Texnologiyasi



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/163
Sana21.01.2022
Hajmi3,98 Mb.
#397305
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
fayl 1473 20210817

 
3-§. Yoqilg‘i shlaklari. 
Eski  chiqindi  omborlaridan  olinadigan  shlaklarni  maydalash  va  saralash 
natijasida  beton  uchun  yaroqli  chaqiq  tosh  ishlab  chiqariladi.  CHiqindi 
omborlaridagi  shlaklarning  tarkibi  va  fizik,  mexanik  xususiyatlari  bo‘yicha  bir 


110 
 
jinsli  emas.  Ularning  sovish  darajasiga  qarab  kristallanishi  turlicha  kechadi. 
Mustahkamligi va g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. SHu sababli tanlagan holda eski 
chiqindi omborlarini ochish va olingan chaqiq toshni boyitish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
Toshko‘mir,  antratsit  va  boshqa  qattiq  yoqilg‘ilarni  yoqishdan  so‘ng  shlak 
qoladi.  Ularda  qazib  olingan  ko‘mirlar  tarkibida  uchraydigan  qo‘shimchalar  va 
jinslar, minerallar mavjud bo‘ladi. 
SHlaklar  bo‘lakli  yoqilg‘ini  va  maydalangan,  changsimon  yoqilg‘ilarni 
yoqishda olinganligi bilan farqlanadi. 
Bo‘lakli  yoqilg‘ilarni  yoqishda  olingan  shlaklar. 
Pechlarning  kolosnikli 
panjarasida bo‘lakli yoqilg‘ilarni qavatlar bo‘yicha yoqishda shlak hosil bo‘ladi, u 
notekis  shakldagi  bo‘laklar  holatida,  qora,  to‘q-kulrang  va  ba’zan  kulrang 
ranglarda 50mm gacha bo‘lgan yiriklikda bo‘ladi. 
CHiqayotgan  shlak  yoqilgan  yoqilg‘ining  10%  va  undan  ortiq  massasini 
tashkil  etadi.  Ko‘p  joylarda  yoqilg‘i  shlaklari  ishlatish  uchun  etarli  miqdorda 
yig‘iladi. 
Tarkibi  bo‘yicha  yoqilg‘i  shlaklari  bir  jinsli  bo‘lmaydi.  SHlak  tarkibini 
yonmagan  yoki  to‘liq  yonmagan  yoqilg‘i,  gilli  qo‘shimchalar  tashkil  etadi.  SHu 
sababli bunday shlaklar hamma vaqt ham mustahkam va chidamli bo‘lavermaydi. 
Bu nuqtai nazardan antratsitni yoqishdan olingan shlak yaxshi hisoblanadi. 
YOqilg‘i  shlaklarining  uyilma  zichligi  -1000  kg/m
3
  gacha  va  dona  zichligi 
1,5- 2 g/sm
3
 ni tashkil etadi. 
YOqilg‘i  shlaklari  to‘ldiruvchi  sifatida  turli  konstruksiyalar  uchun 
mo‘ljallangan  betonlarda  ishlatiladi:  shlakobetonli  devor  bloklarida,  kamqavatli 
monolit devorlarda, gipsobetonli pardevorlarda, plitalarda va boshqalarda. 
Yoqilg‘i  shlaklarini  qo‘llash  chegaralangan  arzon  mahalliy  material  sifatida 
ishlatish mumkin. 
Betonlarda  ishlatiladigan  shlakning  tarkibida  erkin  kalsiy  yoki  magniy 
oksidlari  bo‘lmasligi  kerak.  YOnmagan  yoqilg‘i  miqdori  5-10%  dan  oshmasligi 
kerak( faqat antratsit shlaklarida ko‘p bo‘lishiga standartda ko‘zda tutilgan). 


111 
 
SHlak  tarkibida  oltingugurt  bog‘lanishlar  sement  toshi  va  armaturalarda 
emirilishni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha shlak nurashga layoqatli bo‘ladi. 
Maxsus  chuqurlarga  ko‘milgan  shlaklar  eng  kamida  bir  yil  turishi  kerak  va 
so‘ngra  betonda  qo‘llash  mumkin.  Olingan  shlak  mayda  fraksiyalari  bo‘yicha 
boyitiladi,  bunda  yoqilg‘i  qoldiqlari  va  boshqa  zararli  qo‘shimchalardan  halos 
etiladi. 
CHangsimon 
yoqilg‘ilarni 
yoqishda 
olingan 
shlaklar. 
Issiqlik 
elektrostansiyasi pechlarida tuyilgan ko‘mirlar yoqiladi. Bunda kul bilan birgalikda 
bo‘lakli shlak(chiqindilarning umumiy hajmining 5-20% dan iborat) hosil bo‘ladi. 
CHangsimon ko‘mirni yoqishda chiqadigan shlak bo‘lakli ko‘mirni yoqishda 
chiqadigan  shlakdan  keskin  farq  qiladi.  Ular  kuygan  va  erigan  kulning  o‘ta  engil 
eruvchan qismini tashkil etadi. 
Ko‘p holatlarda kichik g‘ovakli shishasimon strukturali, zichligi 1,6 g/sm
3
 dan 
katta  donalardan  iborat  bo‘ladi.  Toshko‘mir  va  past  navli  ko‘mirni  aralashtirib 
yoqganda yacheykali strukturaga ega, dona zichligi 0,5 -1,5 g/sm
3
 bo‘lgan g‘ovak 
shlaklar hosil bo‘ladi. Issiqlik elektrostansiyasi pechlaridan chiqadigan shlaklardan 
mustahkamligi 5-50 MPa bo‘lgan betonlar olish mumkin. 
O‘zRST  690-96  “Betonbop  issiqlik  elektrostansiya  kul-toshqol  aralashmasi” 
ga  ko‘ra  beton  va  yoqilg‘i  turidan  kelib  chiqib  shlaklar  tarkibida  to‘la  yonmagan 
qo‘shimchalar miqdori (qizdirishda massa yo‘qotilishi asosida aniqlanganda) 3-7% 
dan  oshmasligi  kerak.  Bundan  tashqari  sovuqqa  chidamliligi,  silikat  nurashga 
bardoshliligi  ham  tajribada  sinaladi.  SHlak  tarkibida  oltingugurt  va  oltinugurt 
bog‘lamalari, erkin kalsiy oksidi ham chegaralanadi. 
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish