Kauchukni
kuchlantirish
nazariyasi.
Vulkanizatlarning mexanik
kо‘rsatkichlarini solishtirib kо‘rilganda, kо‘pchilik tо‘ldirgichlarni xossalari
kauchukni kuchaytirishiga ta’sirini kо‘rish mumkin. Bu xossalarga dispers
zarrachalar formalari, sirtdagi funksional guruhlar xarakteri kiradi.
Disperslik –
(zarrachalar о‘lchami va nisbiy sirti)
Tо‘ldirgichning disperslik darajasi о‘sishi bilan kauchuk bilan ta’sir sirti ortib
boradi. Tо‘ldirgich tarkibi bir xil bо‘lgan aralashmalarda, kauchuk bilan ta’sir sirti
zarrachalarning о‘rtacha diametriga teskari proporsional ravishda bо‘ladi.
Tо‘ldirgich sirti oshishi sirt energiyasining oshib borishini anglatadi, ya’ni sirt
energiyasi qancha katta bо‘lsa, zarracha о‘lchami shuncha kichik bо‘ladi. Ortib
boradigan kuchaytirish xossalariga kolloid о‘lchamlari (100-10mmk) bо‘lgan
zarrachalarga ega tо‘ldirgichlar erishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |