2-§.
Vulqon chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar.
Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan
jinslardan tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari pemzalar, shlaklar,tuflar, g‘ovak
bazalt, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, ya’ni magmaning
ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning er ostidan chiqishida
bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar
pufakchalar holatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning sovishida
qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo‘lgan tolasimon g‘ovak
jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi.
Tabiatda pemza qum, chaqiq tosh yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatida
uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish karerlarni qayta
ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy
tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi va
tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi.
Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli aylanadan
yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi 85% ga etadi.
Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100kg/m
3
ni, chaqiq toshniki esa 400-
900kg/m
3
ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm
3
ni tashkil qiladi.
Pemzaning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni tashkil etadi.
Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining zichligiga
100
bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi
(
ya’ni
g‘ovakli materialning mustahkamligi zichligiga proporsional) :
R=Ap
n
bu erda:
A
=1 (mazkur materialning parametri);
yacheykali tuzilishga ega materialning daraja ko‘rsatkichi
n
=2
ga.
Nisbatan mustahkam va og‘ir, shu bilan birga kichik g‘ovaklikdagi pemzalar
(ularni litoidlar yoki toshsimon deyiladi) engil konstruksion betonlar olishda
ishlatiladi. Bunday yuqori samarali betonlardan turli xil konstruksiyalar, ya’ni tom
yopma plitalari, ko‘priklar, gidrotexnika inshootlari ishlab chiqariladi.
Vulqon shlaklari. Vulqon shlaki konlari O‘zbekistonning turli rayonlarida
uchraydi. Vulqon shlaki suyuq magmani asosiy tarkibining jo‘shib havoga otilib
chiqib, qotishi natijasida yuzaga keladi. Vulqon shlaki asosidagi qum va chaqiq
tosh yirik toshlarni qisman maydalash va saralash (fraksiyalash) natijasida olinadi.
Vulqon shlakining tashqi ko‘rinishi yoqilg‘i shlaki kabi bo‘lib, to‘q qizg‘ishdan
qora ranggacha bo‘ladi. Strukturasi yirik g‘ovakli. Vulqon shlaki chaqiq toshining
uylma zichligi 400-850 kg/m
3
, qumniki 650-1300kg/m
3
. Vulqon shlaki
to‘ldiruvchi sifatida turli vazifani bajaruvchi engil betonlarda ishlatiladi.
Tuflar va lava tuflari. Vulqon tuflari, bu mayda g‘ovakli jinslar bo‘lib,
vulqon kullarining turli darajadagi zichlanishi va qizib birikishi natijasida yuzaga
keladi. Lava tuflari esa bu tezda qotgan g‘ovaklangan lava bo‘lib, unda vulqon
changi va qumlari mavjud bo‘ladi. Tuflar va lava tuflari asosida tosh devorlar va
yirik bloklar ishlab chiqariladi. Tosh kesish mashinalarida qayta ishlangan,
konlarda chiqqan sanoat chiqindilari (ishlanayotgan toshning 50% dan ko‘p hajmi
chiqindiga aylanadi) ni maydalash va navlarga ajratishda engil betonlar uchun
yaroqli bo‘lgan, uyilma zichligi 600-800 kg/m
3
g‘ovak chaqiq tosh va uyilma
zichligi 700-1000 kg/m
3
bo‘lgan g‘ovak qum olinadi. Tuflar donador strukturaga
ega. Lava tuflari esa aralash strukturaga ega bo‘lib, ba’zan yacheykali strukturaga
ega bo‘ladi, ular mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat
parabola formulasi bilan baholanadi:
101
R=Ap
n
bu erda:
A
=1;
lava tuflari uchun
n
=3, tuf uchun
n
=4 va undan yuqori
SHu sababli bir xil zichlikdagi lava tuflari, tuflarga nisbatan mustahkam,
lekin pemzaga nisbatan mustahkamligi pastroqdir. Tuflarning bir qancha
turlarining suvga chidamligi va sovuqqa chidamligi etarli bo‘lmaydi, bu uning
strukturasidagi donalarni bog‘lanishini sustligi bilan ifodalanadi.
Bunday tuflar betonda qo‘llanilmaydi, biroq yuqori samarali sun’iy g‘ovak
to‘ldiruvchi olish uchun xomashyo sifatida ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |