Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

Xususiyatlari/Funksiya 
Xarakteristika 
Aloqa turi 
Spektrni kengaytirish  (chastotani 
sakrashsimon qayta sozlash – FHSS) 
Chastotalar diapazoni 
2,4 dan 2,4835 GGsgacha 
Uzatish quvvati 
100 mVt 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi  20 Mbit/sekundgacha 
Masofa 
100 – 300 metrlar 
Tarmoqdagi qurilmalar soni 
 127 ta  
Ovoz kanallari 
Oltitagacha 
Ma’lumotlarni himoyalash 
Blowfish kodlash algoritmlari 
Manzillashtirish 
48-bitli MAS manzil 
 
2002 
yilda 
Invensys, 
Mitsubishi 
Electric, 
Philips 
Semiconductors  va  Motorola  kompaniyalari  ZigBee  (shuningdek 
HomeRF  lite,  Firefly  va  RF-EasyLink  sifatida  ma’lum  bo‘lgan) 
nomini  olgan  yangi  simsiz  aloqa  standartini  ilgari  surish  bo‘yicha 
uyushma  tashkil  etishdi.  Bugungi  kunda  ZigBee  nomi  ostida  deyarli 
IEEE  802.15.4  standartiga  protokollar  va  kengaytmalar  to‘plami 
yashiringan bo‘lib, u tufayli turli ishlab chiqaruvchilar qurilmalarining 
moslashuvchanligi ta’minlanadi. 
IEEE  802.15.4  standarti  ZigBee  tarmog‘ining  radiochastotaviy 
qismi  –  modulyatsiyalash  turi  (BPSK  va  O-QFSK),  chastotalar 
diapazonlari  va  ularga  mos  uzatish  tezliklari  tavsifiga  ega.  ZigBee 
spetsifikatsiyasi  10  dan  75  metrlargcha  radiusda  250  kbit/s  maksimal 
tezlikda  ma’lumotlarni  uzatilishini  ko‘zda  tutadi.  Lekin  uncha  yuqori 
bo‘lmagan  o‘tkazish  qobiliyati  o‘ta  past  energiya  iste’moli  bilan 
kompensatsiyalanadi,  chunki  standart  apparatura  faqat  kam  vaqtda 
efirni  eshitishi  bilan  vaqtning  katta  qismida  uxlash  rejimida  bo‘lishi 
hisobiga  qurilmalarning  maksimal  past  energiya  iste’molini  ko‘zda 
tutadi.  ZigBee  standariga  uchta  2,4  GGs  (16  ta  kanallar),  915  MGs  
(10  ta  kanallar)  va  868  MGs  (1  ta  kanal)  chastotalar  diapzonlaridagi 
27  ta  kanallar  biriktirilgan.  Bu  efir  diapazonlari  uchun  maksimal 
ma’lumotlarni uzatish tezliklari mos ravishda 250 kbit/s, 40 kbit/s va 
20 kbit/slarni tashkil etadi. Kanalga ulanish tashuvchini nazorat qilish 


186 
 
(Carrier  Sense,  Multiple  Access,  CSMA)  bo‘yicha  amalga  oshiriladi, 
ya’ni qurilma dastlab efir band emasligini tekshiradi va faqat bundan 
keyin  uzatishni  boshlaydi.  128  bitli  kalit  uzunligili  AES  algoritmi 
bo‘yicha  shifrlash  qo‘llanadi.  802.15.4  standarti  MAS  darajadagi 
noyob  64-bitli  manzilning  bo‘lishini,  shuningdek  bu  qurilmaning  u 
yoki  bu  WPANga  (Wireless  Personal  Area  Network)  tegishliligini 
aniqlash  uchun  qo‘shimcha  16-bitli  tarmoq  manzilini    (PAN-ID) 
bo‘lishini ko‘zda tutadi.  
ZigBeening  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  u  nafaqat 
oddiy 
“nuqta-nuqta” 
yoki 
“yulduz” 
bog‘lanishlari, 
balki  
Retranslyatsiya  qilish  va  ma’lumotlarni  uzatish  samarali  marshrutini 
qidirishni  qo‘llay  oladigan  “daraxt”  va  “yacheykali  tarmoq” 
topologiyalarili  murakkab  tarmoqlar  uchun  mo‘ljallangan.  ZigBee 
tarmoqlari  o‘z-o‘zidan  tashkil  bo‘ladigan  va  o‘z-o‘zidan  tiklanadigan 
tarmoqlar  hisoblanadi.  O‘rnatilgan  dasturiy  ta’minot  tufayli  ularning 
qurilmalari  ta’minot  yoqilganida  o‘zlari  bir-birlarini  topishni  biladi. 
Qandaydir  qurilma  ishdan  chiqqanida  ular  xabarlarni  uzatish  uchun 
yangi marshrutlarni qidira oladi. 
ZigBee 
tarmoqlari 
uchta 
asosiy 
turlardagi 
uzellar 

koordinatorlar,  marshrutizatorlar  va  oxirgi  qurilmalarga  ega. 
Koordinator  majburiy qurilma bo‘lib, u tarmoqni hosil qiladi, tarmoq 
uchun  chastotalar  kanali  nomerini  va  identifikatorni  tanlaydi.  Keyin 
unga  marshrutizatorlar  va  oxirgi  qurilmalar  ulanadi,  ularning  sonini 
oshirish mumkin. 
Texnologiyaning 
afzalliklari 
shu 
hisoblanadiki, 
ZigBee-
qurilmalar  70-80  metrlardan  ortiq  masofalarga  uzatishni  ta’minlay 
olmasada,  ular  trafik  uchun  tennel  sifatida    Wi-Fi  va  Bluetooth 
qurilmalari  kanallarini  (agar  ular  ko‘rinish  zonasida  bo‘lsa)  ishlatishi 
mumkin.  Energiya  iste’moliga  kelganda,  bitta  uncha  katta  bo‘lmagan 
batareya  nazariy  jihatdan  ZigBee-qurilmaning  ishlash  qobiliyatini 
saqlash  uchun  bir  necha  oylar  va  hatto  yil  davomida  etishi  kerak. 
Standartning 
boshqa 
afzalliklari 
orasidan 
yaxshi 
mastablanuvchanlikni,  uzilishlar  hollarida  o‘zi  tiklanishi  imkoniyati 
va sozlashning oddiyligini aytib o‘tish kerak. 64-bitli manzillashtirish 
qo‘llanilganida  yagona  tarmoqqa  60  mingtadan  ortiq  ZigBee-
qurilmalarni birlashtirish mumkin. 
Past  o‘tkazish  qobiliyati  va  kichik  ishlash  radiusi  ZigBee 
tarmoqlarni  multimediali  ma’lumotlarni  (oqimli  video  yoki  audio) 
translyasiyalash  uchun  yoki olisdagi ofislarning o‘zaro  aloqasi  uchun 


187 
 
qo‘llanilishiga  imkon  bermaydi.  Buning  uchun  ma’lumotlarning 
simsiz keng polosali uzatish WiMAX texnologiyasi  mavjud. ZigBee-
qurilmalarni asosiy qo‘llanilishi sohasi monitoring, xavfsizlik, tibbiyot 
apparaturalari  holatini  nazorat  qilish  tizimlari  va  boshqalar 
hisoblanadi.  ZigBee  kontrollerlarli  xabarlagichlar  yirik  tashkilotlarda 
texnik  qo‘llab-quvvatlash  xizmatlarining  ishini  soddalashtirishi 
mumkin.  Bu  holda  shtatdan  tashqari  vaziyat  yuz  berganida 
muhandislarga  yaroqsizlikning  sababini  aniqlash  uchun  sensorlarni, 
masalan,    noutbuk  yoki  cho‘ntak  kompyuteri  yordamida  tekshirishni 
tez  amalga  oshirish  etarli  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga  simsiz  aloqa  va 
avtonom  ta’minot  manbalarini  qo‘llanilishi  himoya  tizimlari  va 
monitoring  qilish  komplekslarining  ishonchliligini  oshiradi,  chunki 
jinoyatchi  bitta  kuch  kabelini  uzish  bilan  butun  simsiz  aloqa 
tarmog‘ini ishdan chiqara olmaydi. 
 
Shuningdek,  ZigBee  aloqa  “raqamli  uyning”  ajralmas  qismi 
bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Binobarin, ZigBee kontrollerlarini nafaqat 
xavfsizlik  va  signalizatsiya  tizimlari  xabarlagichlari,  balki  maishiy 
texnika, 
shu 
jumladan 
konditsionerlar, 
videomagnitofonlar, 
televizorlar  va  hatto  oddiy  yoritish  o‘chirgichlari  oladi.  Bu 
unifikatsiyalangan  masofadan  boshqarish  pulti  yoki  mobil  telefon 
yordamida  barcha  asboblarning  ishlashini  nazorat  qilishga  imkon 
beradi. 
 
Bundan  tashqari,  ZigBee-kontrollerlar  aloqa  kanallarining 
o‘tkazish  qobiliyatlariga  yuqori  talablarni  qo‘ymaydigan  turli 
kompyuter  qurilmalariga  o‘rnatilishi  mumkin.  Ular,  masalan, 
joystiklar,  sichqonchalar  va  boshqalar  bo‘lishi  mumkin.  Tibbiyot 
sohasida ZigBee simsiz aloqa operatsiyalarni o‘tkazgan bemorlar yoki 
og‘ir  ahvolda  bo‘lgan  insonlar  holatini  kuzatib  borishga  yordam 
beradi.  Simli  xabarlagichlar  o‘rniga  bemorlarning  qo‘llariga  bosim, 
harorat,  yurak  qisqarishlari  chastotalari  sensorlarli  elektron  braslet 
taqilishi  va  kerakli  davriylikda  olinadigan  ko‘rsatishlar  markaziy 
serverga tashlanishi mumkin, u xavf tug‘ilganida palata va joy nomeri 
ko‘rsatiladigan ogoxlantirish signalini berishi mumkin. 
Tabiiyki,  ZigBee-qurilmalar  uchun  boshqa  ko‘plab  qo‘llanilish 
sohalari  ham  topiladi.  Istiqbolda  ZigBee  simsiz  tarmoqlari  Bluetooth 
texnologiyasiga  jiddiy  raqobatni  hosil  qilishi  kerak.  5.2-  jadvalda 
ZigBee aloqaning asosiy texnik parametrlari keltirilgan. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish