Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 138,42 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi138,42 Kb.
#87257
  1   2
Bog'liq
Ekalogiya.Hayot faoliyati xavfsizligi mustaqil ishi





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI

VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTЕTI



3 - BOSQICH TT-11-18 GURUH TALABASI

YO’LDOSHEV ANVAR ning

Ekologiya.Hayot faoliyati xavfsizligi “ fanidan



Mustaqil ishi
Bajardi : YO’LDOSHEV. A


Mustaqil ishi -1

Mavzu:Kimyo sanoati va atrof muhit. Korxonalarda mehnat xavfsizligi bo’yicha o’qishlani tashkil etish.

REJA:


1. Kimyo sanoati korxonalari va atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar

2. Respublikamizning qaysi hududlarida atmosfera havosining ifloslanishi sezilarli darajada ortgan

3. Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlar

4. mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

5.Xulosa.

1.Ma’lumki, kimyo sanoati korxonalarida turli kimyoviy moddalar ya’ni, kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o’g’itlar, polimerlar, sintetik tolalar va boshqa mahsulot turlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotiga, foydalanadigan xom ashyosiga, shuningdek, texnologik jarayonlariga qarab bir necha tarmoqqa bo’linadi. Kimyo sanoatining o’ziga xos xususiyati shundaki, shu sohaga taalluqli korxonalar bir-birlariga uzviy bog’liq holda faoliyat yuritadilar. Ularning ishlatadigan xom ashyolari ham ko’pincha mazkur korxonalar tomonidan ishlatiladi.

Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish, yani bir korxona faoliyati natijasida hosil bo’lgan oraliq mahsulotdan boshqa korxona foydalanishi mumkin bo’ladi.

Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ham sezilarli o’sdi. Bu o’z-o’zidan aholi turmush farovonligining yuksalishiga olib keldi, ammo masalaning boshqa bir jihati ham borki bu hammani tashvishga solmoqda.

Kimyo sanoatining rivojlanishi, kimyoviy moddalardan keng foydalanish, sanoat chiqindilari, kimyoviy ishlab chiqarish chiqitlarining ko’payib ketishi tabiiy muhitning zaharlanish darajasining yuqori bo’lishiga olib keldi. Biroq, jamiyat taraqqiyotini, inson ehtiyojlari muammosini hal etishni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo’lmaydi, shuningdek, xo’jalik faoliyatida kimyoviy birikmalardan foydalanishdan voz kechib bo’lmaydi. Demak, barcha diqqat e’tiborni ularni ishlab chiqarish me’yoriga, tartib qoidalariga va ulardan ekologik hamda ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda oqilona foydalanishimizga qaratishimiz zarur bo’ladi.

Shuning uchun, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan zaharli kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan me’yoriy miqdorlari ishlab chiqilgan. Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda qo’llash, gigiyena fani zimmasiga ko’p muammolarni yechish masalasini qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur moddalarning ta’siri faqatgini hayvonlar, hasharotlar yoki o’simliklar uchun xavfli bo’lmay, balki inson uchun ham zararlidir.

Atrof-muhitning kimyoviy element va moddalar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metal ishlab chiqarish sanoat chiqindilari, turli yoqilg‘ilarning yonish mahsulotlari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Atrof-muhit va albatta inson uchun eng xavfli kimyoviy elementlarga simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, mish’yak, selen, ftor elementlari kirsa, ular ichida o‘ta xavflilari simob, qo‘rg‘oshin va kadmiy hisoblanadi.

O‘rtacha hisob kitoblarga ko‘ra, metallurgiya sanoati har yili o‘rta hisobda 35-40 tonna simob, 850-900 tonna kobalьt, 1500-2000 tonna Rux va 180-250 ming tonnagacha misni atrof muhitga chiqaradi.

Koks ishlab chiqarish sanoati atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanib, koks shixtali o‘choq (pechь) otashxonasiga ortilayotganda va oluvchilarga tarqalayotganda bir tonna mahsulot hisobiga o‘rtacha,ssianidlar-0,0005, ammiak-0,072, vodorod sulьfid-0,58, chang-0,84, uglevodorodlar-0,20 kg miqdorda ajralib chiqadi.

Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish jarayonida Marten o‘choqlarida hosil bo‘ladigan bir tonna mahsulotga 8-12 kg chang, 2,0-3,0 kg is gazi, 1-1,5 kg sulьfid angidridi, 2-4 kg azot oksidlari chiqindilari to‘g‘ri keladi.

Atrof-muhitni ifloslantiruvchi yana bir tarmoq issiqlik elektr stansiyalari bo‘lib, elektr quvvati ishlab chiqaradigan qozonlarda koks, gaz, mazut va toko‘mir yonadi. Toshko‘mir tarkibidagi oltingugurt miqdori 1-8% bo‘lib, yonganda undagi oltingugurtning 10-12% to‘lasicha yonmaydi, yongan 88-90% turli xil moddalar kimyoviy jarayonlarda havo bilan aralashib, SO2, SO3 gazi holatida atmosfera havosiga ko‘tariladi va havoda sovib havo tarkibidagi (N2O) suv bilan o‘zaro ta’sirlashib sulьfid va sulьfat kislotalarga aylanadi va kislotali yomg‘irlar shaklida erga tushib atrof-muhitni shu zayilda ifloslaydi. Bu moddalar

esa butun jonli tabiatni, jumladan insonni va o‘simliklar dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tajovvuzkor omillardir. 1 kg toshko‘mir tarkibida 4% oltingugurt bo‘lsa, yoqilg‘i yonishi uchun    20 m3 havo zarur bo‘ladi, havo tarkibiga 40 gr oltingugurt singadi undan 36 grammi engil uchuvchan oltingugurt bo‘lib, 72 gramm sulьfat angidrid hosil qiladi. Bu degani har 1m3 atmosfera havosida 7,2 gramm sulьfid angidrid (SO2) mavjud demakdir. SHuningdek toshko‘mirning yonish jarayonida 30-35% kul havoga chiqadi. Aynan Angren, Ohangoron va SHirin shahridagi GRES lar borki bir kecha kunduzda bir necha ming tonnalab ko‘mir yoqadi. Masalan, AQSHdagi «elektrositede frans» issiqlik elektrostansiya kompaniyasi bir kecha kunduzda 1,7-2,0 ming, bir oyda 51-60 ming tonnagacha ko‘mir yoqadi, oqibatda undan har kuni 33 tonna sulfat angidrid va 250 tonna kul havoga ko‘tariladi. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ushbu sanoat korxonalari joylashgan shaharlar aholisi katta aziyat chekadi. Jumladan Nьyu-York shahrining har 1 km2 maydonida bir oyda o‘rtacha 20-25, Tokioda esa 50 tonnagacha qurum erga tushmoqda. Londonda (1952 yil) bir hafta davom etgan kimyoviy ifloslangan (zaharlangan) tuman oqibatida bir vaqtda 4 ming kishi o‘lgan bo‘lsa, bir necha ming kishiga etgan, yoki 1962 yil dekabrь oyida aynan yana shu London shahrida kimyoviy zaharlangan qurumdan 750 kishi nobud bo‘lgan.



Rangli va qora metallurgiya- atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy sohalardan bir bo‘lib, yirik metallurgiya kombinatlari bir-kecha kunduzda o‘rtacha 400-650 tonnadan 3 ming tonnagacha turli xil kimyoviy element, modda va changlarni atmosferaga chiqaradi. Jumladan alyumin ishlab chiqarishdagi jarayonlarda xom-ashyoni kuydirish maydalash paytida asosan havoga gaz holatidagi ftorli gidrogen (HF) ftoridlar alyuminiy, is gazi, uglevodlar, sulьfat angidridi va boshqalar ajralib chiqadi. Masalan, 1 tonna alyumin olish uchun 35-48 kg ftor sarflanib shundan 60-65% vodorod ftorid atrof-muhitga tarqaladi. Ftor- elementi atrof-muhitga asosan alyuminiy zavodlardan chiqqan tutun va chiqindilar shuningdek, turli pestitsid hamda insektitsidlardan tarqaladi. Ftor metalloidlar ichida eng faol (aktiv) va eng oson boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishuvchi element bo‘lib, mikromiqdori tirik organizmlar hayoti uchun juda zarur bo‘lsada, hayot uchun juda zarur bo‘lsada, lekin uning makromiqdori hayot uchun juda xavfli. Ftorning yuqori konsentratsiyasi suyak va tirnoqlarni mo‘rt qilib, tishni to‘kib yuboradi, qon tomirlar  faoliyatini keskin buzadi. Tuproq mikroflorasiga, umurtqassiz hayvonlar va o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

2. Texnikaviy taraqqiyot davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo’lsak, atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin.

Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo’lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari mavjud. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli moddalar hosil bo’lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qiladi. Tozalash uskunalarining ishlash samaradorligi 92,9% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich o’tgan yillardagiga nisbatan 1,9% ga oshgan.

Tashlanadigan zararli moddalarning asosiy miqdori (94%) yirik sanoat korxonalariga to’g’ri keladi.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo’ladigan azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyilash ko’zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me’yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik hajmi 2,5 million tonnadan oshiq.

Jami 43,5 million tonna chiqindilar to’planib qolgan. Shundan yiliga 62 ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta ishlanmoqda. Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi buzilgan bo’lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1 ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan.

3. Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati katta. Tekshirish natijalariga qarab, ob’yektlarga va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutlaqo to’xtatish mumkin bo’ladi.

Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlar takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’ladi. Bunday jarayon berk jarayon bo’lib, bunda chiqindilardan umuman bo’lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab chiqariladi. Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish aholi turar joylari havosini toza bo’lishida katta ahamiyatga ega.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror qabul qilingan. Yana bir muhim masala, zaharli moddalarni zahari kam bo’lgan moddalarga almashtirishdir.

Masalan, ko’mir yoki mazut yoqib isitiladigan qozonlar gaz bialn isitilsa, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70-90% ga kamayib ketadi. Xom ashyolar tarkibidagi zararli moddalarni yo’qotish ham texnologik jihatdan muhim hisoblanadi. Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo’lsa ham to’xtab qolmasligi kerak. Agar jarayon to’xtab qolsa, chiqindilar to’planib atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug’dirishi mumkin.

Atmosfera havosini mutloq ifloslanishdan xoli qilishning iloji bo’lmasa ham, uni kamaytirish, oldini olish mumkin, bu muhandis va texnik xodimlardan hushyorlikni talab qiladi.

Loyihalashga asoslangan tadbirlar o’z ichiga bir qancha kompleks holdagi masalalarni oladi:



  • Shahar hududini zonalarga bo’lish;

  • Tabiiy changlarga qarshi kurashish;

  • Sanitariya himoya chegaralarini tashkil qilish;

  • Turar joylar loyihalarini takomillashtiish;

  • Turar joylarni ko’kalamzorlashtirish;

Loyihalashga asoslangan chora-tadbirlar asosan, chiqindilarni atmosfera havosiga tushishining oldini olishga qaratilgan. Sanoat korxonalari shahar hududida to’g’ri joylashtirilishi, shahar bosh loyihasiga hamda sanitariya me’yorlariga asoslangan holda qurilishi kerak. Sanoat korxonalarini qurish uchun yer maydoni ajratilayotganda joining relyefi, uning iqlim sharoiti, tumanlarning paydo bo’lib turish holatlariga ahamiyat beriladi.

Sanitariya-gigiyena tadbirlari sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Mazkur usulda qurilgan tozalash inshootlari, mazkur sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay yo’qotish bilan shug’ullanadi. Tozalash inshootlari changlarni mexanik usulda filtrli apparatlar yordamida, elektrostatik filtrlar va namlaydigan apparatlar vositasida ushlab qoladi.

Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbsiya va adsorbsiya jarayonlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi.

Bu o’z navbatida, aholining salomatligini saqlashda ma’lum darajada ijobiy rol o’ynamoqda. Atmosfera havosining tozaligini ta’minlash uchun kundalik sanitariya nazorati joriy qilingan. Sanoat korxonalarida kundalik sanitariya nazoratini amalga oshirish va atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:



  • Gigiyena jihatdan talabga javob beradigan uskunalar ishlatilishi:

  • Texnologik jarayonlar vaqtida quvurlarni mahkam berkitish, ular orqali zaharli gazlar chiqishiga yo’l qo’ymaslik;

  • Xom ashy ova reaktiv sifatida foydalaniladigan kimyoviy moddalardan me’yorida foydalanish;

  • Korxonalarda ishlab chiqarilayotganmahsulotlarni qadoqlash va boshqa jarayonlarni avtomatlashtirilishi zarur;

  • Texnologik jarayonlarni berk sistemaga o’tkazish, iloji boricha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik zarur.

  • Eng zaruri tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlash hisoblanadi;

5.Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.


Download 138,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish