Mustahkamlash uchun savollar
1. Gidravlika deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday uzatmalar gidravlik uzatmalar deb ataladi?
3. Ishlash prinsipiga qarab gidravlik uzatmalar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Yuk ko‘tarish moslamasi (domkrat) gidravlik uzatmaning qaysi turiga ki-
radi? Undan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
4-§.
LOYIHA ISHI VA UNING BOSQICHLARI. HARAKATLANUVCHI
SODDA MEXANIZMLARNI LOYIHALASH VA YASASH
Loyiha ishi
– mustaqil bajariladigan ijodiy ish hisoblanadi. Bu ish Sizga ta’lim
olish jarayonida olgan bilim va malakalaringizni nafaqat texnologiya darslarida, balki
boshqa fanlarni o‘zlashtirishda ham namoyon qilish imkoniyatini beradi. Bu ishdagi
muvaffaqiyatingiz ko‘p jihatdan loyiha ishi mavzusini to‘g‘ri tanlanganiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |