2. Gazlamaga andazani joylashtirish.
Fartuk andazasining bo‘ylama ipi bo‘yicha gazlamani tejagan holda joylashtirib,
to‘g‘nag‘ich bilan puxtalang. So‘ngra cho‘ntak qismini bo‘ylama ipi bo‘yicha
joylashtirib, to‘g‘nag‘ich bilan qotiring. Ro‘mol andazasini ham joylashtiring
va to‘g‘nag‘ich bilan puxtalang. Tikuvchilik bo‘ri bilan chok haqini qoldirib,
kontur chiziqlarini chizib oling. Gazlamaga andazani to‘g‘ri joylashtirganingizni
tekshiring.
1. Qaychining ikki aylanasidan ikki barmoq o‘tkazilib, gaz-
lamaga yotiq holda yo‘naltiriladi.
2. Qaychining o‘tkir tig‘lari gazlamani yaroqsiz holga keltiri-
shidan ehtiyot bo‘ling.
3. Gazlamani bichish vaqtida surilib ketmasligi uchun qo‘lda
ushlab turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |