802.11 ish rejimlari. 802.11 ikkita simsiz tarmoq interfeysi
kartasi (Network Interface Card, NIC) bilan jihozlangan kompyuter
hisoblanadigan mijoz va simli va simsiz tarmoqlar orasida ko‘prik
rolini bajaradigan ulanish nuqtasi (Access point, AP) qurilmalari
turlarini aniqlaydi. Ulanish nuqtasi odatda qabullagich-uzatkich, simli
tarmoq interfeysi (802.3), shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash
bilan shug‘ullanadigan dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Simsiz
stansiya sifatida ISA, PCI yoki 802.11 standartdagi PC Card tarmoq
kartasi yoki o‘rnatilgan echimlar, masalan, 802.11 telefon garniturasi
150
qatnashishi mumkin. IEEE 802.11 standarti tarmoq ikkita "Ad-hoc"
va mijoz/server(yoki infratuzilma rejimi – infrastructure mode) ishlash
rejimlarini aniqlaydi.