V. Mavzuni mustahkamlash
О‘quvchilarni avvalgi darsdagi kabi 5–6 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir
о‘quvchi о‘z guruhiga tushishi kerak, ya’ni ishni о‘z guruhida davom ettirishi lozim.
О‘quvchilar kichik guruhlarda quyidagi ishlarni amalga oshirishlari zarur:
1. О‘tgan darsda yaratilgan maqsadga yо‘naltirilgan saytlari uchun nom о‘ylab topish.
2. Web-sayt uchun logotip tayyorlash.
3. Web-saytning umumiy tuzilishi, maketini chizish.
4. Web-saytda elementlar rо‘yxati va о‘rnini shakllantirish.
Amalga oshirgan ishlari bо‘yicha taqdimot tayyorlaydi.
VI. Baholash
О‘quvchilarning kichik guruhlarda bajargan taqdimotlari baholanadi. О‘qituvchi darsdagi
faolligi hamda savol-javoblardagi ishtiroklariga qarab о‘quvchilarni baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |