Ishni bajarish tartibi:
Birinchi bosqich.
Yupqa metallni (tunuka va list) masshtabli metall chiz-
gich yoki chilangarlik gо‘niyasidan foydalanib rejalab oling. Bunda:
1. Chizg‘ichni zagotovkaning rejalanadigan qismiga qо‘yib, chap qо‘l bilan unga
jipslab bosing.
2. Chizgich (chertilka)ni о‘ng qо‘lda tutib, chizg‘ichga nisbatan ma’lum burchak
ostida jipslab tortib reja chizig‘ini chizing (75-rasm).
Chizgichni bir joyda qaytaqayta yurgizish yaramaydi. Bu hol reja chizig‘ining
yо‘g‘onlashishiga, qо‘shaloq chiziqlar hosil bо‘lishiga, о‘lchamning о‘zgarishiga
sabab bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |