Bunday elektromexanik chastota o‘zgartkichda sinxron generator SG dan olinayotgan kuchlanishning qiymati va chastotasi bir-biriga bog'liq bo‘lmagan holda boshqariladi. SG ning qo‘zg‘atish chulg'amidagi o‘zgaruvchan qarshilik yordamida kuchlanish qiymati boshqariladi, chastota esa o'zgarmas tok generatori G ning qo‘zg‘atish chulg‘ami GQChdagi o‘zgaruvchan qarshilik yordamida boshqariladi. Garchi bu o‘zgartkichda chastota o‘zgarish diapazoni yuqori bo‘lsa ham biroq uning texnik-iqtisodiy ko'rsatkiehlari yuqori emas: o‘zgartkichning o‘rnatilgan quvvati judda katta (to'rtta yordamchi mashinalar to‘liq quvvat bilan ishlaydi); foydali ish koeffitsiyenti va elektr yuritmaning tezkorligi past. Chastotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan asinxron elektr yuritmalarning taraqqiyoti davri davomida elektromexanik chastota o'zgartkichlarning har xil turlari yuzaga kelgan bo’lsa ham elektromexanik tizimlarga xos bo’lgan yuqoridagi kamchiliklar u bu darajada saqlanib qoladi.
Keyingi paytda takomillashgan yarimo’tkazgichlarning ishlab chiqarila boshlanishi va ular asosida o'zgartkichlar texnikasining rivojlanishi natijasida ishonchlilik darajasi yuqori bo'lgan chastota o'zgartkichlar tiristor va kuch tranzistorlari asosida yaratilmoqda. Tiristorli va tranzistorli chastota o'zgartkichlar (TChO‘) ikki guruhga bilvosita va bevosita chastota o’zgartkichlarga bo‘linadi.
Bilvosita TChO‘larda tarmoqdan kelayotgan o‘zgaruvchan tok kuchlanishi tiristorli o‘zgartkich (TO‘)da to‘g‘rilanib, avtonom invertor (AI)ga uzatiladi va u yerda o'zgarmas tok kuchlanish chastotasi rostlanadigan o‘zgaruvchan tok kuchlanishiga o‘zgartiriladi. 35.2- rasmda shunday TChO' ning blok sxemasi keltirilgan bo‘lib, bunda TO‘ boshqariluvchi tiristorli o‘zgartkich, TO‘BT uning boshqarish tizimi, ya’ni IFBT, rostlash bloki RBning vazifasi chastota rostlashning qaysi qonuniyatga amal qilinayotganiga qarab TChO‘ning statik va dinamik rejimlarida kuchlanish hamda chastota o‘zgarishini o‘zaro moslashtirish-dan iborat.
Bilvosita TChO'larda o‘zgarmas tokli zvenoning bo‘lishi, avtonom invertorning chiqishidagi chastotaning ham yuqoriga va ham pastga qarab keng diapazonda rostlashga imkon beradi, bu bilvosita TChO‘ning asosiy afzalligi bo‘lib, bu turdagi TChO’larning ishlab chiqarishda keng qo’llanilishiga olib keladi.
TO‘ning tok manbayi (TM) yoki kuchlanish manbayi (KM) rejimida ishlashiga qarab TChO'ning avtanom invertorlari ham tok avtonom invertori (TAI) yoki kuchlanish avtonom invertori (KAI) rejimlarida ishlashi mumkin. TChO‘ invertorining KAI rejimida TO‘ning ichki qarshiligining kichik qiymatli bo‘lishi, invertorga kelayotgan kuchlanishning yuklanish tokiga bog‘liq bo'lmaslikka olib keladi. Agar TO‘ ning ichki qarshiligi kichik bo‘lmasa va uning ta'siri sezilarli bo‘lsa, u holda Ud= const sharti TO‘ning kuchlanish bo‘yicha kuchli manfiy teskari bog'lanishi orqali amalga oshiriladi. Ud qutblari o'zgarmas bo'lgani uchun yuklanish zanjiridagi o‘zgaruvchan tok tarmoqqa energiyaning uzatilishi faqat Id ning yo'nalishi o‘zgatirilgandagina mavjud bo‘la oladi, bu esa yana qo'shimcha tiristorlar komplekti bo‘lishini taqozo qiladi va bu KAIli TChO‘larning asosiy kamchiliklaridandir.
TChO'ning TAIli variantida Id ning doimiyligi yuklanish kuchlanishiga, ya’ni asinxron motorning tezligiga bog'liq bo‘lmasligi kerak. fd – const shartining bajarilishida TO'ning ish rejimi tok manbayi rejimi bo'lib, bu rejim o‘zgarmas tok zanjiriga katta induktivlikka ega reaktorni ulashni va teskari bog‘lanish konturi bo‘lishini taqozo qiladi. Enetgiyani tarmoqqa uzatish jarayonida Id yo’nalishning o'zgarmasligi hisobga olinsa, TO‘ kuchlanishning qutblari o'zgarishi lozim. Bu shart reversiv bo‘lmagan TO'ning sxemasida tiristorli o'zgartkichning tarmoqqa ergashuvchi invertor rejimiga o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. TAIli TChO'ning asosiy afzalligi bir tiristor komplektida energiyaning tarmoqqa uzatish imkoniyati borligidadir.
Asinxron motorning turg'un ish rejimlaridagi tezligini berilgan ko‘rsatkichlar kattaliklarida ushlab turish uchun albatta tezlik yoki kuchlanish bo‘yicha teskari bog'lanishlarning bolishi shartligi TAIli TchO’larning asosiy kamchiliklaridan biri hisoblanadi.
Avtonom inverlorlarning ish rejimlari qanday bolishidan qat'iy nazar ularning boshqarish tizimlari 3.8- rasmda tasvirlanganidek funksional sxemadan iborat boladi.