Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


 Raqamli televideniye va radioeshittirish



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

 
5.2. Raqamli televideniye va radioeshittirish 
 
Raqamli 
televideniye. 
Zamonaviy 
televizion 
tizimlarda 
obyektning  tasviri  fotonishonga  –  teskari  tomoni  metallashtirilgan 
slyuda  plastina-izolyatorga  yugurtirilgan  kumush  zarrachalaridan 
yorug‘likka  sezgir  mozaikaga  proeksiyalanadi.  Fotoeffekt  natijasida 
mozaikaning  har  bir  zarrachasida  elekr  zaryad  (videosignal)  hosil 
bo‘ladi. Videosignalning kuchi obyekt tasvirining alohida elementning 
yorqinligiga mos keladi [16].  
Elektron to‘p hosil qiladigan elektron nur mozaika sirti bo‘yicha 
chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga har bir satrning videosignallarini 
o‘qish  bilan  harakatlanadi.  Nurning  harakatlanishini  elektron-nur 
trubka  (ENT)  og‘ma  tizimining  elektromagnitlariga  beriladigan 
arrasimon  shakldagi  elektr  toki  boshqaradi.  Fotonishonning  har  bir 
elementiga atigi 0,02 mm diametrli elektronlar tutami tushadi. Bu har 
bir  satrda  820  ta  elementlarni  o‘qish  imkoniyatini  beradi.  1948  yilda 
qabul  qilingan  standartga  muvofiq  televidenieda    25  kadrlar/s 
chastotali  uzatiladigan  tasvirning  bitta  kadri  625  ta  satrlarga  ega 
bo‘ladi.  Yoyish  satrlari  soniga  tasvirning  aniqligi  bog‘liq  bo‘ladi. 
Boshqa  davlatlarda  qabul  qilingan  satrlar  chastotasi  quyidagicha: 
Buyuk  Britaniyada  –  405,  AQSh  va  Kanadada  -  525,  G‘arbiy 
Yevropada – 819. 
Olingan  videosignallar  videokuchaytirgichga  beriladi,  bu  yerda 
ular  kuchaytirilganidan  keyin  har  bir  satr  va  kadrning  boshlanishi  va 
oxirini 
belgilaydigan 
sinxronlashtiradigan 
impulslar 
bilan 
aralashtiriladi.  Shunday  qilib,  to‘liq  televizion  signal  shakllantiriladi, 
keyin u efirga uzatish uchun telemarkazning radiouzatkichiga beriladi. 


165 
 
Analog  televizion  uzatish  an’anaviy  48,5–100  MGs  (6,2–3  m) 
chastotalardagi  birinchi  kanaldan  beshinchi  kanalgacha  metrli 
to‘lqinlarda  olib  boriladi.  Keyin  telemarkazga  yaqin  bo‘lgan 
shaharlarda TV halaqitlarni oldini olish uchun 174 – 230 MGs (1,7 – 
1,3  m)  chastotalar  diapazonidagi  yettita  kanallar  qo‘shilgan.  Hozirgi 
vaqtda 12 ta TV-kanallar etarli bo‘lmay qoldi va kanalning chastotasi 
qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  TV-signalning  polosasi  shunchalik  keng 
bo‘lishidan  kelib  chiqish  bilan  ularga  470  –  630  MGs  (64  –  47  sm) 
diapazondagi  detsimetrli  to‘lqinlardagi  20  ta  kanallar  qo‘shildi.  25 
kadrlar/s  chastotali  625  ta  satrlarga  ega  bo‘lgan  tasvirni  uzatilishi 
uchun 8 MGs atrofidagi chastotalar spektri kerak bo‘ladi. Bu bitta TV-
kanal chastotalar polosasiga mos keladi. 
Televizion  qabullagichda  efirdan  qabul  qilingan  signal 
kuchaytiriladi  va  kineskopga  beriladi.  TV-signaldan  satr  va  kadr 
yoyish  generatorlarining  ishlashini  boshqaradigan  sinxroimpulslar 
ajratib  olinadi.  Kineskopning  ekrani  lyuminofor  bilan  qoplangan 
bo‘lib,  u  unga  elektron  projektor  nuri  tushganida  yorug‘lanadi. 
Kadrning  satrlari  bo‘yicha  katta  tezlikda  harakatlanadigan  elektron 
nur  ekranning  alohida  nuqtalarini  yoritilishini  keltirib  chiqaradi. 
Ko‘rishning  inersiyasi  tufayli  bu  butun  ekranning  yoritilishi 
tasavvurini hosil qiladi. Kadrning tasviri shunday hosil qilinadi. Ovoz 
alohida chastotaviy modulyatsiyalangan kanal bo‘yicha uzatiladi. 
To‘liq TV-signalda rangli tasvirni uzatish uchun rangli signallari 
qo‘shiladi.  Buning  uchun  ob’ektning  rangli  tasviri  uchta  ENT 
uzatadigan  uchta  bitta  rangli  (qizil,  yashil  va  moviy  ranglar)  tasvirga 
qo‘yiladi. Mos ravishda TV-qabullagichda uchta elektron projektorlar 
ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularning nurlari niqobdagi tirqish orqali o‘tish 
bilan  qizil,  yashil  va  moviy  ranglar  lyuminoforlarini  yoritilishini 
keltirib chiqaradi. Niqob 0,25 mm dimetrli 550 mingta tirqishlarga ega 
bo‘lgan yupqa metal listdan iborat. Raqamli kineskop lyuminofori har 
bir  rangning  uchtadan  donachalarili  guruhlar  bilan  aniq  tirqishlarga 
qarama-qarshi  joylashgan  qizil,  yashil  va  moviy  yoritilishlar 
lyuminoforlarining  1,5  millionta  donachalariga  ega  bo‘ladi.  Bitta 
nuqtaga  yo‘naltirilgan  uchta  ENTlardan  uchta  nurlar  har  bir  alohida 
vaqt  momentida  bitta  lyuminoforlar  guruhiga  tushadi,  bunda  har  bir 
nur “o‘z” rangi lyuminoforining bitta donachasini yoritilishini keltirib 
chiqaradi. Yoyishda nurlar niqobdagi keyingi tirqishga harakatlanadi, 
bu  ekranda  uchta  bir  rangli  tasvirlar  signallarini  moslashtirishga 
imkon beradi. 


166 
 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish