TIZIMNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHI
Prezidentimiz 2018-yilning 3-oktabr kuni o'tkazilgan yig'ilishda elektr energiyasi
sohasida vujudga kelgan ahvolni tanqidiy tahlil etar ekan, uni rivojlantirishning
dolzarb vazifalarini belgilab berdi.
– Atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi yoqilg'i sarfini qisqartirish bo'yicha
revolyutsion yechimlardan biri bo'ladi, biroq buning uchun hali 8-10 yil kerak.
Shuning uchun mavjud muammolarni tezroq bartaraf etish va tarmoqni tubdan
rivojlantirish, eng muhimi, qisqa davrda tizimda sezilarli ijobiy o'zgarishlarni
ta'minlash kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Oradan ko'p o'tmay, tizimda tub burilishlar davri boshlandi. Prezidentimizning 2019-yil 1-fevraldagi qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Energetika
vazirligi tashkil etildi. Shu jumladan 2019-yil 27-martdagi PQ–4249 sonli
"O'zbekiston Respublikasi elektr energetika tarmog'ini yanada rivojlantirish va isloh
qilish strategiyasi to'g'risida"gi qaroriga asosan, "O'zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati
isloh qilinib, uning negizida "Issiqlik elektr stansiyalari", "O'zbekiston milliy elektr
tarmoqlari" va "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatlaritashkil topdi. Ular
vazirlik tarkibida faoliyat ko'rsatishi barobarida har bir jamiyat "o'z aravasi"ni o'zi
tortishiga qaratilgan tashkiliy-huquqiy asoslarga ega. Qarorga muvofiq "Issiqlik elektr
stansiyalari" AJ elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr
stansiyalari va elektr markazlari faoliyatini boshqarish uchun tashkil etilgan
"O'zbekenergo" AJning tugatilishi va 3 ta mustaqil tashkilotlarga bo'linishidan so'ng,
bizning barchamiz o'zimiz uchun belgilab berilgan maydonlarda ish bilan faol
bandmiz, chunki har bir tashkilot energiya ishlab chiqarish, uni yetkazish va
taqsimlash borasida o'z vazifalariga ega hisoblanadi, "Issiqlik elektr stansiyalari"
AJning asosiy vazifalari esa — elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishni
ta'minlash, yurtimizning energetik xavfsizligiga erishish, iqtisodiyot tarmoqlari va
aholining elektr energiyasiga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida
mamlakatimizda yuritilayotgan energetika siyosatini amalga oshirishdan iborat. Kuni
kecha Yurtboshimiz tomonidan imzolangan "Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh
qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar
to'g'risida"gifarmon ushbu yo'galishdagi ishlarni yangi bosqichga ko'taradi.
Shuningdek, bugungi kunda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ faoliyatining ustuvor
yo'nalishlaridan biri — bu modernizatsiya dasturlarini amalga oshirish, ishlab
chiqaruvchi quvvatlarni zamonaviy asbob-uskunalar va ilg'or texnologiyalar asosida,
shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga rekonstruksiya qilish,
zamonaviylashtirish, raqamli texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, texnika bilan
qayta jihozlash va yanada rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini
yaratishdir.
2020-yilda yurtimizdagi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan 60,75 mlrd. kVt.soat
elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Iqtisodiyot tarmoqlarining rivoji va aholi
ehtiyojlarining oshishi tufayli 2030-yilga borib elektr energiyaga talab 2 barovarga
o'sishi kutilyapti. Bunda ko'zda tutilayotgan atom elektr stansiyasi va muqobil
energiya manbalari hisobi oshirilishi va ishga tushirilishi ko'zda tutilgan bo'lsa-da,
"asosiy yuk" IESlari zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |