Gazlamalarni qirqish.
To`qimachilik sanoatida ishlatiladigan materiallarning xususiyati va tuzilishi (strukturasi) va
tikiladigan kiyimlar assotimenti turli-tumandir. Shuning uchun gazlamalarni bichish usullari ham
xilma-xildir.
Gazlamalarni bichishning ikki xil usuli: gazlamani universal asbobda va maxsus asbobda
bichish usullari bor.
31
Gazlamalarni universal usulda bichishda xilma-xil qaychilar va arralar ishlatiladi. Bundan
tashqari universal usulda qirqishda EZM-2, EZDM-1, EZDM-2, OM-2, OM-3, Vyengriya "Pan-
noniya" firmasining Ss-529, Ss-530 markali vertikal va disk pichoqli ko`chma bichish mashinalari
ishlatiladi. Bu mashinalar to`shamani alohida qismlarga (sektsiyalarga) bo`lish, shuningdek alohida
detallarni qirqish uchun ishlatiladi.
Vertikal pichoqli EZM-2, Cs-529, Cs-530 markali ko`chma bichish mashinalarining qirqish
organi kengligi 20-22 mm., qalinligi 1-1,5 mm.li po`lat pichoqdir. Pichoqning charxlangan tig`ining
burchagi 15-20
0
, o`rtacha tezligi 3 m/s. Bu mashinalar bandligi 150-180 mm. gacha bo`lgan
to`shamalarni kesishga qodir. Hozir vertikal pichoqli ko`chma bichish mashinalarini takomil-
lashtirish ustida ish olib borilmokda. Buning uchun elektr dvigatel podshipniklari avtomatik moy-
lanadigan, mashina mexanizmlari gazlama changidan, tolalardan, iplardan mexanik yo’l bilan toza-
lanadigan qilinmoqda, pichoq tig`ini charxlash va qirovini to`kishni avtomatlashtirilmoqda.
Pichoqning xizmat muddatini oshirish uchun ko`rinishi har xil qilinmoqda. Masalan, juda
dag`al materiallarni kesish uchun dami silliq pichoqlar, maxsus kiyimlar, qalin gazlamalarni va
dag`al sun`iy charmni qirqish uchun dami arrasimon, serpardoz va sintetik tolali gazlamalarni
qirqish uchun dami to`lqinsimon pichoqlar ishlatish tavsiya etilmoqda.
Disk pichoqli EZDM-1, EZDM-2, OM-2, OM-3 mashinalarning qirqish organi diametri
120-150 mm., qalinligi 1,5 mm. li disk pichoqdir. Disk pichoq charxlangan tig`ining burchagi 15-
20
0
. U soat strelkasiga qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Tezligi 9-10 m/s. Bu mashinalar
to`shamani alohida qismlarga (seksiyalarga) bo`lishda va shakllari murrakab bo`lmagan detallarni
qirqishda ishlatiladi. Bunday mashinalardan ich kiyimlik va ko`ylaklik ip gazlamalarni, ipak, yupqa
jun va yarimjun gazlamalarni, shuningdek astarlik gazlamalarni bichishda foydalaniladi. Bunda
to`shamaning balandligi 5-7 sm.dan ortmasligi kerak. Chet davlatlarda ko`pburchak shaklidagi
pichoqli mashinalar ham mavjud.
Lenta pichoqli ZLSHV, RL-3A, RL-3B, RL-4, RL-6 markali statsionar mashinalar ma`lum
o`lchamdagi to`plama sektsiyalaridan mayda detallarni va murakkab shaklli detallarni uzil kesil
qirqib olish uchun ishlatiladi. Ular ikki va to`rt shkivli bo`ladi. Hozirgi vaqtda ko`pincha to`rt
shkivli mashinalar ishlab chiqarilmaoqda. Bu mashinalarning qirqish organi shkivlarga tortilgan bir
tomoni charxlangan eni 20 mm.ga yaqin, qalinligi 0,4-0,7 mm. po`lat lentadan iborat. Lenta pich-
oqning harakat tezligi shkivlar diametriga va ularning aylanish tezligiga bog`liq bo`ladi. Lenta
pichoqning tezligi 20 m/sek. bo`lib, lentaning charxlangan tig`i 15-20
0
burchakli, shkivlarning dia-
metri 1000 mm. Bu mashinalar balandligi 250 mm. gacha bo`lgan to`shamalarni bichadi.
Lenta pichoqli mashinalarning ko`pchiligida pichoq tig`ini avtomatik charxlaydigan mosla-
ma, mashina mexanizmiga ip yoki charx gardi tushishiga yo`l quymaydigan g`ilof, shuningdek, ish-
chi qo`lini jarohatlanishdan saqlaydigan, bosimni tez o`zgartiradigan moslamalar bo`ladi.
32
Lentali mashinaning pichog`i qizib ketishi natijasida bichilayotgan sintetik materiallar eriy
boshlashi mumkin. Bunga yo`l quymaslik uchun mashinalar tezligini o`zgartiradigan moslama
o`rnatilgan. Pichoq bilan gazlama orasida hosil bo`ladigan ishqalanish kuchini kamaytirish uchun
pichoq kerosin va mashina moyi aralash suyuqlik yordamida moylanib turiladi. Pichoq yuqoridan
pastga qarab harakatlanadi.
Bundan tashqari bichish sexida AQSH "Gerber" firmasining S-91 avtomatik bichish siste-
masini qo`llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |