Texnologiyani amalga oshirish tartibi



Download 262,42 Kb.
Sana14.04.2020
Hajmi262,42 Kb.
#44452
Bog'liq
3 leksiya

Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni oʽzlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash koʽnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashgʽulotlarida, mustahkamlashda, oʽtilgan mavzuni soʽrashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashgʽulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.

Texnologiyani amalga oshirish tartibi:

qatnashchilarga mavzuga oid boʽlgan yakuniy xulosa yoki gʽoya taklif etiladi;

har bir ishtirokchiga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qogʽozlarni tarqatiladi;

ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.



FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli oʽzlashtirilishiga asos boʽladi.



“Sikl operatorlari.” mavzusiga doir “FSMU” metodi

Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling va boʽsh joylarga munosabatingizni yozing.



Grafik organayzerlar talabalar tomonidan oʽzlashtirilgan oʽzaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan boʽlim yoki boblar boyicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.

“Venn diagrammasi” - talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini oʽzlashtirish (sintezlash) koʽnikmalarini hosil qilishga yoʽnaltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema boyicha amalga oshiriladi.

“Venn” Diagrammasi - 2 yoki 3 obyektni, tushunchani, gʽoyani, xodisani taqqoslash faoliyatini tashkil etish jarayonida ishlatiladi. U talabalarda taqqoslash, tahlil qilish, gruxlash malakalarini shakllantiradi. “Venn” diagrammasi asosida faoliyatni tashkil etish bosqichlari:

1-bosqich. Talabalar ushbu diagrammani to‘zish qoidalari bilan tanishtiriladi

2-bosqich. Yakka, juftlikda yoki guruh ichida diagramma asosida taqqoslash faoliyati tashkil etiladi.

3-bosqich. О‘xshash va farqli xususiyatlar diagrammaga yoki jadvalga tushiriladi.

4-bosqich. Faoliyat natijalari tahlil qilinadi va baholanadi.



“Sikl operatorlari” mavzusiga oid “Venn” diagrammasi



Metodning maqsadi: Mazkur metod о‘quvchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilmlarni о‘zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qо‘llaniladi, shuningdek, bu metod о‘quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham о‘taydi.

Metodni amalga oshirish tartibi: о‘qituvchi mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot kо‘rinishida tayyorlaydi;

yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga tarqatiladi yoki taqdimot kо‘rinishida namoyish etiladi;

ta’lim oluvchilarindividual tarzda matn bilan tanishib chiqib, о‘z shaxsiy qarashlarini maxsusbelgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalar yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:


Belgilar

1-matn

2-matn

3-matn

“V” – tanish ma’lumot.










“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.










“+” bu ma’lumot men uchun yangilik.










“– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman?









Belgilangan vaqt yakunlangach,ta’lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz bо‘lgan ma’lumotlar о‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati tо‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.





S

Kuchli tomoni

muammoli ta’lim asosida talabalar bilimlarni faol о‘zlashtiradilar

mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi

mavzuning mohiyatini chuqur tushunishga yordam beradi


W

Zaif, kuchsiz tomonlari

kо‘p vaqt talab etadi

alohida tayyorgarlik talab etadi

kо‘p kuch talab etadi


O

Imkoniyatlari

talabalar soni cheklangan bо‘lishi lozim

barcha mavzularni muammoli ta’lim asosida о‘rganish imkoni yо‘q

pedagogdan maxsus tayyorgarlikni talab etadi


T

Xavflar

belgilangan vaqt oralig‘ida muammoning yechimi topilmasligi mumkin

barcha talabalar faol ishtirok etmasligi mumkin



Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yо‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakko‘rni shakllantirishga xizmat qiladi.


“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB) - talabalarga muayyan mavzular boyicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Uni qoʽllashda talabalar guruh yoki jamoada ishlashlari mumkin. Guruhda ishlashda mashgʽulot yakunida guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinadi.

Mudulli texnologiyalar - eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan, B.K.M. diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.

Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir.

Modul dastur- bir fan doirasidagi modul bloklarining yig‘indisi bo‘lib, erishish lozim bo‘lgan didaktik maqsad, qo‘llaniladigan usullar va vositalar yig‘indisidir.

O‘quv moduli - nisbatan mustaqil , mantiqiy yakunga ega bo‘lgan o‘quv kursining bo‘lagidir. U o‘quv metodik ta’minotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat.

Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadgsha yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.

Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun albatta ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida talabaning qobiliyatlari, extiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini xisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga olingan taqdirda o‘z-o‘zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan motivlarni kuchaytiruvchi “subyekt-subyekt” kontseptsiyasiga asoslangan ta’lim tizimi kelib chiqadi.

An’anaviy ta’lim tizimida chuqur o‘rnashib qolgan pedagogik paradigmalardan biri bu subyekt-obyekt munosabatlaridir. Bu yondashuv nemis pedagogi I.F.Gerbard tomonidan (1776-1841yillar) kiritilgan. Bunday yondashuvda pedagog subyekt rlini bajaradi va qanday o‘qitish, qanday talabalarni ishlab chiqish, talabalar jamoasini qay yo‘nalishda rivojlantirishni faqat o‘z yondashuvi asosida hal etadi. Talabalar esa passiv holda obyekt rolini bajaradi. Talabalarning asosiy faoliyati eslab qolish, tushinish, qo‘llashga o‘rganish hisoblanadi. Bu paragdimaga qarshi g‘oyani amerikalik pedagog D.Dyui ishlab (1859-1952) chiqadi. Uning fikricha nimani va qanday o‘qish lozim degan savollarga javob topishda talabaga ham erkinlik berish va uning hoxishlarini xisobga olish lozim. Toki talaba o‘z faoliyatini, o‘z taqdirini, o‘z hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin. Bu kontseptsiya “subyekt-subyekt” munosabatlari sifatida tan olindi va ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘z o‘rniga ega.

Aytish joizki, ta’lim tarixida yig‘ilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari o‘z aksini modulli ta’limda topdi.

“Modulli ta’lim” tushunchasi 1971 yillarda Dj.Rassel tomonidan kiritildi. Rassel modulni o‘quv paketi sifatida talqin etadi va unga o‘quv materialining kontseptual birligini o‘rganishga oid harakatlarni kiratadi. B.M.Goldshmid - modulni talabaga ma’lum ko‘zlangan natijaga etishga yordam beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi (1972 y).

G.Ouens modulni yopiq kompleks sifatida talqin etadi va bu kompleksga o‘qituvchi, o‘quvchi, o‘rganiladigan axborot materiali, vositalarni kiritadi.(1975 y).

Zamonaviy tadqiqotchildardan biri P.A.Yutsyavichene modulni ma’lum darajadagi mustaqil axborotdan hamda maqsadli ravishdagi metodik boshqaruv asosida maqsad qilib qo‘yilgan natijalarni ta’minlashga qaratilgan birlik sifatida tahlil etadi. N.V. Borisova, V.M. K.Ya. Vazina, Gareev, E.M. Durko, V.V. Karpov, M.N. Katxanov, S.I. Kulikov, P. Yutsyavichene va boshqa olimlarning fikrlarini o‘rganish natijasida quyidagi ko‘rinishlardagi modullarni ajaratish mumkin:

- mustaqil kontseptual kichik birlik;

- modul mustaqil birlik sifatida bir o‘quv kursini o‘z ichiga olib, bir necha bloklarni o‘zida mujassam etadi;

- modul ma’lum mutaxassislikka tegishli bo‘lgan bir qancha o‘quv predmetlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi fanlararo birlik bo‘la oladi;

- aniq bir mutaxassislikni egallashga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim moduli.

Bundan tashqari “modul” tushunchasiga tegishli bo‘lgan bir qancha xususiyatlarni ajratish mumkin:

Maqsad;

Turli xil turdagi o‘quv faoliyatini integratsiyasi;



Metodik ta’minot;

Mustaqil rivojlanish;

Ta’lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi;

O‘quv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish ko‘nikmasi;

Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;

Talabaning ta’lim olishdagi shaxsiy traektoriyasi.

Modulli yondashuv tamoyillari:

Modullilik

Mazmunni strukturalashtirish

Dinamik harakatni ta’minlash (soddadan-msurakkabga)

Faoliyatlilik

Egiluvchanlik (gibkost)

Natijalarni oldindan aniqlash

Maslahatlarning turli-tumanligini ta’minlash.

Modul turalri:

Nazariy modullar (Nazariy bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar).

Amaliy modullar (Amaliy ko‘nikmalarni va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar).

Texnologik yoki aralash modullar (nazariy bilim, amaliy kunikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modullar) .

Modulning tarkibiy qismlari.

Modul dastur kompleks didaktik maqsaddan (KDM) va bu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi modul bloklari yig‘indisidan iborat.

Modul dasturini ishlab chiqish uchun asosiy g‘oyalarni ajaratib olish va blok-modullarda strukturalashtirish, so‘ngra kompleks didaktik maqsadlarni shakllantirish talab etiladi. Kompleks didaktik maqsadlar modul-bloklarining maqsadlariga, ya’ni integrativ didaktik maqsadlarga (IDM) va xususiy didaktik maqsadlarga (XDM) bo‘linadi, uni esa o‘z navbatida o‘quv elementlari tashkil etadi.

Modul dasturlarning maqsadi albatta malakali mutaxassisni etishtirishga xizmat qiladi. Modul dasturning maqsadini tuzishda ana shu mutaxassisga qanday talabalar tizimi qo‘yilayotgan ekanini aniqlab olishdan boshlanadi. Bugungi kunda Rossiyada mutaxassisga qo‘yiladigan umumiy talabalar tizimi o‘rganilib ularni uch asosiy guruhga ajratilmoqda. Mutaxassisni kompententligini aniqlovchi kriteriylarni quyidagi kategoriyalarga bo‘lish mumkin

Instrumental kompententsiyalar:

-analiz va sintez qobiliyatiga ega bo‘lish;

-rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati;

-umuiy bazaviy bilimlarga ega ekanligi;

-mutaxassislik bo‘yicha bazaviy bilimlarni egallaganligi;

-ona tilida bemalol muloqatga kirisha olish;

-axborot texnologiyalaridan foydalan olish malakalari;

-axborot materiali bilan ishlash qobilyati;

-muammolarni echish qobiliyati;

-qarorlar qabul qilish qobiliyati.

Komunikativ kompententlik:

-tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qila olish;

-gruhda faoliyat ko‘rsataolish;-o‘zaro muloqatga kirisha olish;

-axloqiy qadriyatlarni tan olish;

-turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash;

-boshqa yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ekspertlar bilan munosabatga kirisha olish.

Tizimli kompententlik:

-bilimlarini amalda tizimli ravishda qo‘llay olish;

-tadqiqot olib borish;

-yangi o‘aroitga moslashish;

-ijod qilish;

-liderlik qobiliyatini o‘stirib borish;

-individual holda faoliyat yuritish qobiliyati;

-loyihalarni ishlab chiqish va ularni boshqarish;

-tadbirkorlik va yangi g‘oyalarni ilgari surish;

-masuliyatlilik;

-muvaffaqiyatga erishish motivining rivojlanganligi1.

Tanlangan mutaxassislik bo‘yicha umumiy didaktik maqsadlar tasdiqlangan standartda o‘z aksini topgan. Modul dasturini ishlab chiqishda ana shu standart talablariga asoslaniladi.

Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga e’tibor qaratish lozim:

Modul spetsifikatsiyasi.

Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.

Modulning o‘quv materialini ishlab chiqish.

Modul spetsifikatsiyasi-ana shu modul haqida to‘liq ma’lumotni o‘zida aks ettiradi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

Modulning nomi. Modullarning nomlari mazmunga mos bo‘lishi va qaytarilishlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

O‘qitishning maqsadi. Mana shu modulni o‘zlashtirish natijasida qanday faoliyat yuritish imkoni tug‘ilishi, kasbiy tayyorgalikdagi axamiyati yoritib berilishi lozim. Talabaning rejali taraqqiyoti aks ettirilishi maqsadga muvofiq.

O‘qitish natijalari. Modulni o‘rganish natijasida qanday bilimlarni egallashi, qanady ko‘nikma va malakalar shakllantirilishi sanab o‘tiladi. O‘zlashtirish jarayoni tugagandan so‘ng talaba qanday faoliyatni qanday sharoitlarda bajara olishi ko‘rsatiladi. Natijalar uzviy birlikka ega bo‘lib, o‘qitish maqsadlaridan chetga chiqmagan holda shakllantirilishi lozim. Natijalarni tekshirish jarayonida bir necha ko‘nikmalarni egallanishi nazarda tutilishi lozim. Odatda bir modul 3-5 turdagi ko‘nikmani egallashga qaratilgan bo‘lib, uni egallanganligi maqsadga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi. Erishiladigan natijalar aniqlashtirilgan maqsadlarni shakllantirish qoidalari asosida shakllantiriladi.

Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.

Baholash mezonlari. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda faoliyat obyekti, bajariladigan faoliyat turi, faoliyat sifati, bajarilgan faoliyatning standartlari ko‘rib chiqiladi. Baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘qitish natijalariga mos holdagi faoliyat turi ishlab chiqilishi lozim. Har bir natijani tekshirish mezonlari 4 yoki 6 tadan oshmasligi tavsiya etiladi.

O‘zlashtirish darajasi. O‘zlashtirilganlik darajasini chuqurligini ko‘rsatuvchi mezonlar ishlab yaiqiladi, ba’zi hollarda uni ishlab chimqish shart emas, agar u baholash mezonlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa. O‘zlashtirilganlik darajasini isbotlovchi erishilgan natija turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘zlashtirish obyekti- tayyorlangan predmet, amaliy topshiriq, og‘zaki yoki yozma javoblar tarzida bo‘lishi mumkin.

Modulga kirish nazorati. Modulni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ta’lim va bilimlar tizimini ko‘rsatadi.

O‘quv jarayonini davomiyligi. Davomiylik O‘quv soatlari yoki zachyot birliklari ko‘rinishida aks etadi.

Baholash. Baholash tizimini ishlab chiqayotganda uning haqqoniyligiga va ishonchli bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Yakuniy nazorat alohida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Ba’zi modullarda yagona baho ham qo‘yilishi mumkin. Baholash tizimi modulning xarakteridan kelib chiqib tanlanadi.

Modulning tushuntirish xati. Ushbu xat taviyalar ko‘rinishida bo‘lib, pedagog shaxsiga yo‘naltirilgan. Unda pedagogga qo‘shimcha tavsiyalar, baholash jarayonini olib borishning yangi imkoniyatlari, qo‘llash mumkin bo‘lgan usullarga tavsif beriladi. Proekt, portfolio kabi usullardan ham foydalanish mumkin.

O‘quv materiali.

O‘quv materiali axborot matnini va didaktik vositalarni o‘zida aks ettiradi. Axborot matnida adabiyotlar, ilovalar va havolalar o‘z aksini topadi. Qaytar aloqani amalga oshirish uchun axborotni ishlab chiqishda joriy nazorat uchun topshiriqlar va ularni ishlab chiqish namunalarini kiritish tavsiya etiladi. Axborot materiali tushunarli , lo‘nda va ko‘rgazmali bo‘lishi lozim.

Modulli ta’lim individual yondashuv vositasidir. Talaba mustaqil ravishda yoki pedagogning ma’lum maslahatlaridan foydalangan holda qo‘yilgan didaktik maqsadga erishadi.O‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi. O‘qituvchiga o‘zlashtirish jarayonini to‘g‘ri baholab borish, talabaning mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish, uning taraqqiyotini kuzatib borishek mas’uliyat yuklatiladi. Talaba faoliyatini samarasini baholash, o‘z vaqtida korrektivlar kiritib turish lozim.

Xulosa qilib aytganda, modulli yondashuvning maqsadi - axborotni o‘zlashtirish, idrok etilgan axborotni mustaqil tahlil qilish, o‘z mustaqil fikrlarini bildirishni taqazo etuvchi va qisqa muddatda optimal usullar yordamida belgilangan maqsadlarga erishishdir.

Dasturlash tillarini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.



1 Provorova O.G.Printsipy modulnogo obucheniya. Krasnoyarsk-2006-32 s.

Download 262,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish