“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


II BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

II BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA 
DARSLARINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN OʻQUV MODUL 
ISHLANMASI 
I-MODUL. TEXNOLOGIYA VA UNI OʻQITISH METODIKASINING 
UMUMIY MASALALARI.
 
1- MAVZU. Texnologiya taʼlimi va tarbiyasining maqsad va vazifalari.
Reja 
1. Oʻquvchilarni mehnatga axloqiy, psixologik ва amaliy tayyorlash usullari.
2. Mehnat malakalari va koʻnikmalari.
3. Oʻquvchilarni mavzu boʻyicha muammoli masalalarda fahmlashga 
oʻrgatish.
Texnologiya taʼlimi va kasbga tayyorlash vazifalari boshlangʻich maktabda 
butun taʼlim-tarbiya sistemasi va barcha oʻquv predmetlari yordamida hal etiladi. 
Bu oʻrinda mehnat darslari yetakchi rol oʻynaydi.
Maktabda muntazam texnologiya taʼlimining boshlangʻich bosqichi 
boshlangʻich sinflardagi mehnat dargohlari va kichik yoshdagi bolalarning 
qoʻlidan keladigan ijtimoiy foydali mehnatdir.
Boshlangʻich maktabdagi texnologiya taʼlimining asosiy vazifasi mehnatga 
axloqiy, psixik tayyorlash, oʻquvchilarni boshlangʻich politexnik bilimlar bilan 
qurollantirish mehnatga amaliy tayyorlashdir. Oʻquvchilarni mehnatga amaliy 
tayyorlash deganda, ularning bu mehnat natijalariga hurmat bilan yondashishlari 
nazarda tutiladi.
Mehnatga axloqiy tayyorlash – bolalar jamoasida ishlashni, doʻstona oʻzaro 
yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishdan 
iboratdir.
Mehnatga psixologik tayyorlash. Oʻquvchilarni mehnatga psixologik 
tayyorlash murakkab uzoq davom etuvchi va koʻp qirrali jarayon boʻlib, u butun 


21 
texnologiya taʼlimi hamda tarbiyaga singib ketgandir. U garchi oʻziga xos 
xususiyatlarga ega boʻlsa-da, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda yaqindir.
Bolani mehnatga psixologik tayyorlash va unda mehnatga nisbatan uning 
yoshiga mos keluvchi ongli hamda ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda 
amaliy malaka va koʻnikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirishdan Iboratdir. 
Oʻqituvchining vazifasi oʻquvchilarga yoshligidan boshlab mehnatning ijobiy 
tomonlarini singdirishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har bir kishi 
jamiyatning faoliyati farovonligi uchun zarur boʻlgan vositalarni ishlab chiqarishda 
qatnashishi zarurligini anglashlaridir.
Mehnatga psixologik tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish 
va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash – psixomotor, emotsional 
idrok, diqqat, xotira, tafakkur – mehnatning psixologik komponentlaridir.
Mehnatga oʻrgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish 
jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini oʻstirish 
ham alohida ahamiyatga ega. Mehnat boʻyicha oʻquv materiallarini eslab qolish 
predmetlarga nisbatan oʻziga xos xususiyatga ega. Barcha yangi ashyo, material, 
operatsiyalarning nomi boshlangʻich sinf oʻquvchilari soʻz nomini predmetni 
koʻrib idrok etish bilan fikran fahmlaydilar, tushunib oladilar.
Oʻquvchi mehnat darsida faqat tushunibgina qolmay, balki asosan material 
va buyumlar namunasini, ashyolarning materialga ishlov berish usulini, 
operatsiyalarning izchilligini koʻradi. SHuning uchun texnologiya taʼlimida 
eshitish, koʻrish xotirasi va harakatlantiruvchi xotira ham muhim rol oʻynaydi. 
Oʻquvchilarda mehnat darsidan mehnat darsigacha yangidan yangi bilim va 
koʻnikmalar mujassamlashib boradi, bu ishlarni anglash hamda xotirada saqlab 
qolish kerak.
Texnologiya taʼlimining toʻgʻri borishida emotsional jarayonlar ham 
xarakterlidir. Bolalarni qiyinchiliklarni yengishga qoʻyilgan maqsadga erishish 
yoʻlida matonat va qatʼiyat bilan kirishishga oʻrgatish lozim.
Boshlangʻich politexnik bilim bilan qurollantirish.


22 
Boshlangʻich sinflarda keng maʼnodagi ilmiy asoslar haqida emas, balki 
politexnik taʼlimning elementlari haqida gap boradi. Bu oʻquvchilarda fan-texnika 
yutuqlariga nishatan qiziqish uygʻotishga yordam beradi.
Mehnat boʻyicha beriladigan politexnik bilim oʻquvchilarga nima uchun 
materialga unday yoki bunday ishlov berish mumkinligini, nima uchun oʻsimlik 
soya yoki yaxshi ishlov berilmagan erda yomon oʻsishini, nima uchun inson kiyim-
boshini toza tutishi kerakligini anglashlariga imkoniyat yaratadi.
Politexnik tayyorgarlikka ega boʻlish qoʻyilgan mehnat vazifalarni 
bajarishda ashyolarda toʻgʻri va ratsional foydalanishda yordam beradi. 
SHuningdek, bu tayyorgarlik kerakli ishlab chiqarish operatsiyalarini qanday va 
qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday ashyolarni qoʻllash sabablarni anglashga 
koʻmaklashadi.
Oʻquvchilarga berilayotgan politexnik bilim amaliy koʻnikma va 
malakalarga oʻrgatishni maʼlum darajada nazariy amalga oshirishga imkon 
beruvchi zaminlardan biri boʻlib hisoblanadi.
Talabalarni mehnat koʻnikmasi va muammoli oʻqitish metodlari bilan 
qurollantirish.
Mehnatga amaliy tayyorlash texnologiya taʼlimining muhim omillaridan 
biridir. U oʻzaro bogʻlangan bir nechta elementlardan: oddiy ashyo va 
moslamalardan foydalana bilish u yoki bu materialga maʼlum izchillikda ishlov 
bera olish, yoʻl qoʻyilgan xatoni oʻz vaqtida aniqlash va toʻgʻrilay olish kabilardan 
tarkib topadi.
Mehnatga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga 
oshishi mumkin. U boshlangʻich maktabda boshlangʻich politexnik bilimlarga 
asoslanadi. Texnologiya taʼlimining mazmuniga muvofiq oʻquvchilar mazkur yosh 
uchun qulay boʻlgan materiallarga ishlov berishida qoʻllaniladigan oddiy ashyo va 
moslamalarni ishning amaliy malaka hamda koʻnikmalarini egallaydilar. Oddiy 
ashyo moslamalar maxsus ashyo va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish 
operatsiyalarni oʻrgatish ham demakdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari duch 


23 
keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil 
oʻrganmasdan ish operatsiyalarning tipikligini sezib olish qiyin emas, ular 
materiallarni oʻlchab olish va belgilash; ularni egib, qirqib, ishlov berish; 
qismlarini yelimlash, tikish, oʻrash va bogʻlash kabi yoʻllar bilan birlashtirish va 
mustahkamlash; detallarni yigʻish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi 
bosqich buyumni bezashdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini mehnatga amaliy 
tayyorlashga grafik malakalarini shakllantirishga ham taalluqlidir.
Oʻquvchilardagi mehnatga boʻlgan qiziqishni oʻz vaqtida aniqlash va ularga 
mehnat malakalarini sevgan mashgʻulotlarida takomillashtirishlariga yordam 
berish juda muhimdir.
Bunda oʻquvchilar eʼtiboriga eng oddiy buyumlar, oʻyinchoqlar, oʻyin va 
oʻquv qurollari tayyorlash, naqshlar chizib qirqib olish, applikatsiya ishlari havola 
qilinadi. Bundan tashqari, bolalarda mehnatga qiziqish uygʻotish, mehnat 
darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, koʻnikma va 
malakalarni mustahkamlash uchun “Mohir qoʻllar” toʻgaraklarida, kuni 
uzaytirilgan guruhlarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir.
Texnologiya taʼlimi jarayonining oʻsishga taʼsiri.
Texnologiya taʼlimi vazifalari haqida gapirilganda, oʻquvchilarda 
mehnatsevarlik masʼuliyat, intizomlik, burch hissi, jamoatchilik hissini 
tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas. Shu bilan birgalikda mehnat odamlar 
tirikchiligining, moddiy va maʼnaviy taʼminotining vositasi, jamiyat 
taraqqiyotining eng muhim omilidir.
Bolalarni aqliy oʻstirishda texnologiya taʼlimining roli koʻp qirralidir. 
Mehnat oʻquvchilarning bilim olishga intilishlarini uygʻotuvchi vositagina emas, 
balki uning manbayi hamdir. Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilarni aqliy 
oʻstirishda jismoniy va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga ega. 
Biroq, har qanday mehnat ham aqliy oʻsishga yordam bermasligini unutmasligimiz 
kerak.


24 
Texnologiya taʼlimiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatni aqliy 
rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qoʻllashni talab qilmaydigan, 
tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni oʻstirmaydi.
Mehnat eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam 
beradi. Texnologiya taʼlimida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining 
toʻgʻri motivlari tarbiyalanadi, shaxsning har bir ongli mehnat kasb uchun zarur 
boʻlgan sifatlari shakllanadi.
Darslarning jihozlanganligi oʻz mehnati uchun shaxsiy masʼuliyatni, mehnat 
madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Agarda bolalar yomon 
jihozlangan sinfda, qoʻpol, ogʻir va yoshlariga nomunosib ashyolar bilan 
shugʻullansalar, ish natijalari koʻngildagidek boʻlmaydi. Bunday sharoitda tabiiyki, 
mehnatga 
muhabbatni, 
tartiblilikni, 
aniqlikni, 
ashyolarga 
ehtiyotkorona 
munosabatni tarbiyalash qiyin boʻladi.
Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning 
eʼtiborini ashyo va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish 
joyini toʻgʻri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, 
ish harakatlarining meʼyori va sifatiga, ish surʼatini taʼminlovchi tadbirlarga
ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilish, narsani chiroyli qilib 
bezashni talab qilib borish kerak.
Agarda oʻqituvchining talablari amaldagi faktlardan ajralib tursa, buning 
natijasi shartli boʻlib boʻlsa, bola har bir qadamida tartiblilikka, aniqlikka rioya 
qilishi lozimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarning mehnatga muhabbat ruhida 
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishishi haqida gapirish qiyin.
Mehnat malakalari madaniyati u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan 
tartibga va harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib 
borish bilan birga boʻladigan koʻp bora mashq qilishlar natijasida tarkib topadi, 
oʻquvchilarda ana shu faoliyat takomillashib boradi.
Kerakli material va ashyolar bilan yetarli taʼminlanmaganlik ham mehnat 
madaniyatining shakllanishiga salbiy taʼsir etadi. Baʼzan oʻquvchilarning 
tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli oʻqituvchining koʻp vaqti 


25 
bekorga sarf boʻladi: biri qaychisini, biri qogʻozini olib kelmasdan ish qilayotgan 
oʻrtogʻini narsa soʻrab chalgʻitadi. Shuning uchun oʻqituvchi dars boshlashdan 
oldin faollar yordamida oʻquvchilar oʻrtasidagi doʻstona oʻzaro yordamga tayanib, 
oʻz vaqtida choralar koʻrishi lozim. Biroq, har qanday holatda ham u oʻquvchining 
uyiga joʻnamasligi yoki jazo berish tartibida oʻquvchining ishsiz qoldirmasligi 
kerak, afsuski, bunday hollar amaliyotda uchrab turadi.
Oʻquvchilar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan oʻzaro yordam ularda doʻstlik, 
birodarlik, jamoatchilik kabi fazilatlarni taʼminlaydi.
Texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarini tayyorlash oʻquv planida umumiy taʼlim 
fanlari va maxsus fanlar siklini oʻqitish nazarda tutilgan. Maxsus fanlar siklini 
umumtexnik texnik va pedagogik fanlarga ajratish mumkin.
Umumtexnika fanlari (texnik mexanika asoslari, mashinashunoslik asoslari, 
elektrotexnika va elektronika asoslari) texnik fanlar boʻyicha bilimlarni egallashga 
asos boʻladi. CHizmachilik va chizma geometriya, materialshunoslik ishlab 
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish asoslari, ishlab 
chiqarishni tashkil etish va uning ekonomikasi asoslari, elektromontaj ishlari va 
elektr bilan ishlaydigan maishiy priborlar va hokazolar ham texnik fanlar jumlasiga 
kiradi.
Texnologiya taʼlimi oʻqituvchilarining psixologik-pedagogik jihatdan 
tayyorgarligi psixologiya, pedagogika, texnologiya taʼlimi va kasbga yoʻllash 
metodikasi, chizmachilik va rasm oʻqitish metodikasi, maktab gigiyenasi kabi 
fanlarni oʻrganishda amalga oshadi.
SHunday qilib, texnologiya taʼlimi oʻqituvchisini tayyorlashda “Texnologiya 
taʼlimi metodikasi” ixtisoslashtiruvchi fanlardan biridir. Bu fan boshqa fanlarni 
(pedagogika, psixologiya, slesarlik ishi va hokazolarni) takrorlamaydi, balki ular 
bilan yaqin bogʻlanishda boʻladi. SHu sababli oldindan inson psixik faoliyatining, 
oʻquv jarayonini tashkil qilishning umumiy qonuniyatlarini, shuningdek sanoat 
ishlab chiqarishi texnikasi, texnologiyasi tashkil qilinishi va ekonomikasi 
asoslarini egallamay turib “Texnologiya taʼlimi metodikasi” kursini oʻzlashtirib 
boʻlmaydi.


26 
Boʻlajak oʻqituvchi “Texnologiya taʼlimi metodikasi” kursini oʻrganar ekan, 
umumiy taʼlim maktabidagi texnologiya taʼlimining (mehnat tarbiyasi, politexnik 
taʼlim, kasbga yoʻllash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan boʻyicha 
oʻquv jarayonining tashkiliy prinsiplarini va uning mazmunini anglab olishi, 
maktab ustaxonalarida taʼlim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda 
yordam beradigan metodik vositalar sistemasini egallashi kerak.
“Texnologiya taʼlimi metodikasi” kursining alohida roli shuki, oʻquvchilarni 
mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga yaxshi munosabat tarkib topishi 
uchun obyektiv qulay sharoitlar vujudga keladi. Boʻlajak oʻqituvchiga ana shu 
sharoitlardan qanday qilib toʻla foydalanishni koʻrsatish kursning vazifalaridan 
biridir.
Texnologiya taʼlimi metodikasi pedagogika fanining tarmogʻi sifatida oʻz 
obyektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega.
Texnologiya taʼlimi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari: oʻquv 
materialining mazmuni, oʻqitish metodlari, oʻquvchilarning bilish faoliyati, 
oʻqitish natijalari va boshqalar oʻrganish obyekti hisoblanadi. Bu jarayonning 
hamma tomonini oʻrganish oʻquvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olingan 
holda amalga oshirilishi kerak.
Pedagogika fanining tarmogʻi sifatidagi texnologiya taʼlimi metodikasi 
oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qoʻyiladi:
1- Texnologiya taʼlimi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va taʼlimiy 
ahamiyatini ochib berish.
Texnologiya 
taʼlimi 
vazifalari 
fan va texnikaning 
rivojlanish 
tendensiyalariga, hozirgi zamon ishlab chiqarishining yoshlarni mehnatga 
tayyorlash borasidagi talablariga ham bogʻliq ravishda belgilanadi.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquv materialining mazmuni bilan 
belgilanadigan oʻziga xos taʼlimiy vazifalar, yaʼni metall qirqadigan va yogʻochga 
ishlov beradigan turli asboblardan foydalanish usullarini, ular bilan ishlashdagi 
xavfsizlik qoidalarini oʻrgatish vazifalari ham hal qilinadi.


27 
Texnologiya taʼlimi jarayoni oʻquvchilarda mehnatga muhabbat, jismoniy 
mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga 
imkon berishi kerak.
2. Oʻquv materiali mazmunini asoslash.
Faoliyatning istalgan sohasida insoniyat tomonidan toʻplangan bilimlar 
hajmi benihoya katta.
Shunday qilib, katta hajmdagi bilim va malakalardan umumiy taʼlim 
talablariga eng yuqori darajada javob beradigan va oʻquvchilarda oʻrganiladigan 
ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy asoslari va amalda qoʻllanishi haqida 
toʻgʻri tasavvur hosil qila oladiganlarini ajratib olishga toʻgʻri keladi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, oʻquv programmasining mazmuni 
oʻzgarmasdan qolmaydi.
Oʻquv materiallarini sistemaga solish alohida muammodir. Gap shundaki, 
fan va oʻquv jarayonidagi “sodda” va “murakkab” tushunchalari bir xil emas.
Shunday qilib, oʻquv materialini sistemaga solishda fanning tuzilishi 
sistemasini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirib olmaslik balki taʼlim-tarbiya vazifalarini 
nazarda tutish kerak. Oʻqitish metodikasi bu muhim talabni bajarishning eng 
samarador yoʻli va vositalarini topishi kerak bu esa maktab fani mazmunini 
asoslash va oʻquv programmasini tuzish uchun ham zarurdir.
3. Taʼlim jarayonini tashkil etish.
Oʻquv jarayonini tashkil etishning prinsip va usullarini ishlab chiqishda 
texnologiya taʼlimi metodikasi boshqa oʻquv fanlarini oʻqitish tajribasidan, 
shuningdek didaktik tadqiqotlarning maʼlumotlaridan foydalanadi.
Oʻquvchilar mehnatining natijalarini baholashda boshqa fanlar uchun muhim 
boʻlmagan: mehnat harfsizligi qoidalariga rioya etish, ish oʻrnini tashkil qilish, 
mehnat usullarini toʻgʻri bajarish singari qator faktorlarni hisobga olishga toʻgʻri 
keladi
Maktab praktikasida oʻquvchilar ishini tashkil qilishning uchta asosiy: 
frontal, brigada va individual formalari oʻzining ijobiyligini koʻrsatdi.


28 
Maʼlumki, agar mehnat topshirigʻi ijtimoiy foydali qimmatga ega boʻlmasa, 
oʻquvchilarning uni bajarishga qiziqishlari ancha susayadi.
Keltirilgan misollar oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha texnologiya 
taʼlimi metodikasi oldida masʼuliyatli vazifalar turganini koʻrsatmoqda.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini asoslash.
Yuqorida koʻrsatilgan hamma vazifalarni hal qilishda texnologiya taʼlimi 
metodikasi quyidagi asosiy ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanadi.
1) 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish