Matoning o‘ng tomonini aniqlash
Matoning tomoni o‘ng va ters tomonga ega bo‘ladi. Kiyimlarni tayyorlash uchun
ularni farqlashni o‘rganish kerak. Matoning o‘ng tomonini tersidan farq qiladigan
asosiy belgilarini ko‘rib chiqamiz:
1) matolarga bosilgan rasmlar matoning o‘ng tomonida yorqinroq ko‘rinadi;
2) matoning o‘ng tomonidagi kamchiliklar, ya’ni tugunlar, ilmoqlar kamroq bo‘ladi,
ular atayin matoning ters tomoniga o‘tkaziladi;
3) sarjalik to‘qilgan matolarning o‘ngidagi diagonal bo‘rtma chi ziqlar pastki chap
burchakdan o‘ng tomondagi ustki burchakka qarab yuradi;
4) satinli gazmollarning o‘ng tomoni yorqinroq, yaltiroq, ters tomoni esa xira,
qoramtirroq bo‘ladi.
138
138
Do'stlaringiz bilan baham: |