Izotrop nurlantirgich. Izotrop
nurlantirigchi
deganda
elektromagnit energiyani barcha tomonlarga bir tekis va bir xil
nurlantiradigan qurilma tushuniladi. Lekin amalda yo‘naltirilmagan
nurlantirgichlar mavjud emas. Har bir uzatish antennasi, hatto eng
oddiylari energiyani notekis nurlantiradi va maksimum energiya
nurlantiriladigan yo‘nalish doimo mavjud bo‘ladi.
Eng oddiy yoki elementar nurlantirgich simning istalgan
nuqtasidagi amlitudasi va fazasi bir xil bo‘lgan elektr toki oqib
o‘tadigan, to‘lqin uzunligiga qaraganda juda qisqa simdan tashkil
topgan elektromagnit elektr vibrator hisoblanadi. Elementar
vibratorning amaliy modeli Gers dipoli hisoblanadi. Gers dipoli
nurlanishi maydoning tuzilmasi dipolga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri
22
chiziqda yotadigan nuqtada maksimumga ega bo‘ladi. Dipol bo‘ylab
maydon nolga teng bo‘ladi.