko‘rsatilgan. 


66 
 
 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish