25
Yaponiyaning "Kominami" firmasining VK-50L mashinasi gazlamalarning uzunligi
va enini
o`lchaydi, sifatini tekshiradi va avtomatik tarzda to`pning pasportini yozib chiqaradi. Bu operasiya-
larni bajaruvchi Frantsiyada chiqarilgan "Alpis" mashinasi ham mavjud.
Sifati tekshirilayotgan gazlamalarda nuqson topilsa, gazlamaning yuz tomoniga bo`r yoki
sovun bilan belgilanadi va milkiga rangli iplar yoki yopishqoq lenta bilan "signal" biriktirib
qo`yiladi. Uzun tukli gazlamalarda tukning yo`nalishi strelka bilan ko`rsatiladi.
Tekshirish natijalari to`pning pasportiga yoziladi. To`pning pasporti ikki nusxada to`ldirilib,
birinchisi to`pga biriktirib qo`yilib, ikkinchi nusxasiga gazlama namunasi yopishtirilib, hisobchilar-
ga yuboriladi.
Sifatini tekshirish va o`lchashdan keyin gazlama saqlash zonasiga o`tqaziladi. Ular supacha
taglik, polkali javon, ari uyasimon javon, archasimon javonlar yoki elevatorlarda bir donalab saqla-
nadi.
Hisobchilar gazlamalarni qoldiqsiz bichish uchun gazlama to`plarini hisoblaydilar.
Gazlamani qoldiqsiz bichish taxminan 1939 yildan boshlandi. qoldiqsiz bichish muallifi gazlama
to`plarini to`shayotganda faqat ratsional qoldiqlar (yaroqli laxtaklar) chiqarishni taklif qildi. Bunda
to`shamadagi oxirgi qavatni qirqishdan oldin uni o`lchab ko`rib, qanday qoldiq chiqishi aniqlanadi.
Agar qoldiq noratsional chiqadigan bo`lsa, u qirqib olinmay, balki oxirgi qavat bilan birga ajratib
olinib, bo`yi uzunrok to`shamada ishlatiladi.
1955-56 yillarda ba`zi tikuvchilik korxonalari hisoblashning ko`p to`shamali usuliga
o`tdilar. Bu sistemada bichish uchun muayyan shartlarga rioya qilinishi kerak. Bu shartlardan biri
"qizil" deb ataladigan (nuqsonli) qavatlarni bittalab bichishdan iborat (umuman tukimachilik
nuqsonlari borligi sababli, asosiy to`shamalarda bichish mumkin bo`lmagan qavatlar "qizil"
qavatlar deb ataladi).
Gazlama to`plarini hisoblashning 3 xil: qo`lda hisoblash, mexanizatsiyalashtirilgan va no-
mografiya yordamida hisoblash usullari mavjud.
Qo`lda hisoblash usulida, qanday uzunlikdagi qavatlardan nechtadan to`shalashi kerakligi,
barcha qavatlar uzunligining yig`indisi gazlama to`pining umumiy uzunligiga teng keladigan
(qoldiqsiz hisoblash) yoki undan mumkin kadar kam farq qiladigan (yo`l qo`yiladigan qoldiqsiz
hisoblash) qilib aniqlanadi.
Gazlama to`pini to`la hisoblash mana bu tyenglama shartini qanoatlantirishi kerak:
L - (l
1
n
2
+ l
2
n
2
… l
n
n
n
) =0 ÷1 y.k.
Bu erda L - gazlama to`pining uzunligi;
l
1
, l
1
, … ln - to`shama uzunligi;
n
1
, n
2
, … n
n
- har qaysi to`shamada nechtadan qavat bo`lishini ko`rsatadigan
koeffisiyentlar;
26
l y.k. - gazlama to`pidagi yo’l qo`yilishi mumkin bo`lgan 10-15 sm.ga teng laxtak
(qoldiq).
Bunday hisoblashning asosiy kamchiligi
shundaki, unda ish unumi kam bo`ladi.
Mexanizasiyalashtirilgan usulda "Kashtan", "Razdan-2", "Minsk-22", "Nairi", "Ural", "Is-
kra-555", "ES-1032", EHMlaridan foydalaniladi. "Ratnap-Analog`" avtomatik loyihalash sistemasi
to`plarni avtomatik tarzda hisoblab, hisoblash kartasini yozib chiqaradi.
Mashinada hisoblash natijalari odatdagi bichish kartasi
shaklida bosilib chiqib, unda kiyimn-
ing fasoni, to`shamalarning uzunligi va balandligi ko`rsatilgan, shuningdek, har bir gazlama to`pini
bichishning hisoblangan natijasi yozilgan bo`ladi.
Gazlama to`plarini hisoblash bo`yicha matematik masalani tadqiqot qilish asosida I.V.Safronova
bilan I.I.Galinker bu masalani nomografiya yordamida echish mumkinligini topdilar. Bunday usulni
ishlab chiqishdan asosiy maqsad, bo`yi unchalik uzun bo`lmagan (30-35 m.) gazlama to`plarini
hisoblash masalasini yechish edi.
Gazlama to`plarini hisoblashning nomografik usuli to`shama qavatlari (joylashmalar) uzun-
liklarini va hisoblanayotgan gazlama to`pi uzunligini ifodalovchi turli uzunlikdagi kesmalarni
qo`shish va ayirishga asoslangan. Nomog`ramma quyidagi tyenglama talabiga javob beradigan qilib
ko`riladi:
L = ( l
1
n
1
+ l
2
n
2
+ l
3
n
3
+ …..+ ln n
n
) + l
k
Bu yerda lk - gazlama to`pidan
chiqqan qoldiqning uzunligi;
Hisobning eng yaxshi variantida l = 0 ga bo`ladi.
So`ngra pasportning birinchi nusxasi va hisoblash kartasiga asoslanib, to`shama uchun gazlama
to`plari komplektlanadi.
Ba`zi korxonalarning tayyorlov sexlarida eksperimental sexidan olingan andazalar joy-
lashmasi namunasiga asoslanib, to`shamaning yuqori qatlami uchun bo`rlama tayyorlanadi.
Tayyorlov sexida tanlab olingan avralik, astarlik, qotirmalik, bezak materiallar va
bo`rlamalar birgalikda qo`l yoki mexanizasiyalashtirilgan aravachalar, 10 ta to`p sig`imli elevatorlar
yordamida bichish sexiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: