ISH HUJJATLARI.
Umumta'lim muassasalarida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun zarur
shakllar Umumta'lim muassasida bolani o`qishga qabul qilish uchun hujjatlar asosida maktab rahbarining buyrug`i chiqariladi va ushbu buyruq bilan bola maktabga qabul qilinadi. har o`quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug`i asosida birinchi sinfga qabul qilingan o`quvchilar "O`quvchilar harakati daftari"ga belgilangan sahifalarga qayd etiladi. O`quv yili davomida direktor buyrug`i bilan maktabga qabul qilingan o`quvchilar sinf jurnali sahifalariga bir haftadan kechiktirilmasdan qayd etiladi. Barcha o`quvchilarning familiyasi va ismlari sinflar bo`yicha alifbo tartibida to`liq yoziladi.
Maktab o`quv-pedagogik hujjatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
o`quvchilar harakati daftari, buyruqlar daftarlari, o`rta ma'lumot to`g`risidagi
shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari, tayanch ma'lumot
to`g`risidagi guvohnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari (9 yilik umumiy
o`rta ta'limga to`la o`tgunga qadar), maktab pedagogik kengashining
bayonnomalari daftari, maktab pedagogik jamoasi shaxsiy tarkibini qayd etish
daftari, o`qituvchilar tomonidan qoldirilgan va qoplangan darslarni qayd etish
daftari, sinf jurnallari, kuni uzaytirilgan guruh jurnallari, o`quvchilar shaxsiy
hujjatlari va boshqalar. O`quvchilar harakati, buyruqlar, pedagogik ketgash
bayonnomalari, o`rta ma'lumot to`g`risidagi shahodatnomalar va tayanch
ma'lumot haqidagi guvohnomalar, pedagogic jamoa shaxsiy tarkibini qayd etish
daftarlari qat'iy nazoratdagi hujjatlar bo`lib, maktab rahbari almashilganda akt
asosida yangi direktorga topshiriladi. Akt yangi va sobiq maktab direktorlari va
xalq ta'limi bўlimining mas'ul xodimi tomonidan imzolanadi.
O`quvchilar harakati daftari (maktabda doimiy saqlanadi)
O`quvchilar harakati daftariga barcha o`quvchilarning familiyasi va ismlari sinflar bo`yicha alifbo tartibida to`liq yoziladi. (Masalan, Ibrohimova Feruza). Har o`quv yili boshida (15 sentyabrgacha) maktab rahbari buyrug`i asosida birinchi sinfga qabul qilingan o`quvchilar belgilangan saрifalarga йayd etiladi. O`quv yili
davomida direktor buyrug`i bilan maktabga qabul qilingan o`quvchilar sinf jurnali sahifalariga bir haftadan kechiktirilmasdan qayd etiladi. Har bir sinf uchun ajratilgan sahifa maktabga qabul qilingan o`quvchilarni qayd etish uchun 15
qatordan kam bo`lmagan bo`sh joy qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |