Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

Raqamli  radioeshittirish.  Mavjud  analog  radioeshittirish 
tizimlari  ancha  oldin  o‘z  imkoniyatlarni  tugatdi.  Chastotali 
modulyatsiyalash  UQT-uzatishda  yetarlicha  yuqori  uzatish  sifatini 
ta’minlaydi,  atmosfera  halaqitlariga  uchramaydi,  lekin    avtomobilda 
ko‘p  nurli  qabul  qilish  va  doimiy  o‘zgaradigan  to‘siqlardan  qaytish 
burchaklari  natijasida  signal  buzilishi  mumkin.  Bundan  tashqari, 
ishonchli qabul qilish zonasi uzatkichdan 50 km masofadan oshmaydi. 
Uzatish  zonasini  kengaytirish  uchun  bitta  chastotada  ishlaydigan 
uzatkichlar 
sinxron 
tarmog‘i  talab  qilinadi.  Amplitudaviy 
modulyatsiyalashli (AM) uzatish katta hududlarni qamrab oladi, lekin 
atmosfera va industrial halaqitlar ta’siriga uchraydi. Bundan tashqari, 
AM-uzatkichning  foydali  ish  koeffitsienti  o‘rtacha  4  %  ni  tashkil 
etadi.  Quvvatning  katta  qismi  tashuvchi  chastotani  nurlantirishga 
sarflanadi va AM-uzatish energetika uchun anchadan buyon og‘ir yuk 
bo‘lib qolgan [21,22]. 
Bundan  tashqari,  radioeshittirish  uchun  ajratilgan  diapazonlar 
juda to‘lib ketgan. Chastotalar to‘ri qadami Yevropada 9 kGs (UT va 
O‘T),  AQShda  10  kGsni  (O‘T)  tashkil  etadi.  Bu  2x4,5  kGs  uzatish 
polosali 100  dan ortiq chastotalar kanallarini beradi. Bitta chastotalar 
kanali  o‘zaro  halaqitlar  xavfisiz  bir-birlaridan  olisda  bo‘lgan 
uzatkichlarga ajratilishi  mumkin, shuning uchun ular aytilgan sondan 
bir  necha  marta  katta  bo‘lishi  mumkin.  Qisqa  to‘lqinli  diapazonlarda 
to‘rlar qadami atigi 5 kGsni tashkil etadi, bu endi kerakli chastotalar 
polosasidan  kichik.  QTda  radioto‘lqinlarning  uzoq  masofalarga 


172 
 
tarqalishi hisobga olinganida halaqitlar holati yomonlashadi va uzatish 
sifati tashvishli bo‘ladi. 
Bir  polosali  modulyatsiyalashga  o‘tish  kanallar  sonini  ikki 
martaga  va  uzatkichlarning  tejamkorligini  bir  necha  martalarga 
oshirishga  imkon  berar  edi.  Bundan  tashqari,  bir  polosali  uzatishni 
mavjul qabulagichlarda qabul qilish mumkin emas. Shuning uchun bir 
polosali  radioeshittirishga  rejalashtirilgan  o‘tish  ehtimoli  kam, 
bugungi  kunda  atigi  bir  necha  QT-radiostansiyalar  muntazam 
uzatishni amalga oshirmoqda. Va bu endi masala texnika emas, balki 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  masala  hisoblanadi.  Bozorning  konservatish 
vazni juda katta, yuzlab, millionlab mavjud qabullagichlar har qanday 
yangi tizimni ishga tushirilishiga qarshilik qiladi. 
Bunday sharoitlarda eski uzatish tizimini inkor qilish faqat, agar 
iste’molchiga  nafaqat  sifatning  oshirilishi,  balki  qandaydir  yangi, 
oldin mumkin bo‘lmagan narsa taklif etilsa bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, 
insonning  tovarning  narxiga  arzishiga  amin  bo‘lmaguncha  to‘lashni 
istamasligi  ma’lum.  Raqamli  ovozli  radioeshittirish  (RORE)  ovozli 
dasturlari  va    ovoz,  video,  grafik,  matnli  va  boshqa  ma’lumotlar 
turlarini  birlashtiradigan  «radiomultimedia»  dasturlarini  uzatilishida 
prinsipial  yangi  imkoniyatlarni  ochadi.  Bir  beriladigan  turli  xil 
ma’lumotlarni qayta uzatish imkoniyati uzatuvchilarga taqdim etilishi 
mumkin 
bo‘ladigan  servis  xizmatlarining  spektrini  sezilarli 
kengaytiradi.  Musiqiy  eshittirishlarning  asosiy  va  ijrochi  haqidagi 
ma’lumotlar  bilan  birga  bo‘lishi  raqamli  radioda  hozirda  an’anaviy 
bo‘lib  qoldi.  Bundan  tashqari,  sinov  loyihalarida  qabullagichlar 
displeylariga  eshittirishning  matnli  tarkibi,  estrada  ijrochilarining 
fotosuratlari va yangiliklar tarkibini ko‘rsatadigan tasvirlarni berilishi 
sinab ko‘rildi. Lekin ROREda quyidagi muammo mavjud. Ma’lumki, 
etalon sifatda ko‘riladigan CDga yozish sifati bu analog signalni bitta 
kanalga 
44,1kGs 
tanlash 
chastotasili 
16-razryadli 
chiziqli 
raqamlashtirish  hisoblanadi.  Zamonaviy  kompressiyalash  algoritmlari 
bu  1,5  Mbit/s  oqimni  10  martadan  ortiqqa  siqish  imkoniyatiga  ega. 
Masalan, mashhur MPEG Audio Layer2 uchun asos bo‘lgan Musicam 
192 kbit/sgacha siqish imkoniyatiga ega. Bunday oqimni translyatsiya 
qilish uchun yetarlicha katta spektral polosa zarur. 
Bunday  muammoni  echishga  yagona  yondashish  mavjud  emas, 
bugungi 
kunda 
dunyoda 
raqamli 
radioning 
uchta 
asosiy 
texonologiyalari  mavjud.  Bu  Eureka-147  Yevropa  tizimi,  Amerika 


173 
 
IBOC  konsepsiyasi  va  DRM  past  chastotali  (30  MGsgacha)  raqamli 
uzatish tizimlari hisoblanadi. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish