Texnologiyalari universiteti kriptografiyaning matematik asoslari


Gammalashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarining matematik asoslari



Download 2,95 Mb.
bet38/80
Sana12.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#779691
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80
Bog'liq
61a1f802400240.80551248

4.4. Gammalashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarining matematik asoslari


Shifrlash jarayonida ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi mos alifbo belgilari bilan “kalit” deb ataluvchi parametrning mos elementlari ustida biror amal bajarish natijasida shifrma’lumotni tashkil etuvchi alifbo begilariga akslantirish amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi gammalashtirish shifrlash algoritmi turkumiga kiradi.
Gammalashtirish bilan shifrlash uslubining mohiyati ochiq ma’lumotni (yoki shifrma’lumotni) tashkil etuvchi alifbo belgilari bilan, shifrlash kalitini ifodalovchi psevdotasodifiy ketma-ketlikning mos elementlari gammasini tashkil etuvchi elementlar ustida biror amal bajarish bilan shifrma’lumot hosil qilishdan iborat. Bunda ochiq, shifrlangan va kalitni ifodalovchi gamma ma’lumotlarning alifbo belgilari bitta to‘plamdan olingan bo‘lishi zarur. Misol uchun 2 modul bo‘yicha qo‘shish amalidan foydalanib, ikkilik sanoq tizimi alifbosida raqamli ko‘rinishda berilgan ma’lumotni quyidagicha shifrlash va deshifrlash mumkin: Ochiq matn: 0110011100100011...
Kalitni ifodalovchi gamma: 110110010110101...
Shifrlangan matn: 1000101110010110...
Kalitni ifodalovchi gamma: 1110110010110101...
Ochiq matn: 0110011100100011...
Bu misoldan ko‘rinadiki, deshifrlash uchun kalit bo‘yicha (ya’ni kalitni
tashkil etuvchi gamma elementlari bo‘yicha) shifrma’lumotning mos elementlarini 2 modul bo‘yicha qo‘shishdan foydalanib qayta gammalashtirish kifoya. Bunday shifrlash va deshifrlash jarayonlari akslantirishlarining matematik modeli mos ravishda ushbu: xi ki yi va yi ki xi (analitik) formulaviy ifodalarga ega. Bu
yerda xi - ochiq ma’lumotning i-biti, ki - kalitni ifodalovchi gammaning i-biti,
yi -shifrlangan ma’lumotning i-biti, - modul 2 bo‘yicha qo‘shish amalidan iborat.
Ya’ni yuqoridagi ifodalar ushbu: (xi ki )mod2  yi va (yi ki )mod2  xi formulalarga teng kuchli. Biror n-xarakteristikaga ega bo‘lgan chekli maydonlarda modn bo‘yicha amallar bajarish ochiq ma’lumot alifbosi belgilari yoki belgilar birikmalarini ifodalovchi shifr qiymat va shifrma’lumot alifbosi belgilari yoki belgilar birikmalarini ifodalovchi shifrbelgilarning chekli sonda ekanligi bilan uzviy bog‘liq. Misol uchun ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alifbo kirillcha 32 ta belgilardan iborat bo‘lsin.
Ularni A 0, Б 1, В  2,, Я 30, bo‘shliq(probel)31 moslik bilan ifodalab, kalit gammasini ushbu ТГЗ...ЯЛ...КЗУ ko‘rinishdagi tasodifiy ketmaketlikdan iborat deb olib, “gammalashtirish” – ochiq ma’lumotni shifrlashni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
(Г Т )mod32  (419)mod32  23 Ц, (А Г)mod32  (0 4)mod32  4  Г,
(М З)mod32  (138)mod32  21Ф,…,(АЯ)mod32  (030)mod32  30  Я,
(Ш Л)mod32  (2512)mod32  5  Д,…, (Р К)mod32  (1711)mod32  28  Ь, (И З)mod32  (98)mod32 17  Р, (Ш У)mod32  (25 20)mod32 13 М,
va natijada “SGF...YaD...RM” –shifrma’lumotga ega bo‘lamiz. Deshiflash esa quyidagicha amalga oshiriladi:
(Ц Т )mod32  (2319)mod32  4  Г, (Г Г)mod32  (44)mod32  0  А,
(ФЗ)mod32  (218)mod32 13М, …,(Я Я)mod32  (3030)mod32  0 А,
( Д Л)mod32  (512)mod32  (327)mod32  25 Ш, …,
(Ь К)mod32  (2811)mod32 17  Р, (Р З)mod32  (178)mod32 9  И, (М У)mod32  (1320)mod32  (327)mod32  25 Ш.
Xuddi yuqorida keltirilgan misoldagi kabi, agarda ochiq ma’lumot kompyuterdan foydalanilgan holda tuzilib, standart ASCII kodi alifbosi belgilaridan iborat bo‘lsa, u holda ochiq ma’lumotning X i -belgisini, unga mos ASCIIi kodi qiymatiga, shifrlash jarayonida unga mos keluvchi kalit gammasi Г j elementining ASCIIj kodi qiymatini xarakteristikasi 256 bo‘lgan chekli maydonda qo‘shib, natijaning qiymatiga teng bo‘lgan ASCII kodli Yi belgiga almashtiriladi:
(X i Г j )mod 256 Yi va shifrma’lumot hosil qilinadi. Deshifrlash ushbu: (Yi Г j)mod256  Xi formula orqali amalga oshirilib, shifrma’lumotga mos ochiq ma’lumot hosil qilinadi.
Agarda kalit gammasi qaytariluvchi davrga ega bo‘lgan bitlardan iborat bo‘lmasa, olingan shifrma’lumotni ochish yetarli darajada qiyin bo‘ladi. Buning uchun kalit gammasini tashkil etuvchi elementlar tasodifiy o‘zgarishi kerak.
Amalda kalit gammasining davri butun shifrma’lumot uzunligidan katta bo‘lib, ochiq ma’lumotning hyech bir qismi ma’lum bo‘lmasa, bunday shifrma’lumotga mos keluvchi ochiq ma’lumotni topish murakkab bo‘ladi. Bunday hollarda shifrma’lumot faqat uzunligi uning uzunligiga teng bo‘lgan kalit gammasining mumkin bo‘lgan barcha variantlarini tanlash orqali ochiladi.
Agarda raqib tomonga ochiq ma’lumotning biror qismi va unga mos keluvchi shifrma’lumot ma’lum bo‘lib qolsa, u holda shifrlashning gammalashtirish uslubi o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunki bunday holda raqib tomon ochiq ma’lumotning ma’lum bo‘lgan qismi mazmuniga ko‘ra butun
shifrma’lumotni ochishga harakat qiladi. Misol uchun, ko‘plab maxfiy hujjatlar «Mutlaqo maxfiy» yoki boshqa shu kabi so‘zlar bilan boshlanib, kriptoanalitik uchun tahlil yo‘nalishini aniqlashga yordam beradi. Bunday holatlarni axborot tizimi muhofazasi kriptotizimining amalda qo‘llanilishida albatta hisobga olish kerak.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish