XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI Xavfsizlik texnikasi qoidalari
1. Amaliyot rahbarining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan kompyuterlarni ishga tushirish;
2. Kompyuter xonasiga ustki kiyimlarda kirib o‘tirish;
3. Elektr toki manbalariga va ulanish simlariga tegish;
4. O‘zboshimchalik bilan kompyuterda sozlash ishlarini olib borish;
5. Kompyuter ekraniga qo‘l bilan tegish, ishlab turgan
6. Kompyuterlarda tozalash ishlarini olib borish;
7. Kompyuter yonida boshqa elektr va isitish asboblaridan foydalanish;
8. Kompyuter yonida ovqatlanish, suv ichish;
9. Tez alangalanuvchi buyumlar va qurilmalarning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish;
10. Klaviatura va kompyuter sichqonchasini ho‘l qo‘llar bilan bosh- qarish; 11.
Klaviatura va «sichqoncha»dan foydatanganda kuch ishlatish;
12. Kompyuterni ruxsatsiz o‘chirib, ishni yakunlash ta’qiqlanadi.
Kompyuterdan foydalanish jarayonida baxtsiz hodisalar ro‘y bermasligi va sog‘lig‘ingizga zarar yetmasligi uchun xavfsizlik texnikasi qoidalariga so‘zsiz rioya qilishingiz kerak!
Esda tuting, kompyuterda ishlash davomida kerakli talablarga rioya etmaslik inson salomatligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, ko‘z, qon aylanish tizimi, bosh miya faoliyati, umurtqa pog‘onasi zaiflashuvi va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.
KORXONA BILAN TANISHUV
Men Hoshimova Layloxon 2021 yil 21-iyul kuni TATU dan berilgan yo`llanma asosida biriktirilgan ishlab chiqarish amaliyotimni Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanidagi 52-maktabda o’tashni boshladim. Amaliyot davrining dastlabki kunlarida texnika xavfsizligi qoidalari va korxonaning faoliyati bilan tanishib chiqdim hamda korxonani yaqindan o’rgandim.
Amaliyotning dastlabki haftasida asosan maktabdagi barcha dasturiy ta’minotlar va qurilmalar bilan tanishdim va ularning ishlash faoliyatini o’rgandim.
Amaliyotning ikkinchi va uchinchi haftasida kompyuterlar bilan yaqindan ish olib bordim. Tashqi qurilmalari va ichki dasturiy taminotlarini tekshirib nosozlik mavjudlarini nosozliklarini bartaraf etdim.
Amaliyotning to`rtinchi haftasida maktabdagi aloqa va internet qurilmalri bilan ish olib bordim. WIFI qurilmalarini, tarmoq parametrlarini sozlamalari bilan ishladim.
Amaliyotning beshinchi haftasida esa maktabdagi turli ish hujjatlari, turli ro`yxatlar bilan ishladim. Hujjatlar tayyorlashda, ro`yxatlar shakllantirishda yordamlashdim. Yangi o`quv yilida qabul qilinadigan 1-sinf o`quvchilarining ro`yxatini shakllantirib edu portaliga kiritib chiqdim.
Amaliyotning oxirgi 6-haftaligida asosan maktabdagi hisobotlar bilan tanishdim. Va yoz mobaynida qilingan ishlar yuzasidan topshirilishi lozim bo`lgan hisobotlarni tayyorladim.