Radioto‘lqinlarning umumiy xossalari. Radioto‘lqinlar tarqalishi jarayonida qator sabablarga bog‘liq bo‘ladigan so‘nishga uchraydi. Uzatkichdan uzoqlashishi bilan energiya yanada katta hajmda tarqaladi, natijada, energiya oqimining zichligi kamayadi.
1.1- jadval
Radiochastotalar diapazonlari
Chastotalar
|
To‘lqin uzunliklari
|
To‘lqin uzunligining metrik nomi
|
Chastotalar diapazoni nomi
|
To‘lqinlar nomi diapazoni
|
4 - 3...30
kGs
|
100...10
km
|
Miriametrli
|
Juda past (JPCH)
|
O‘ta uzun (O‘UT)
|
5 – 30...300
kGs
|
10...1 km
|
Kilometrli
|
Past (PCH)
|
Uzun (UT0
|
6 – 0,3..3
MGs
|
1km 100
m
|
Gektometrli
|
O‘rta (O‘CH)
|
O‘rta (O‘T)
|
7 – 3...30
MGs
|
100...10 m
|
Dekametrli
|
YUqori (YUCH)
|
Qisqa (QT)
|
8 – 30...
300MGs
|
10...1 m
|
Metrli
|
Ultra yuqori (UYUCH)
|
Ultra qisqa (UQT)
|
9 – 0,3...3
GGs
|
1 m...1 dm
|
Detsimetrli
|
O‘ta yuqori (O‘YUCH)
|
10 – 3..30
GGs
|
10...1 sm
|
Santimetrli
|
Juda yuqori (JYUCH)
|
11 – 30..
300 Gs
|
10...1 mm
|
Millimetrli
|
12 – 300...
3000 GGs
|
1... 0,1
mm
|
Detsimillimetrli
|
Radioto‘lqinlar tarqaladigan muhit ham ularning so‘nishini keltirib chiqaradi. Bu issiqliq yo‘qotishlari tufayli energiyaning yutilishi va yer sharining qavariqligi yoki yerdagi do‘ngliklar ko‘rinishidagi to‘siqlardan aylanib o‘tishida to‘lqin maydoni kuchlanganligining kamayishiga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqin elektr va magnit maydonlardan tashkil topgan (1.7- rasm).
1.7- rasm. Elektromagnit to‘lqinning tuzilishi
Fazoning har bir nuqtasida to‘lqining E elektr maydon kuchlanganligi vektori N magnit maydon kuchlanganligi vektoriga perpendikulyar va har ikkala vektorlar ham to‘lqinning tarqalishi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Radioto‘lqinlarning tarqalishi quyidagi ma’lum qonunlarga bo‘ysunadi:
Bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziqli tarqalish, ya’ni xossalari barcha nuqtalarida bir xil bo‘lgan muhitda tarqalishi.
Bitta muhitdan boshqasiga o‘tishda qaytish va sinish. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng.
Difraksiya. O‘z yo‘lida tiniqmas jismga duch kelish bilan radioto‘lqinlar undan aylanib o‘tadi. Difraksiya to‘siqning geometrik o‘lchamlari va to‘qin uzunliklari nisbatlariga bog‘liq ravishda turli darajalarda namoyon bo‘ladi.
Refraksiya. Xossalari nuqtadan-nuqtaga asta-sekin o‘zgaradigan bir jinsli bo‘lmagan muhitlarda radioto‘lqinlar egri chiziqli traektoriyalar bo‘yicha tarqaladi. Muhitning xossasi qanchalik keskin o‘zgarsa, traektoriyaning egriligi shunchalik katta bo‘ladi.
To‘liq ichki qaytish. Agar optik zichroq muhitdan kam zichlikli muhitga o‘tishda tushish burchagi qandaydir chegaraviy qiymatdan oshsa, u holda nur ikkinchi muhitga o‘tmaydi va muhitlarning chegarasidan to‘liq qaytadi. Chegaraviy tushish burchagi to‘liq ichki qaytish burchagi deyiladi.
Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin amplitudasining ortishi yoki kamayishi kuzatiladi.
Yer sirtida tarqaladigan va yer sharining qavariqligi qisman og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi. Sirt to‘lqinlarining tarqalishi yer shari sirtining xossalariga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va atmosferaning bir jinslimasliklari tufayli yerga qaytadigan radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |