2. Tarmoq texnologiyalari haqida tushunchalar
Tarmoq texnologiyalari bu - (ingl: network technologies, rus: сетевые технологии) tarmoq rejimida muloqotda bo‘lish imkonini beruvchi texnologiyalar.Tarmoq texnologiyalari - bu kompyuter tarmoqlarini tashkil etish, muvofiqlashtirishda ularning dasuriy-qurilmaviy tarkibini minimal darajasini aniqlovshi standartlar to'plami. Qoida sifatida tarmoq texnologiyalari tarmoq topologiyasini, shuningdek, kanallar darajasining protokolini aniqlaydi va belgilaydi.
Tarmoq texnologiyalari dasturiy ta‘minot, apparat va protokol shaklida ma‘lumotlami uzatish va yetkazib berishning yaxlit qoidalar to‘plamidir. Ma‘lumot almashishlar tarmoq adapterlari bilan, shuningdek turli konnektor va kabellar orqali amalga oshiriladi.Tarmoq texnologiyalari axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining asosini tashkil etib, ularning sohalarga qodlanilishi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Tarmoqdagi bir nechta kompyuterlarning bitta printer, nushalovchi va boshqa qurilmalardan o‘zaro foydalanishi;
VPN (Virtual Private Networks — virtual shaxsiy tarmoqlar) orqali keng maydonda biznes va boshqa sohalarda hamkorlikni yuritish;
mijoz-server modelida bir kompyutyerdan axborotlarni zahira saqlovchisi sifatida umumiy foydalanish va bir necha kompyuterlarni boshqarish;
IP - telefoniya, ya‘ni ikki abonent o‘rtasida tovush trafigi (nutqi) uzatiladi yoki VoIP (Voice over IP - tarmoqda qabul qilingan paketlardan va diskret signaldan analog signalga qayta tiklash yoki aksincha) texnologiyalari yordamida telefonli xizmatlardan foydalanish;
e - commerce modelida elektron tijorat ishlarini onlayn yuritish;
elektron jurnal va gazetalardan umumiy foydalanish;
IPTV (IPTeleVision - internet televidenie) texnologiyalari;
Wiki, e-mail va internet ijtimoiy tarmoqlari
Keng polosali tarmoq xizmatlari va uning ko‘plab imkoniyatlar.
Keng polosali tarmoq atamasi internetga doimiy va katta tezlikda ulanishni bildiradi. Biroq bu nafakat ma’lumot uzatish tezligi balki butun jahon tarmog‘idan foydalanishning maxsus usuli hamdir.Keng polosali tarmoq mijozi istalgan vaqtda katta xajmdagi o‘zida rangli tasvir, audio va video kliplar, animatsiya, televideniya kontinenti va boshqalardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Keng polosali tarmoq mijozga u qaerda ulanganidan qat’iy nazar eng zamonaviy xizmatlarni yetkazib beradi. Mijoz multimedia va biznesini ma’lumot bilan ta’minlashda ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi, bular fayllar almashinuvi, telefon va bank xizmatlari va boshqalar.Keng polosali tarmoq yangi sohalar ochilishi va mavjudlarini rivojlantirishga imkon beradi. U iqtisodiy o‘sish va investissiya, ishga joylashishda yangi imkoniyatlar ochadi. Uzoqda joylashgan turar-joylarni rivojlantirishda, mahalliy hokimyat organlariga tijorat uchun qulay sharoitlar yaratishda, yuqori malakali tibbiy xizmat yetkazib berish, masofadan ishlash, yuqori tezlikdagi ma’lumot olish va davlat boshqaruvida qatnashish imkonini beradi.Keng polosali tarmoq texnologiyalaridan biri FTTx texnologiyasidir. FTTx- nomi inglizcha Fiber to the x- optik tola x nuqtagacha ma’nosini beruvchi so‘zlar bosh harflaridan olingan. Fiber to the Home/ Building “optika har bir uygacha” manosini beradi. Bu atama aloqa tugunidan ma’lum masofagacha (x - nuqta) optik kabel qo‘llaniluvchi barcha kompyuter tarmoqlari uchun qo‘llaniladi. FTTx tizimining keng polosali abonentlarga yangi xizmatlarning katta imkoniyatlarini ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |