Texnologiyalari fakulteti neft va gazni qayta ishlash texnologiyalari kafedrasi neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiylari



Download 0,76 Mb.
bet1/6
Sana22.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#398564
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Komilov Muhammadqodir TKTI 17-20



TOSHKENT KIMYO –TEXNOLOGIYA INSTITUTI

YOQILGÍ VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY

TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

NEFT VA NEFT-GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYLARI

YO’NALISHI 17-20 GURUH TALABASI

MUXAMMADQODIR KOMILOVNING



ELEKTOROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA FANIDAN

“O’ZBEKISTONDA ISSIQLIK ENERGIYASI TARAQQIYOTI” MAVZUSIDA



KURS ISHI

TEKSHIRDI: Badalova Gulbaxor

REJA:


  1. Elektr energiyasi yaratilish tarixi

  2. O’zbekistonda issiqlik energiyasi kirib kelishi

  3. Mening eletr energiyasi iste’molim

  4. O’zbekistonda issiqlik energiyasi boýicha muammolarni hal etish yo’llari


Tarixga nazar

 Elektr energiyasi lotincha "electricus" so'zidan (qadimgi yunoncha "ἤλεκτρον") olingan bo'lib, zaryadlangan erkin elektron zarralarining o'zaro ta'siri va tartibli harakati natijasida yuzaga keladigan hodisalar majmui hisoblanadi.

  Ushbu atamani ilk bor ilmiy adabiyotga ingliz tabiatshunosi Uilyam Xilbert 1600-yilda yozilgan "Magnit, magnit jismlar va yirik magnit — yer to'g'risida" asarida kiritgan.

  Risolada magnit kompasining ish xususiyatini batafsil tushuntiradi va magnitlangan jismlar ustida o'tkazgan o'zining ba'zi tajribalarni tasvirlaydi. Muallif asarida tabiatdagi boshqa moddalar ham elektrlashtirilish, ya'ni ma'lum bir darajada magnit maydoni hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqlaydi.

  Qadimgi ajdodlarimiz elektr baliqlarining xususiyatlari haqida bilishar edi...

  Miloddan avvalgi 2750-yillarga oid qadimgi Misr yozuvlarida bunday xususiyatga ega baliqlar "Nil momoqaldiroqlari" deb nomlangan va afsonalarga ko'ra ular "baliqlarning himoyachilari" sifatida ta'riflangan.

  Yana ming yillardan so'ng "Ko'rinmas nur bilan kuydiruvchi" baliqlar haqida qadimgi yunon, Rim va Arab tabiatshunoslari, tabibu hakimlari o'z yodnomalarida bitiklar yozib qoldirishgan.

  Masalan, Pliniy oqsoqol va Skribonius larg elektr balig'ining xususiyatlari, elektr nurlari natijasida hosil bo'lgan elektr zaryadlarining falajlovchi ta'siri borligi va bunday zaryadlar o'tkazuvchan jismlar bo'ylab harakatlanishi mumkinligini qayd etishgan.

  Ba'zi tabiblar tomonidan bosh og'rig'i kabi kasalliklarga duchor bo'lgan bemorlarni davolash umidida elektr baliqlarini ushlash muolajalari buyurilgani haqida ma'lumotlar mavjud.

  O'rtayer dengizida mavjud bo'lgan qadimgi madaniyatlar ba'zi narsalarni, masalan, qahrabo daraxtining qurigan shoxlarni mushuk mo'ynasiga ishlaqab, so'ng yengilroq narsalarni tortib olish mumkinligini bilishgan...

  Miletlik Fales miloddan avvalgi 600-yillarda statik elektr energiyasini o'z kuzatuvlarida qayd etib borgan. Ayrim jismlar bir-biriga ishlaqanishi oqibatida ma'lum muddat magnitlik xususiyatiga ega bo'lsa, ayrim "magnetit" deb atalgan yerosti ko'mirlari hech qanday ishlov berilmasa ham ayrim jismlarni o'ziga yopishtirib olishini o'rgangan.

  Tabiatshunos magnitlanish — elektrlanish hodisasi bilan umumiy negizga ega ekanligini bilmagan.

 Shunday qilib, 1600-yilda Uilyam Xilbert elektr atamasini o'zining asarida "Amber", ya'ni yunon tilida ἤλεκτρον: "elektron" — "qahrabo" deb atab, uning xususiyatlarini yozganidan so'ng bu tabiat ne'mati ilmiy asarlarda tez-tez uchraydigan bo'ldi.

  Uilyam Xilbertning XVII asr boshidagi ilk tajribalaridan so'ng "elektr" atamasi el orasida mashhur bo'lib, turli tajriba-sinovlar o'tkazish boshlandi.

 1663-yilda Otto fon Gerike metall tayoqchaga biriktirilgan shar shaklidagi elektrostatik mashina (oltingugurtdan) yaratib, hosil bo'lgan elektromagnit maydoni nafaqat tortish, balki o'zidan itarish xususiyatini ham namoyon qilishini o'rgandi.

   1729-yilga kelib ingliz tadqiqotchisi Stiven Grey elektr energiyasini masofadan uzatish bo'yicha tajribalar o'tkazayotib barcha jismlar ham elektr energiyasini bir xilda o'tkazmasligini aniqladi.

   1733-yilda frantsuz olimi Sharl Dyufe ikki turdagi elektr toki mavjudligini aniqladi: "shishali" — ipak matolarini shisha yuzasiga ishqalashdan, "qatronli" — smola, ya'ni qatronni jun matolarga ishqalashdan hosil bo'ladigan.

 1745 yilda gollandiyalik olim, Leyden shahri tadqiqotchisi Piter van Mushenbruk birinchi elektr kondensator — "Leyden kavanozi" yoki "Leyden idishi"ni yaratdi.



   Mushenbruk laboratoriyasida ixtiro qilingan "Leyden idishi" quyidagicha ishlagan: aylanadigan shisha sharning elektrostatik generatori tomonidan yaratilgan statik elektr toki osma zanjir orqali yordamchi Andreas Kyuneus ushlab turgan idishdagi suvga yo'naltirilgan, suvda katta zaryad to'plangan va qarshi zaryad idishi ustidagi simni ushlagan Kyuneusga kuchli "zarba" bergan.

   To'g'ri, 1745 yilda Mushenbruk ixtirosiga parallel ravishda "tibbiy idish" deb nomlangan qurilma nemis olimi Evald Yurgen fon Kleist tomonidan ham ixtiro qilingan.

   Bularning bari sizu biz hozirgi turmushimizni usiz tasavvur eta olmaydigan elektr energiyasi ixtiro qilinishiga eltuvchi so'qmoqlar bo'lgan, xolos.

XVIII asr boshlarida atmosferadagi elektr yoyi xususiyatlarini o'rganish bo'yicha rus olimlari G.V.Rixman (1711-1753) hamda M.V.Lomonosov (1711-1765) o'z ilmiy tajribalarini o'tkazishgan.

   Ammo dastlabki elektr nazariyasi amerikalik mashhur siyosatchi, dunyo xaritasida AQSh davlati paydo bo'lishiga o'z hissasini qo'shgan davlat arbobi, shu bilan birga, zamonasining taniqli olimi Benjamin Franklin tomonidan yaratildi. Uning risolalarida ("Elektr bilan tajribalar va kuzatishlar" asari, 1747) elektr energiyasi "Nomoddiy suyuqlik", "Ko'rinmas oqim" deya ta'riflangan.



   Shuningdek, u musbat va manfiy zaryad tushunchasini kiritadi va ularni (+) → musbat hamda (–)→ manfiy matematik belgilar bilan ifodalaydi.

   Olim birinchi bo'lib yashin urishiga qarshi vosita — yashino'tkazgichni ixtiro qiladi va uning yordamida chaqmoqning elektr energiyasi bilan hamohangligini isbotlaydi.



 Elektr energiyasini chuqurroq o'rganish 1785-yilda fransuz harbiy muhandisi Sharl de Kulonning (1736-1806) Kulon qonuni kashf etilganidan keyin aniq fanga aylana boshladi.

   Keyinchalik, elektromagnit maydon ta'limotining asoschisi — italiyalik olim Maykl Faradey (1791-1867) tadqiqotlaridan ruhlangan italiyalik shifokor, eksperimental eletrofiziologiyaning asoschisi Luiji Galvani (1737-1798) 1791-yilda hayvonlarning mushaklarida elektr tokining mavjudligini ta'riflovchi "Mushaklarning harakatlanishi paytida elektr ta'siri haqida risola" asarini nashr etdi.

   Italiyalik olim Alessandro Volta (1745-1827) 1800-yilda dastlabki to'g'ridan-to'g'ri oqim manbai — "Galvanik elementini" ixtiro qiladi. Elektr tokining kimyoviy manbai hisoblangan galvanik elementi — bu sho'r suvga botirilgan qog'oz bilan ajratilgan rux hamda kumushli doirachalar ustunidir.

Voltaning ixtirosidan 2 yil o'tib (1802) rus olimi Vasiliy Petrov (1761-1834) "Volta yoyi" — elektr yoyini kashf etdi. Aynan shu ixtiro elektr lampochka tarixini boshlab berdi, desak bo'ladi.

   Keyinchalik, rus muhandislari Pavel Yablochkov hamda Aleksandr Lodiginning uzoq tajribalardan so'ng "Lodigin va jamoaning elektr yoritish sherikligi" tashkilotiga asos solinadi va 1873-yilda "Porlovchi lampalar" namoyish etildi.

   Umuman olganda, lampalar ixtirosining "Dastlabki uchqunlari" oldinroq paydo bo'lgandi. Parijda o'qib, Londonda ilmiy ishlar olib borgan Normandiyalik olim Uorren De la-Ryu (1815-1889) avval rasadxona, so'ng qog'oz ishlab chiqarish fabrikasini yuritadi.

   1840-yilda u vakuumli trubkaning ichiga sim ulab, elektr qarshiligi tufayli yorug'lik paydo bo'lishini aniqlaydi va aynan shu tajriba keyinroq elektr lampochkasining ixtiro qilinishiga sabab bo'lgan, degan taxminlar mavjud.

 Uorren De la-Ryuning tajribasini Genrix Gebel (1818-1893) ismli germaniyalik soatsoz usta birmuncha takomillashtirdi.

   1878-yilda Lodigin tajribalaridan bexabar ingliz olimi Jozef Svan (1828-1914) shisha kolba shaklidagi birinchi lampochkani yaratdi. Kolba ichida elektr tokiga qarshilik qiluvchi moslama "ko'mir sim" shaklida bo'lib, uning yorug'ligi juda kuchsiz edi.

   1879-yilda esa ixtirochi Tomas Edison (1847-1931) hozirda biz bilgan xo'jalik buyumiga yaqinroq bo'lgan lampochkani ixtiro qildi. Uning ixtirosida Svan tajribalari asos bo'lgani rost, Tomas uni yanada takomillashtirdi.

   Xullas, 1880-yildan boshlab donasi 2,5 dollar bo'lgan lampochkalarning dastlabki shakli ishlab chiqarilib, aholiga sotila boshlandi. Oradan biroz vaqt o'tgach, Jozef Svan va Tomas Edison o'z mablag' hamda bilimlarini birlashtirib, "Edison & Swan United Electric Light Company" tashkilotiga asos solishdi.

 1721-yilda asos solingan Rossiya Imperiyasining Fanlar akademiyasi Lodiginni Lomonosov nomidagi mukofot bilan taqdirlaydi. 1876-yilda Pavel Yablochkov o'zining chiroq lampasiga patent oldi va u "Yablochkov shag'ami" deb ataldi. 1878-yilgi Parij ko'rgazmasidan so'ng Yablochkov ixtirosi ommalasha boshladi.

   Rossiyada ishi yurishmagan Lodigin esa Amerikaga yo'l oldi. Okeanortida uning ixtirosi Edison nomi bilan atalishini bilgach, rus muhandisi elektr lampochkasini yanada takomillashtirishga kirishdi.

   1820-yilda daniyalik fizik Ersted elektr zanjirini qo'shish va ajratish paytida kompas ko'rsatkichi tebranishini aniqlaydi. 1821-yilda fransuz fizigi Amper elektr va magnetizm o'rtasidagi bog'liqlik faqat elektr tokida kuzatilib, statik elektr holatida yo'qligini o'rganadi.

   So'ngra bu ixtirolar Joul, Lents va Om asarlarida aks etadi. 1830-yilda esa Gauss elektrostatik maydon nazariyasining asosiy teoremasini e'lon qiladi.

Quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab fransuz fizigi Aleksandr Edmond Bekerel tomonidan 1842-yilda kashf etildi. Charlz Fritts ismli olim nurni elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur — selendan foydalanishni taklif etdi. Quyosh batareyalarining dastlabki prototipi italiyalik olim Jakomo Luidji Chamichyan tomonidan yaratilgan.

   Oradan qariyb bir asr vaqt o'tib, aniqrog'i 1948-yil 25-martda Bell Laboratories tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga mo'ljallangan birinchi quyosh batareyalari yaratilgani omma e'tiboriga e'lon qilindi.

   10 yildan so'ng, ya'ni 1958-yil 17-martda AQShda quyosh panellaridan foydalanadigan sun'iy yo'ldosh — "Avangard-1" kosmik kemasi fazoga uchirildi. 1958-yil 15-mayda Sovet Ittifoqi ham quyosh batareyalaridan foydalanadigan "Sputnik-3" nomli sun'iy yo'ldosh uchirilganini ma'lum qildi.

 Bugungi hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi...

  Buni qarangki, Turkiston o‘lkasiga elektr ta'minotining dastlabki uskuna-jihozlari, umuman olganda ushbu atamaning o‘zi ham XX asrning boshlarida kirib kelgan.

  1917-yilgacha Chor Rossiyasi mustamlakasi ostida bo‘lgan O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 3,3 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

  1920–1930-yillarga kelib dizel yoqilg‘isida ishlaydigan elektr stansiyalari Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda qurilgan.

  1926-yilning 1-may sanasidan «Bozsuy» gidroelektr stansiyasi ishga tushirilgan. Suratdagi transformator budka aynan shu gidroelektr stansiyaga xizmat qilgan.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, yurtimizning qaysi hududi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivoj topib, yangi sanoat quvvatlari qad rostlay boshlagan bo'lsa, o'sha joyda elektr stansiyalari barpo etilganligining shohidi bo'lamiz. Masalan, poytaxtda ishga tushgan to'qimachilik kombinati, uning atrofidagi hududni issiqlik va elektr quvvati bilan ta'minlash zarurati 1939-yilda O'zbekistonda birinchi "Toshkent IEM"ning paydo bo'lishiga asos bo'lgan. 60-yillarga kelib, dastavval Angrenda, so'ngra Farg'ona, Sirdaryo, Taxiatosh, Toshkent viloyati, Navoiy, Muborakda va boshqa hududlarda ana shunday inshootlarning barpo etilishiga ehtiyoj tug'ilgan.

  Vaqtning shiddat bilan o'tishi, yangi taraqqiyot texnologiyalarining kirib kelishi har bir soha oldiga butunlay yangicha vazifalarni qo'yib keladi. Yillar davomida yurt charog'onligi va rivoji uchun xizmat qilib kelayotgan elektr stansiyalari ham holdan toyishi barobarida zamonaviy ishlab chiqarish, ekologik talablarga javob bermay qoldi.

  2017-yil tahlillariga ko'ra rivojlangan davlatlarda 1 kilovatt energiya ishlab chiqarish uchun 240-260 gramm yoqilg'i ishlatilgan bo'lsa, mamlakatimizdagi ayrim stansiyalarda 2 barobar ko'p yoqilg'i sarflangan.

  Buning ustiga elektr energiyasi asosan tabiiy gazni yoqish evaziga hosil qilinadi. Gaz resurslari cheklangan bugungi sharoitda uni yanada ko'proq sarflash, tiklanmaydigan tabiiy resurslarning juda katta miqdorini uvol qilish, ya'ni arzonga yoqish degani. Shuning uchun bugungi kunda tizim korxonalarida energiyasamarador, yoqilg'ini tejovchi uskunalarni o'rnatish ustuvor vazifa etib belgilangan.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish