Texnologiyasi


-§. YOg‘och  chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

5-§. YOg‘och  chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar 
Hozirgi  vaqtda  yohoch  chiqindilaridan  yog‘och  tolali  va  yog‘och  qipiqli 
plitalar  va  boshqa  qurilish  materiallari  olishda,  qog‘oz-sellyuloza,  gidroliz 
sanoatida keng foydalaniladi. 
YOg‘och  chiqindilaridan  tashqari  boshqa  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari 
chiqindilari  (g‘o‘zapoya,  sholipoya,  zig‘irpoya  va  boshqalar)  dan  to‘ldiruvchi 
sifatida betonda qo‘llash mumkin. 


113 
 
Bunday  betonlardan  biri  bu 
arbolit
  bo‘lib,  unda  to‘ldiruvchi  sifatida 
maydalangan 
yog‘och  chiqindilari  ishlatiladi.  Arbolit  sement  organik 
to‘ldirgichlar,  kimyoviy  qo‘shimchalar  va  suv  aralashmasidan  tayyorlanadi. 
Organik  to‘ldiruvchilar  sifatida  yog‘och  navlarning  maydalangan  chiqindilaridan, 
maydalangan  qamish,  kanop  yoki  zig‘ir  o‘zagi  va  shu  kabilardan  foydalaniladi. 
Arbolitdan buyumlar tayyorlash texnologiyasi juda oddiy va organik to‘ldirgichlar 
tayyorlash operatsiyalarini, masalan, yog‘och navlarining chiqindilarini maydalash 
(maydalangan  yog‘och  uzunligi  40mm  gacha,  eni  va  qalinligi  2-5  mm  bo‘lgan 
bo‘laklardan  iborat  bo‘ladi.),  to‘ldirgichni  sement  qorishmasi  bilan  aralashtirish, 
hosil  bo‘lgan  aralashmani  qoliplarga  quyish  va  uni  zichlash,  qoliplangan 
buyumlarni  qotirishni  o‘z  ichiga  oladi.  Arbolit  zichligining  uncha  yuqori 
bo‘lmasligi  bilan  xususiyatlanadi  -    zichligi  600-700  kg/m

dan  kam,  siqilishda 
mustahkamligi chegarasi 2,5-3,5 MPa  va  issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,18Vt/(m·
0
S). 
U  qator  qimmatbaho  qurilish  xususiyatlariga  ega:  biochidamli,  qiyin  yonadi, 
sovuqqa  chidamli,  yaxshi  arralanadi  va  parmalanadi.  Arbolitdan  plitalar  va 
panellar  ko‘rinishida  qilingan  buyumlar  osma  va  o‘zi  ko‘tarib  turadigan  devorlar 
va  to‘siqlarni  qurish  uchun  shuningdek  asosan  turli  maqsadlarga  mo‘ljallangan 
qishloq binolarining ora yopmalari va yopmalarida ishlatiladi.  
Fibrolit  plitalar
  yog‘och  juni  va  sement  xamiridan  iborat  massani  presslash 
usulida  bajariladi.  YOg‘och  juni    uskunalarida  yog‘och  chiqindilaridan 
tayyorlanadi. U  uzunligi 400-500 va eni 4-7 mm  yupqa lentalar ko‘rinishiga ega. 
Sementli  fibrolitda    yog‘och  juni  armatura  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Fibrolit  plitalarni 
ishlab  chiqarish  jarayoni  murakkab  emas  va  qo‘yidagi  bosqichlardan  iborat: 
portlandsementni  suvda  qorish,  sement  xamirini  yog‘och  juni  bilan  aralashtirish  , 
massani qoliplarda presslash, kameralarda  plitalarni bug‘latish, opalubkasini olish 
va  plitalarni  quritish  va  hokazo.  Fibrolit  plitalarning  uzunligi  2400  va  3000,  eni 
600  va  1200  hamda  qalinligi  30-150  mm  .  Zichligi  bo‘yicha  fibrolit  plitalar  250 
dan  500  kg/m
3
  gacha  markalarga  bo‘linadi,  bunda  egilishdagi  mustahkamlik 
chegarasi  tegishlicha  0,15  dan  1,8  MPa  gacha,  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  0,08  dan 


114 
 
0,1 Vt /(m

0
S) gacha. Sement-fibrolit plitalardan pardevorlar qilish uchun, devorlar 
va chordoq orayopmalarini isitish uchun foydalaniladi. 
 SHu  bilan  birga  qipiqli  betonlar  ham  qurilishda  keng  ishlatiladi,  bunda 
to‘ldiruvchi  sifatida  yog‘och  qipiqlari  va  ba’zan  tabiiy  qum  aralashmasi 
qo‘llaniladi. Zig‘irpoya asosidagi beton ham keng ishlatiladi. 
YUqorida keltirilgan barcha turdagi mineral to‘ldiruvchilardan farqli o‘laroq, 
yog‘och  chiqindilari  va  boshqa  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlash 
chiqindilari organik to‘ldiruvchilar hisoblanadi. 
Bunday  to‘ldiruvchilarni  sementli  betonda  qo‘llashda  sementning  qotishi  va 
gidrotatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish zarur. 
Ular  tarkibidagi  vaqt  o‘tishi  bilan  yuzaga  keluvchi  organik  kislotalar  va 
qandli  moddalar  betonning  qotishini  sekinlashtiradi,  sement  toshini  emirilishiga 
olib keladi. 
SHu sababli bunday to‘ldiruvchilarni qo‘llashdan oldin maxsus qayta ishlash 
kerak.  Ayniqsa  yog‘och  chiqindilarini  suvga  solish,  ohakda  ekstrakt  moddalarni 
neytrallash, kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘llash yaxshi samara beradi. 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish