V. Mavzuni mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun “Konferensiya” metodidan foydalaniladi.
32-darsda 3 nafar о‘quvchiga mavzular taqsimlangan. Ular (sayt egalari) о‘zlariga
berilgan mavzular asosida taqdimot tayyorlashi va uni himoya qilishi lozim bо‘ladi.
Qolgan о‘quvchilar konferensiya ishtirokchilari, jurnalistlar sifatida qatnashadi
hamda platforma egalariga turli savollarni berishadi. Platforma egalari savollarga
javob beradi. О‘qituvchi tomonidan javoblar tо‘ldirilishi mumkin.
VI. Baholash
О‘qituvchi о‘quvchilarni darsdagi faolligi hamda savol-javoblardagi ishtiroklariga qarab
baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |