Texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


  AUDIO AXBOROTLAR XUSUSIYATLARI. AUDIO



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/64
Sana31.12.2021
Hajmi3,12 Mb.
#199367
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Bog'liq
RAX qo'llanma ўқув бўлими

3.3.  AUDIO AXBOROTLAR XUSUSIYATLARI. AUDIO 
FAYL FORMATLARI 
 
Reja: 
1. 
 Analog-raqamli oʻtkazlichlar 
2. 
 Raqamli-analog oʻtkazgichlar 
3. 
 Audio fayl formatlari 
 
Kalit  soʻzlar:  audio,  Analog-raqamli  oʻtkazgichlar,  Raqamli-
analog oʻtkazgichlar, WAV, MIDI, MP3
 
Zamonaviy kompyuter tovushli axborotni qayta ishlash qurilmasi 
boʻlib  qoldi.  Protsessorning  takt  chastotasi  tovush  chastotasidan  5 
martoba katta boʻlganligi uchun real vaqt avtomatik oʻzgartirishli juda 
murakkab qayta ishlashni amalga oshirish imkonini beradi. 
Fizikadan  ma’lumki,  tovush  muhitning  tebranishidan  paydo 
boʻladi.  Oyda  tovush  eshitilmaydi.  Mikrofonda  tebranish  elektrik 
koʻrinishga  oʻtadi.    Analog  tovushni  kompyuterda  saqlash  uchun  uni 
raqamli  koʻrinishga  oʻtkazish  lozim,  ya’ni  Analog-Raqamli  Oʻtkazish 
(AROʻ) amalga oshirilishi lozim.  
AROʻ ning ishlash prinsipi qanday?  
Birinchidan, AROʻ tovush signalini vaqt mobaynida diskretlaydi. 
Tovush  intensivligi  uzluksiz  boʻlmasdan,  qat’iy  vaqt  mobaynida 
oʻlchanadi.  Tovush  signalini  oʻlchash  davri  chastotasini  diskretlash 
chastotasi deb atash qabul qilingan. Insonlar qulogʻi 16-20000 Hz (gers) 
ni eshitadi (3.5-rasm). Shundan yuqori sifatli tovushni chiqarish uchun 
yuqori chegara etib 22 kHz qabul qilingan. Shu talabdan kelib chiqqan 
holda chastota 44 kHz kichik boʻlmasligi lozim (kompakt disklar uchun). 


57 
Oddiy  ma’ruzani  yozish  uchun  8  Hz  ham  yetarli.  Diskretizatsiya 
kattalashishi faylning ham kattalashishiga olib keladi. 
 
3.5-rasm. Inson eshitadigan tovush. 
Ikkinchidan,  AROʻ  tovush  signali  amplitudasini  diskretlaydi. 
Kiruvchi signal bilan daraja raqami oʻrtasida bogʻliqlik bor. Boshqacha 
aytganda, tovush balandligi 2 marta oshsa, unga bogʻliq son ham 2 marta 
oshadi. Oddiy holatda shunday qilinadi, lekin chuqurroq qaralsa, bu eng 
yaxshi yechim emas. Keng diapazondagi tovushda inson qulogʻi chiziqli 
emas. Masalan, juda baland tovushda tovush intensivligini koʻtarish yoki 
kamaytirish  sezilmaydi,  aksincha,  shivirlash  paytida  darajaning  ozgina 
tushirilishi  umuman  tushinib  boʻlmas  boʻlib  qoladi.  Shuning  uchun 
raqamli  tovushni  yozish  paytida  (ayniqsa  8-bitli  kodirovkada),  tekis 
taqsimlanmaydigan balandlik darajasidan foydalanadi. 
 
3.6-rasm. Tovushni raqamlashtirish. 
Tovushli  axborotni  oʻzgartirib  kompyuter  xotirasiga  saqlash 
ma’lum  tezisni  yana  bir  bor  ta’kidlaydi,  ya’ni:  ixtiyoriy  axborot 
kompyuterda  raqamli  koʻrinishga  va  keyin  ikkilik  tizimiga  oʻtkaziladi 
(3.6-rasm). 


58 
Tovushni  eshitish  uchun  kompyuter  faylidagi  axborot  diskret 
signaldan  analog  signalga  oʻtkaziladi.  Bu  qurilma  Raqamli-Analog-
Oʻtkazgich (RAOʻ) deb yuritiladi. Albatta, ilk analog signaldagidek qilib 
qayta tiklash oson emas. Chunki qoʻshni diskretlangan nuqtalar orasidagi 
axborot  saqlanmagan  boʻladi.  Har  xil  tovush  kartalarida  shu  oraliqni 
“toʻldirish”  turlicha.  Ularda  katta  hajmdagi  hisoblashlar  amalga 
oshirilgan holda “silliqlashgan” analog tovushga ega boʻlinadi. Maxsus 
mikroprotsessorlar  chiqariladi:  DSP  (Digital  Signal  Processor) 
signallarni raqamli ishlash protsessori [20]. 
Tovushni  yozish  va  oʻqish  (ijro  etish)  uchun  maxsus  qurilma  - 
kompyuterning tovush platasi zarur boʻladi. U oʻz ichga AROʻni oladi, 
AROʻ  signal  amplitudasini  ma’lum  bir  vaqt  oraligʻida  oʻlchaydi  va 
kompyuter  xotirasiga  8  yoki  16  razryadli  kodlar  tarzda  yozadi.  RAOʻ 
tovushni qayta tiklash (eshittirish) uchun signal amplitudasini yozilgan 
kodlar boʻyicha qayta tiklaydi, ya’ni uni dastlabki holatga qaytaradi (3.7-
rasm).  
 
3.7-rasm. Tovushni saqlash va ijro etish jarayoni. 
Audio  axborotni  qayta  ishlaydigan  dasturlar  koʻp  (misol  uchun 
Adobe  Audition,  Acoustica  Digital  Audio  Editor,  Sound  Forge 
dasturlari). Bu muharrirlarning barchasida quyidagilar amalga oshiriladi:  

 
Montaj; 

 
Amplitudali oʻzgartirish; 

 
Chastotali (spektral) oʻzgartirish; 


59 

 
Fazali oʻzgartirish; 

 
Vaqtli oʻzgartirish;  

 
Formantli oʻzgartirish. 
Barcha  muharrirlarda  audioni  belgilash,  qirqish,  qoʻyish  kabi 
montaj usullari amalga oshiriladi. Amplitudali oʻzgartirishda tovushning 
kuchayishi va pasayishini oʻzgartiriladi (vertikal oʻzgartirish). Chastotali 
(spektral)  oʻzgartirishda  ayrim  polosasini  choʻzish  yoki  qisqartirish 
amalga  oshiriladi  (gorizontal  oʻzgartirish).  Fazali  oʻzgartirish  orqali 
aylanuvchi  tovush,  harakatdagi  tovush  yaratiladi.  Vaqtli  oʻzgartirishda 
asosiy  tovushga  vaqt  oʻlchamida  nusxalar  qoʻshish,  ya’ni  nusxani 
ma’lum vaqtga siljigan holda qoʻyish amalga oshiriladi. Agar nusxa 20 
millisoniyagacha siljigan holda qoʻyilsa, xor effekti, undan katta vaqtga 
siljitilsa, exo effekti paydo boʻladi. Formantli oʻzgartirish formantlarga, 
ya’ni  inson  ovozida  uchraydigan  xarakterli  chastota  polosalariga 
asoslangan.  Formantli  oʻzgartirishda  har  bir  tovushga  amplituda  va 
chastota  mos  keladiki,  u  tembrni  va  tiniqlikni  bildiradi.  Shu  formant 
parametrlarini  oʻzgartirib  alohida  tovushni  boʻrttirish  yoki  pasaytirish, 
bir unli harfni boshqasi bilan almashtirish mumkin va hakozo. 

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish