Biologiya darslarida bilishga bo`lgan ishchanlikni faollashtirishni analiz qilish
O`quvchilarning faollik darajasi, o`qituvchining maxoratini pedagogic bilimining darajasini bildiradi. O`quvchilarning bilimini maksimum darajada ko`targan, ularda tirishib o`qishga undashlarni o`qitishning aktiv medotlari deb atash mumkin.
Maktab tajribasida va an`anaviy metodik adabiyotlarda kelib chiqishiga qarab uslublarni quyidagicha bo`lish qabul qilingan: og`zaki (hikoya, ma`ruza, suhbat, o`qish) ko`rgazmali (tabiatni ko`rsatish, ekranli va boshqa ko`rgazmali qurollar bilan, tajribalar) va amaliy ( labaratorya va boshqa amaliy mashg`ulotlar). Ularning har biri faolroq va nofaol yoki passiv bo`lishi mumkin.
Biologiya darslarida men aktiv uslublarni qo`llayman, darsning didaktik maqsadlarini va o`quvchilarning yosh xususiyatlarini e`tiborga olgan holda.
Og`zaki uslublar.
Diskussiya usulini o`ylashni talab qiladigan savollarda qo`llayman, darslarimda o`quvchilar o`z fikrini erkin aytishiga va boshqalarning fikrini tinglashiga erishaman. ( mashq №1 da)
O`quvchi bilan mustaqil ish uslubi. Katta sinflarda yangi ma`lumotning logik tarkibini aniqlash uchun o`qituvchi aytganlarining rejasini tuzishni yoki yoki qisqa mazmunini: ozgina yozuvda – ko`p ma`lumot larni topshiraman.
Tahlil qilish davomida to`g`irlaymiz, aniqlaymiz, to`ldiramiz, ortiqchalarini olib tashlaymiz. Bu qisqa yozuvni qo`llash orqali o`quvchilar osonlik bilan uy vazifalarini bajarishi mumkin. Mavzuning qisqa mazmunini yozib olishni, aytilganlarning rejasini tuzishni, darslikni tahlil qilishini, unda asosiy mazminni topishni, ma`lumotnomalar bilan ishlashni, ilmiy-ommabob kitoplarni qo`llashni bilish, o`quvchilarga nazariy va tasavvuriy fikrlarni tahlil qilish va o`zaro taqqoslash orqali to`liq tasavvur uyg`otadi.
Adabiyotlardan olingan bilimni mustahkamlash uchun o`quvchilarga kuchliroq topshiriqlar beraman.
Masalan, 7-sinfda «sudralib yuruvchilar» mavzusiga.
Toshiriq beraman: sudralib yuruvchilar haqida ma`lumot yozishni; (hayvonlarni o`zlari tanlashadi). O`quvchilar shu hayvonning xususiyatlarini, hayot tarzini, tashqi muhit bilan aloqasini aytib berishlari kerak.
Ma`lumotlar A4 farmatdagi qog`ozga yoziladi tashqi qismiga shu hayvonning rasmi chiziladi.
O`quvchi sinfda o`zi yozgan ma`lumotni o`qishga emas qayta aytishga harakat qilishi kerak. Buning uchun oldin tezis tuziladi, katta sinflar uchun javob berish rejasi tuziladi.
O`quvchilar bilan bunday ishlash ularni tahlil qilishga, taqqoslashga o`rgatadi. Shu bilan bir qatorda og`zaki nutqi rivojlanadi. Shu tufayli o`quvchilar o`z fikrini aytishga uyalmaydigan bo`ladi.
Didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash uslubi.
Mustaqil ishni quyidagicha tashkillashtiraman: sinfga aniq topshiriq beraman. Har bir o`quvchiga aniq tushuntiraman.
Bu yerda o`z talablari bor:
matnni ko`rib o`zlashtiriladi (o`qilganda aniq tushunilmaydi, ma`lumotlar tez sedan chiqadi, o`quvchilar tez-tez qayta so`rashga majbur bo`lishadi)
topshiriq matnini yozishga juda oz vaqt sarflash kerak.
Bunga yozma qo`llanmalar va mashqlar to`plami yaxshi yordam beradi.
Afsuski, «Odam va uning salomatligi» fanidan yozma qo`llanmalar yaqinda paydo bo`lgan. Ularni o`z ishlarimda shu yildan qo`llashni boshladim. (o`tgan yili menda 9-sinflar yo`q edi). Shuni aytish kerakki, o`tgan yili faqat bitta sinf yozma qo`llanma oldi, men birinchi mavzu bo`yicha ularni taqqoslash imkoniyatiga egaman. «Tajriba o`tkazilayotgan» sinfda sezilarli darajada fanga qiziqish uyg`ondi.
Afsuski, men ham boshqa o`qituvchilar kabi o`zim tayyorlagan tarqatma materiallardan foydalanishga majburman.
Ularni shartli ravishda uch tipga ajratiladi: (G.M. Murtazin, 1989 y.):
Mustaqil ish uchun didaktik materiallar o`qituvchining oldindan tushintirib berishi shart bo`lmagan.
Darslikdagi matn asosida jadval yoki reja tuzish topshirig`i berilgan kartochka.
So`z orqali berilgan javoblarga rasm yoki sxema tuzish topshirig`I berilgan kartochka.
Kuzatish uchun namuna tarzida berilgan qo`llanmalar asosida kuzatishlar olib boorish topshirig`I berilgan kartochka.
O`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini mustahkamlash uchun mustaqil ishlarga didaktik materiallar.
Fikrlash uchun savoli bo`lgan kartochka.
Hisoblash topshirig`i bo`lgan kartochka.
Rasmni to`ldirish topshirig`i bo`lgan kartochka.
Bilim va ko`nikmalarini tekshirish uchun mustaqil ishga didaktik materiallar.
Yozuvsiz rasm bo`lgan karochka.
Bir necha xil variantda ishlataman. Butun sinf uchun – 2-4 variant. Bu individual topshiriq kabi bo`ladi. Takrorlash va mustahkamlash uchun o`tkazish mumkin.
Test topshiriqlari.
Ularni individual tarzda va butun sinf uchun qo`llayman so`ngi vaqtlarda test topshiriqlardan foydalanaman, lekin ularning ham o`z kamchiliklari bor. Ba`zida o`quvchilar javobni taxminan berishadi. Bularni oldina olish maqsadida har xil test shakllari ustida ishlayapman.
4) Muammoli holatlar metodi.
Darslarda o`quvchilarga muammoli yondoshuvni ishlataman. Bu metodning asosi darslarda muammoli vaziyatlarni yaratishdir. O`quvchilar muammoli faktlar va hodisalarni tushuntirish ko`nikmasiga yoki harakatiga egaemas, ular bu muammoni hal qilish uchun o`z gipotezalarini olg`a surishadi. Bu metod o`quvchilarda analizni, sintezni, taqqoslashni, bog`lashni, sabab-natija aloqalari kabi aqliy faoliyatini shkllantirishga yordam beradi.
Bu metod quyidagilarni o`z ishiga oladi:
muammoli savolni olg`a surish,
olimlarning ma`lumoti asosida muammoli vaziyat o`ylab toppish,
shu bitta savol doirasida qarama-qarshi muammoli savol o`ylab toppish,
ko`rsatish yoki u haqda ma`lumot berish – muammoli vaziyat yaratish uchun asos: fikrlashga undaydgan topshiriqlarni yechish. Bunda o`qituvchining vazifasi, muammoli hodisa yaratish va o`quvchilarning harakatini boshqarib turish.
Xisob-kitob ishlash va logik topshiriqlarni mustaqil ishlash metodi. Hamma o`quvchilar o`zlari mustaqil ravishda xisob-kitob ishlarini va logik (aniqlashni, fikrlashni va ma`lum xulosaga kelishni talab qiladigan) topshiriqlarni mustaqil ishlaydilar.
Topshiriqlarni 6-sinfdan qo`llashni boshlaydi. Katta sinflarda esa yanada ijodiy xususiyatga ega bo`lganlari qo`llaniladi. Lekin kuchli o`quvchilarga har bir parallel topshiriqlarda qiyinroq, ijodiy xususiyatlilarini aralashtirib boraman.
O`xshashlarini esa – kuchsiziga. Har bir o`quvchi o`z bilimi va imkoniyatiga yarasha topshiriq oladi. Shu bilan o`quvchilarning qiziqishi pasaymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |